Tuman DSI tomonidan tadbirkorlarga tegişli obʼektlarga quyoş panellari örnatişga kömaklaşilmoqda
Hozirgi vaqtga kelib dunyoda anʼanaviy energiya turiga qaraganda noanʼanaviy energiya turiga bölgan qiziqiş oşib bormoqda. Uşbu noanʼanaviy energiya turlari muqobil energiya manbalari deb ham yuritiladi. Muqobil energiya manbalariga quyoş, şamol, tölqin energiyasi, biomassa va boşqalarni misol qilişimiz mumkin.
Özbekiston şaroitida şamol va quyoş energiya manbalaridan keng foydalaniş imkoniyati mavjud.
Quyoş energiyasi qayta tiklanuvçi energiya va ekologik toza maxsulot hisoblanadi, yaʼni işlaş vaqtida atrof-muxitga zararli moddalarni çiqarmaydi.
Yurtimizda uşbu muqobil energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça köplab qarorlar tasdiqlanganligini va keng kölamda işlar olib borilayotganini körişimiz mumkin.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi” qarori qabul qilingan edi.
Maqsad− ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng joriy etiş, energiya samaradorligini oşiriş orqali respublika hududlarida energiya taqçilligi qoplanişini taʼminlaşdir.
Amudaryo tumanida ham bu boradagi işlar izçillik bilan amalga oşirilmoqda.
Tuman DSI tomonidan tumanimizda faoliyat körsatib kelayotgan tadbirkorlarga tegişli bölgan savdo şaxobçalariga qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni örnatiş işlari olib borilmoqda. Ortiqça çiqindilarsiz va ekologiyaga zarar yetkazmagan holda, şuningdek qayta tiklaniş xususiyatiga ega bölgan quyoş panellari tadbirkorlar uçun köplab qulayliklar yaratmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶