REFERENDUMDA OVOZ BERIŞ BELGILANGAN TARTIBDA AMALGA OŞIRILADI
Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasi bölib, unda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuçga ega böladi. “Referendum” sözining maʼnosi davlat ahamiyatiga ega bölgan muhim masalalar böyiça ötkaziladigan va baʼzan qonunlar qabul qiliş uçun asos bölib xizmat qiladigan umumxalq sörovi, ovoz beriş yöli bilan xalq fikrini aniqlaşdir.
Özbekistonda “Özbekiston Respublikasining referendumi töğrida”gi Qonun dastlab 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan bölib, mazkur Qonun yillar davomida xalqaro va Özbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001-yil 30-avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan. Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boşqaça tartib nazarda tutilgan bölmasa, qarorlar faqat referendum yöli bilan bekor qilinişi yoki özgartirilişi mumkin. Referendum Özbekiston Respublikasining butun hududida ötkaziladi.
Referendumda ovoz beriş byulleteni fuqaro tomonidan yaşirin ovoz beriş kabinasi yoki xonasida töldiriladi. Ovoz beriş byulletenini töldiriş vaqtida ovoz beruvçidan boşqa şaxslarning hozir bölişi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravişda töldiriş imkoniga ega bölmagan fuqaro öz xohişiga köra, referendum ötkazuvçi komissiya tarkibiga kiradigan şaxslardan, kuzatuvçilardan boşqa biron kişini kabina yoki xonaga taklif qilişga haqlidir. Töldirilgan byulletenni fuqaro ovoz beriş qutisiga taşlaydi. Ovoz beriş qutilari referendum ötkazuvçi uçastka komissiyasi aʼzolariga hamda kuzatuvçilarga körinib turişi kerak.
Buzib qöyilgan ovoz beriş byulleteni fuqaroning iltimosiga köra, yangisi bilan almaştirilişi mumkin. Buzib qöyilgan ovoz beriş byulletenlari hisobga olinişi, bekor qilinişi va alohida saqlanişi lozim. Ayrim fuqarolar soğliğining holatiga yoki boşqa sabablar bilan ovoz beriş binosiga kela olmasa, ularning iltimosiga köra, referendum ötkazuvçi uçastka komissiyasi ovoz berişni ana şu fuqaro turgan joy böyiça, köçma ovoz beriş qutilaridan foydalanib taşkil etadi.
Maʼlumki, Markaziy saylov komissiyasining şu yil 16-martdagi majlisi qarori bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri çegaralarida 14 ta referendum okruglari taşkil etildi, referendum ötkazuvçi okrug komissiyalari tuzilib, ularning tarkibi turli soha vakillaridan iborat jami 266 nafar aʼzodan iborat etib tasdiqlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanida 64 referendum uçastkasi taşkil etildi, 63 referendum uçastkasida 13 nafar aʼzodan iborat, 1 referendum uçastkasida 7 nafar aʼzodan iborat komissiyalar tuzilib tasdiqlandi.
Referendum ötkazuvçi komissiya tayyorgarlik jarayonida tarğibot-tuşintiriş işlarini taşkil etadi va ommaviy axborot vositalari kömagida yoritib boradi. Şuningdek, qonunçilikka köra, maxalliy davlat hokimiyati organlari vakillarining, jamoat birlaşmalari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar rahbarlarining referendumga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş bilan boğliq masalalar yuzasidan axborotlarni tinglaydi. Bundan taşqari, uşbu kommisiyalar ovoz beruvçi fuqarolarning va referendum boşqa iştirokçilarining murojaatlarini körib çiqadi.
Özbekiston Respublikasining Referendumi töğrisidagi Qonunga köra, Referendum kuni öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan ovoz beruvçi muddatidan oldin ovoz beriş huquqiga ega. Şunga köra 19-aprel kuni muddatidan oldin ovoz beriş jarayoni boşlandi va uşbu jarayon 26-aprelga qadar davom etadi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶