Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari hamda faxriylariga BAYRAM TABRIGI
Qadrli madaniyat sohasi fidoyilari, aziz faxriylar!
Sizlarni va Siz orqali yurtimizdagi barça madaniyat va sanʼat jonkuyarlarini kasb bayramingiz bilan çin qalbimdan tabriklab, özimning yuksak hurmatim va samimiy ehtiromimni izhor etişdan xursandman!
Maʼlumki, odamlarni ezgu ğoyalar atrofida birlaştirib, ularga quvonç va şodlik ulaşişda, mamlakatni dunyoga tanitişda madaniyat va sanʼatning örni va taʼsiri beqiyosdir.
Şu sababli ham sönggi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantiriş, ajdodlarimizdan qolgan moddiy va madaniy merosni saqlaş va tarğib etiş, bir söz bilan aytganda, madaniyat va sanʼat sohasini zamon talablariga mos ravişda rivojlantiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizda ham soha fidoyilari xalqimizning maʼnaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltiriş işlariga munosib hissa qöşib kelmoqdalar.
Tuman Madaniyat va turizm bölimi, bölim tasarrufidagi madaniyat markazlari, Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, Madaniyat va istirohat boği hamda tuman tarixi muzeyi mehnat jamoasi aholi, ayniqsa, yoşlar qalbi va ongiga yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ğoyalarini singdirişda jonbozlik körsatmoqdalar.
“Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli, “Jayxun möʼjizasi” anʼanaviy sahna-tsirk xalq havaskorlik jamoalari ham musiqa, tsirk va xalq ijodiyotining betakror asarlarini aholi orasida keng tarğib qilib kelmoqda.
Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida esa kelgusida xalqimiz sanʼatini jahon sahnalariga olib çiqişga qodir bölgan umidli yoşlar bilim olmoqdalar.
Bugungi bayram munosabati bilan tumanimizda madaniyat va sanʼat sohalarida işlayotgan barça xodimlarni, sohada köp yillar samarali mehnat qilib, bugun keksalik gaştini surayotgan faxriylarimizni yana bir bora çin qalbimdan samimiy tabiklayman!
Aziz yurtdoşlar!
Şu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – umumxalq Referendumiga tayyorgarlik işlari muhim pallaga kirgan. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda barça sohalar qatori madaniyat va sanʼatni yanada rivojlantiriş, fuqarolarning uşbu sohalarda huquq va erkinliklarini taʼminlaş masalasiga ham katta eʼtibor qaratilmoqda.
Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda alohida bobning “Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar” deb nomlanayotgani, 53-moddasida esa “Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalaniş huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanişi haqida ğamxörlik qiladi” deya belgilab qöyilayotgani fikrimizning isbotidir.
Şunday ekan, barçangizni yurtimizda inson huquqlarini uluğlab, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqiçga olib çiqadigan uşbu muhim hujjat böyiça Referendumda faol iştirok etişga çaqiraman.
Hurmatli madaniyat va sanʼat xodimlari, qadrli faxriylar!
Sizlarni yana bir bora kasb bayramingiz – Özbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni bilan tuman hokimligi va şaxsan öz nomimdan samimiy tabriklayman.
Barçangizga mustahkam soğliq, ijodiy işlaringizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga tinçlik va farovonlik tilayman.
Kasb bayramingiz muborak bölsin, aziz madaniyat va sanʼat fidoyilari!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶