Farovon mahallasi haqiqatdan ham farovon!
Mahallaning obodligi - ona Vatanning obodligi, tom maʼnoda mamlakat va millat farovonligidir. Mamlakatning har jihatdan taraqqiy etişi uçun mehnat maydonlarida fidoyilik körsatuvçi xalq mahallada yaşaydi, ijod qiladi, yangiliklar yaratadi. Kelajagimiz egalari bölgan barkamol avlodni voyaga yetkazişdek şarafli vazifani amalga oşiradi. Şuning uçun ham mahalla har davrda özining muqaddasligi bilan eʼtiboru, eʼtirofda bölgan.
Amudaryo tumanining Farovon mahallasi, nomiga yaraşa obod va farovon mahalla. Uşbu mahallada 642 xonadonda 2456 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Eʼtiborlisi, mahalladagi 710 ta oilada keyingi 3-yil içida biron marta ajrim yoki jinoyatçilik bilan boğliq holatlar sodir bölmadi.
Mahalla raisi Madamin Kazakov, xotin-qizlar faoli Sayyora Karabayeva, hokim yordamçisi Muqaddas Beknazarova, profilaktika inspektori Rufat Matnazarov, yoşlar yetakçisi Şoxruh Rözmetovlarning özaro hamkorlikda va hamjihatlikda samarali iş faoliyatini yölga qöyganligi natijasida oilaviy qadriyatlar mustahkamlanib, mahalla infratuzilmasi tobora yaxşilanoqda, aholi bandligi taʼminlanmoqda.
Jumladan, 2023-yilning dastlabki 3 oyi davomida xotin-qizlar va hokim yordamçisi kömagi bilan 5 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini boşlaşi uçun imtiyozli kreditlar ajratildi. 2 nafar ayol işga joylaştirildi.
Mahalla ahlining özaro birdamligi, oğizbirçiligi tufayli hududda kattagina mahalla boği yaratildi. Uşbu boğda mevali daraxt köçatlari har bahor va kuz mavsumlarida ekilib köpaytirib boriladi. Bu yilgi bahor mavsumida ham mahalla ahli 50 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekişdi. Ahamiyatlisi, ekilgan har bir niholning kelajakda katta daraxt bölib yetişişi uçun bir nafar yoş oila biriktirib qöyildi. Yoş oilaning endigina kurtak yozayotgan nihollarga biriktirilişda ham qandaydir ramziy maʼno bordek.
Farovon mahallasida yoş kelinlarga, turmuş ostonasida turgan yoş qizlarga örnak va ibrat bölib, oilalar mustahkamligiga öz hissasini qöşib kelayotgan mahallaning 12 nafar yoşi uluğ onaxonlaridan tuzilgan “Oqila ayollar harakati” ham samarali tarzda faoliyat olib bormoqda.
Harakatning faol azolari Dilbar Xöjamuratova, Momojon Annamedovalar xotin-qizlar faoli Sayyora Karabayeva bilan hamkorlikda yoş qizlar örtasida kiyiniş madaniyati, erta nikoh, erta tuğruq, soğlom turmuş tarziga amal qiliş kabi mavzularda tarğibot tadbirlarini, davra suhbatlarini olib bormoqda.
Şuningdek, profilaktika inspektori bilan hamkorlikda yoşlar orasida jinoyatçilikning oldini oliş, odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça uçraşuvlar, profilaktik tadbirlar ötkazilib kelinmoqda.
Mahallaning faol aʼzosi Momojon Annamedova taşkil etilayotgan uşbu tadbirlarda hamişa faol. U özidagi bor hayotiy tajribani yoşlarga ulaşgisi keladi. Bugungi kunda u turmuş örtoği bilan keksalik gaştini surib nevaralar tarbiyasida bölsa ham mahalla işlariga aralaşmasdan turolmaydi. Uzoq yillar mobaynida öqituvçilik qilib farzandlarini uyli-joyli qilgan uşbu nuroniylarning uyidan aslo fayz arimaydi.
Momojon Annamedova öz kelinlariga, mahallaning yoş kelinlariga nasihat qilganda eng avvalo, sabrli böliş kerakligini, isrofgarçilikka yöl qöymaslik, har bir narsani tejab işlatiş lozimligini, oilada yuzaga kelgan nohuş vaziyatlarda ham muammoni bosiqlik bilan hal qiliş lozimligini taʼkidlaydi.
Mahallada Momojon Annamedova singari onaxonlar juda ham köp. Ularning yoşlarga berayotgan ögit va nashatlari, boy hayotiy tajribalari tufayli Farovon mahallasi obod, oilalar turmuşi farovon.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶