“Yangi Konstitutsiya− xalq dardiga quloq soluvçi davlat asosi!" şiori ostida tarğibot tadbiri bölib ötdi
Ayni kunlarda mamlakatimiz böylab umumxalq Referendumi oldidan “Yangi Konstitutsiya − xalq dardiga quloq soluvçi davlat asosi!” şiori ostida tarğibot tadbirlari, kontsert dasturlari ötkazilmoqda. Ularda jamoat arboblari, estrada yulduzlari, sportçilar, davlat idoralari vakillari, tadbirkorlar, iqtidorli yoşlar çiqiş qilmoqda.
Mana şunday tarğibot tadbiri Amudaryo tumanida ham ötkazildi.
10-aprel kuni tumanning çekka hududlaridan biri bölgan Xolimbeg ovuli hududida joylaşgan 35-sonli maktabda yangilanayotgan Konstitutsiya tarğibotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Unda respublika işçi guruh azolari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatova, iqtidorli yoşlar, pedagog xodimlar, faol ayol-qizlar hamda mahalla ahli iştirok etişdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatova yiğilganlarga Boş qomusimizga kiritilayotgan özgartişlarning mazmun-mohiyati, taʼlim rivoji, soğliqni saqlaş masalalariga doir muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berdi.
Deputat öz sözida Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etiş yölida qölga kiritilayotgan barça yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning işonçli kafolati ekanligini taʼkidlab, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi mamlakatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi töğrisidagi Qonunini qabul qilganligi, uşbu Qonun umumxalq referendumida ovozga qöyilişi va unda har bir fuqaro iştirok etib, öz fuqarolik burçini bajarmoği lozimligini alohida qayd etib ötdi.
Tadbirda işçi guruh azosi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti direktori örinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmanova ham maʼruza qildi.
U yangilanayotgan Konstituttsiyaviy qonun loyihasi matnining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgaça taʼlimni rivojlantiriş böyiça qator huquqiy asoslar keltirib ötilganini qayd etib, 30-aprel kuni barçani öz kelajagimiz va haq-huquqlarimiz kafolati uçun ovoz berişga çaqirdi.
Şundan söng, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari Maryam Ahmedova Yangilanayotgan Konstitutsiya mamlakat rivoji, aholining tinç va farovon turmuş keçirişi, yurtning taraqqiy etişi uçun muhim huquqiy asos ekanini taʼkidlab ötdi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat tuzilişi, hokimiyat va boşqaruv organlari tizimi, ularning vakolat hamda majburiyatlari, şakllantiriliş tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va şaxsning özaro munosabatlari, şuningdek, sud tizimi hamda davlat va jamiyatning özaro munosabatlari yanada aniq va ravşan belgilab berilgani alohida eʼtirof etildi.
Tadbir davomida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Barno Samandarova Konstitutsiyamizning 44-moddasida majburiy mehnat, bolalarning barkamol rivojlanişiga salbiy taʼsir qiladigan har qanday bolalar mehnati taqiqlanayotganini taʼkidladi. U öz nutqida 30-aprel kungi Referendumda tengdoşlarining va özining haq-huquqlari mustahkam kafolatlab qöyilayotgan Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga ovoz berişini taʼkidladi va yoşlarni ham şunga çorladi.
Tarğibot tadbirida Xolimbeg ovulidagi maktabgaça taʼlim muassasi tarbiyalanuvçilari, 17-, 35-sonli maktablarning iqtidorli öquvçilari tomonidan ona Vatan, tinçlik va döstlikni tarannum etuvçi gözal kuy-qöşiqlar ijro etildi.
Şu örinda aytiş kerakki, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi böyiça umumxalq muhokamalarida jami 222 ming 715 ta takliflar kelib tuşgan va ularning 25 foizi loyihaga kiritilgan. Loyihani tayyorlaşda 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar, 190 ga yaqin davlat tajribasi örganilgan. Yangilanayotgan Konstitutsiya moddalari 128 tadan 155 taga köpayib, normalar 275 tadan 434 taga oşmoqda hamda Asosiy Qonunimizda Özbekiston huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy demokratik davlat ekanligi belgilab qöyilmoqda.
Tadbirdan söng, işçi guruh vakillari tumandagi Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markazida bölib, ayollarni qöllab-quvvatlaş hamda ijtimoiy-psixologik yordamga muhtoj ayollarga körsatilayotgan eʼtibor bilan yaqindan tanişdilar.
Mahallaning faol onaxonlari, psixologlar bilan keçgan suhbat jarayonida oilaviy ajrimlarning oldini oliş, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarga psixologik yordam körsatiş, tuşkunlikka tuşib qolgan ayollarni soğlom hayotga qaytariş, ularning salomatligini tiklaş muhim vazifa ekanligi taʼkidlanib, mahallalarda psixologik treninglar, bepul tibbiy köriklarni köproq taşkil etiş lozimligi qayd etildi.
Uçraşuvda nuroniy onaxonlardan oilalar tinçligini mustahkamlaş böyiça tavsiya va maslahatlar olindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶