28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:32
Siyosat 👁 387

Mulk huquqini sud orqali himoya qilish – Konstitutsiyaviy islohotlarning muhim ustuvor yoʻnalishi

Mulk huquqini sud orqali himoya qilish – Konstitutsiyaviy islohotlarning muhim ustuvor yoʻnalishi

Milliy iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlash maqsadida xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash uchun davlat tomonidan zarur iqtisodiy-huquqiy sharoitlarni shakllantirish muhim rol oʻynaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yil 20-iyunda Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda «Davlat hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini hamda sharoitlarni taʼminlashi lozim», deb taʼkidlagan edi.

Shu bois yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz loyihasining
67-moddasida «Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi», degan mazmundagi ilgʻor va barcha davlat organlari faoliyatiga baho berishning asosiy mezoniga aylanadigan norma mustahkamlanmoqda.

Iqtisodiyotimizga mablagʻ kiritish istagida boʻlgan har qanday investorni qiziqtiradigan birinchi masala – tadbirkorlik faoliyati bilan bemalol shugʻillanishi va foyda olishi uchun yaratilgan sharoitlardir. Shu bois barcha davlatlar oʻz hududida biznes bilan shugʻullanish uchun jozibador va qulay muhitni taʼminlashga harakat qilishadi.

Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti – mamlakatda ijtimoi-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning taʼminlanganligi, mukammal va barqaror qonunchilik bazasi va sud-huquq tizimining mavjudligi, halol raqobat qilish imkoniyati yaratilganligi, ruxsat olish va hisobdorlik cheklanganligi, adolatli soliq tizimining amal qilishi, eng muhimi, daromatlarni erkin tasarruf etish cheklanmaganligi hamda investorlar uchun imtiyoz va preferentsiyalar taqdim etilganligi bilan belgilanadi.

Mazkur normaning Konstitutsiyaga kiritilishi, birinchidan, mamlakat iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirishga, investorlarning ishonchini mustahkamlashga va davlat tuzilmalarining masʼulyatini oshirishga, ikkinchidan, tadbirkorlar hukuqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga, hususiy mulk himoyasini yanada quchaytirishga hamda investitsiya bozoridagi raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Maʼlumki, jamiyatning iqtisodiy negizini mulk tashkil etadi. Shuningdek, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi ham mulk bilan, mulkning kimlarga tegishli ekanligi bilan belgilanadi. Mulksiz ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, mamlakatda xalq faravonligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning imkoni yoʻq.

Soʻnggi besh yil davomida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tubdan oʻzgartirish borasida mulkiy huquqlarni noqonuniy tajovuzlardan taʼminlash va himoya qilish muammosi, ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etdi. Bu davrda mulkdorlar huquqlarini taʼminlashga qaratilgan Prezident va hukumatning 300 dan ortiq hujjatlari qabul qilindi.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, mulk huquqini qatʼiy taʼminlash va himoya qilish mexanizmlari, mansabdor shaxslar faoliyatida byurokratiya, vakolatli mansabdor shaxslarning huquqiy ongi va madaniyatining yetarli emasligi, shikoyatlarning sezilarli darajada koʻpayishiga olib keladi.

Achinarlici shundaki, hozirgi kunda xususiy mulkni himoya qilish sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar va koʻrilayotgan choralarga qaramasdan oʻzboshimchalik bilan xususiy mulk huquqini poymol qilish, ayrim mansabdor shaxslarning adolatsiz va asossiz vajlar bilan koʻchmas mol-mulkni buzish holatlari ham kuzatilmoqda. Albatta, buning uchun qonunchilik va huquq qoʻllash amaliyotidagi xususiy mulkni himoya qilish bilan bogʻliq mazkur muammoli vaziyatlar va boʻshliqlarni bartaraf etish yoʻllarini ishlab chiqish va qonunchilikni takomillashtirish lozim.

Shu nuqtai nazardan, fuqarolarni mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etmaslik hamda faqatgina jamoat ehtiyojlari uchun zaruriy holatlarda tegishli tartibda mol-mulk qiymatini qoplash sharti bilan yerlarni olish tartibini yanada huquqiy jihatdan kafolatlash maqsadida Konstitutsiyaga bir qator normalar kiritish taklif etildi.

Fikrimizcha, bunday normaning kiritilishi kelajakda aholining turmush farovonligini oshirish, yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, mulkchilik munosabatlarini huquqiy jihatdan kafolatlash, xususiy mulkning daxlsizligini kuchaytirishga katta turtki boʻladi. Shuning uchun amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida fuqarolarning mulki bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, aholining uy-joyga boʻlgan huquqlari daxlsizligini kafolatlash bilan bogʻliq normalarni konstitutsiya orqali mustahkamlash zarur sanaladi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash, turli tajovuzlardan himoya qilish, xususiy mulkni saqlash va koʻpaytirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, mulkdorlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka mustaqil egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, bu – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir. Umuman olganda, yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish, mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama va jadal rivojlantirish hamda davlat organlari bilan munosabatlarda xususiy mulk huquqlarining huquqiy kafolatlarini taʼminlash uchun bevosita sharoitlar yaratishda kuchli turtki boʻladi.

Nukus tumanlar aro maʼmuriy sudining sudya yordamchisi A.Joldasova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026