YaNGILANAYoTGAN KONSTITUTsIYaDA FUQAROLARNING HUQUQIY HIMOYaSI YaNADA KUÇAYTIRILMOQDA
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Özbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanişidan kelib çiqayotgan hayotiy zarurat bölib, bu iş mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olişimiz uçun ğoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat quriş yölidagi ulkan qadamdir. Konstitutsiyaning bu matni xalqimizning fikri, takliflari örganilganidan söng tayyorlandi.
Konstitutsiyada heç kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzdauy-joyidan mahrum etilişi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u körgan zararlarning örni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng, yaʼni bozor qiymatida qoplanişi taʼminlanişi kafolatlanmoqda. Loyihada Özbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanmoqda. Unda inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş davlatning oliy maqsadi, deya eʼlon qilinib, inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oşmoqda.
Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanişi qatʼiy talab sifatida belgilanyaptiki, bu holdavlat organlari hamda mansabdor şaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini közlab faoliyat körsatişiga asos böladi.
Bundan taşqari, şaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat uşlab turilişi mumkin emasligi belgilanyapti. Yaʼni, şaxsning erkinligini çeklaş bilan boğliq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oşirilişi şart. Uşbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga oliş, asossiz qamoqqa oliş va saqlaşga yöl qöymaslikka qaratilgandir. Bu orqali xalqaro eʼtirof etilgan “Xabeas korpus” institutini qöllaniş kölami yanada kengayadi. Ilk bor şaxsni uşlaş çoğida unga tuşunarli tilda uning huquqlari va uşlab turilişi asoslari tuşuntirilişi şartligi,ayblanuvçi va sudlanuvçilarga öziga qarşi körsatma bermaslik, sukut saqlaş huquqi berilmoqda.
Konstitutsiyada aybdorlikka oid barça şubhalar, agar ularni bartaraf etiş imkoniyatlari tugagan bölsa, gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining yoki mahkumning foydasiga hal qilinişi kerakligi qayd etilmoqda. Mazkur norma töğridan-töğri amal qiluvçi qoida bölib, tergov va sud jarayonida faqat işonçli va qonuniy dalillardan foydalanişni taʼminlaydi hamda şaxsni asossiz ravişda javobgarlikka tortilişdan himoya qiladi.
Qolaversa, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi özining aybsizligini isbotlaşi şart emasligi mustahkamlanmoqda, heç kim öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi guvohlik berişga majburemasligi belgilanmoqda. Bu qoidalarning Konstitutsiyada belgilanişi jinoiy taʼqib ostidagi har qanday şaxsga yoki uning yaqin qarindoşlariga ruhiy bosim va turli tahdidlar ötkaziş, uning şaʼni va qadr-qimmatini kamsitiş kabi boşqa noqonuniy usullar qöllanişini oldini olişga xizmat qiladi.
Yana bir muhim norma – agar şaxsning öz aybini tan olganligi unga qarşi yagona dalil bölsa, u aybdor deb topilişi yoki jazoga tortilişi mumkin emasligi kafolatlanmoqda. Bu hol jinoyat böyiça haqiqatni aniqlaş, şuningdek, aybsiz insonlarning javobgarlikka tortilişini oldini olişga, ayni paytda, jinoyat sodir etgan haqiqiy aybdor şaxs yoki şaxslarni aniqlaşga xizmat qiladi. Ozodlikdan mahrum etilgan şaxslaröziga nisbatan insoniy muomalada bölinişi hamda inson şaxsiga xos bölgan şaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinişi huquqiga egaligi ham tarixda ilk bor konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda.
Qolaversa, şaxsning sudlanganligi va bundan kelib çiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoşlari huquqlarini çeklaş uçun asos bölişi mumkin emasligi belgilanyaptiki, bularning hammasi mustabid tuzumdan qolgan illatga, qança yoşlarimizni öz orzu-umidlaridan voz keçişga majbur qilgan noinsoniy taqiqlarga çek qöyadi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya har jihatdan mukammalligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Işonamizki, uşbu hujjat kelajagi buyuk davlatimizning mustahkam huquqiy poydevori bölib xizmat qiladi.
A.Safarov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶