14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 04:11
Adabiyot 👁 319

52-sonli maktabda “Kitob – qalb quyoshi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

52-sonli maktabda “Kitob – qalb quyoshi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Insonlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yuksaltirishda kitoblarning oʻrni beqiyos. Tumanimizda kitobxonlikka qaratilayotgan eʼtibor, yoshlarning kitobga mehrini oshirish borasidagi saʼy-harakatlar keng koʻlamda olib borilmoqda.

Shu jumladan, Amudaryo tumanining Namuna mahallasidagi 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham oʻquvchi yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga bagʻishlangan tadbirlar, davra suhbatlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Ushbu maktabda bugungi kunda 391 nafar oʻquvchiga 41 nafar malakali oʻz kasbining yetuk mutaxassislari boʻlgan oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berib kelishmoqda.

Maktab direktori Qodirbergan Eshchonov maktab jamoasiga rahbarlik qilib, taʼlim-tarbiya ishlarini doimiy nazoratga olgan holda oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Maktabda tashkil etilgan moʻjazgina kutubxonada oʻquvchilarning saviyasini boyitishga, dunyoqarashini kengaytirishga va maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi badiiy va ilmiy kitoblar koʻplab topiladi. Har yili kutubxonaga oʻzbek va jahon adabiyotining yetuk namoyondalari tarafidan yozilgan durdona asarlar va ilmiy adabiyotlar olib kelinib boyitib boriladi.

Shuningdek, maktabda doimiy ravishda turli xil sport musobaqalari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinadi.

15-aprel kuni maktabda “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish− buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida “Kitob- qalb quyoshi” nomli tadbir oʻtkazildi. Tadbirda maktab oʻquvchilari oʻzlarining bor bilim va isteʼdodlarini namoyish etib faol ishtirok etishdi.

Badiiy kechada soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlikka qaratilayotgan eʼtibor, yoshlarning kitobga mehrini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarga toʻxtalib, bunga yoshlarimiz ham munosib javob berayotganliklarini, bunyod etilayotgan maʼrifat oʻchoqlari – kutubxonalar aholi maʼnaviy olamini yanada boyitishga, farzandlarimizni ezgu gʻoyalar asosida, kitobga mehrli etib tarbiyalashda yaqindan koʻmak berishini eʼtirof etishdi.

Badiiy kechada ishtirok etgan oʻquvchilar kitob haqida sheʼrlar aytishdi. Uning inson kamoloti, dunyoqarashini rivojlantirishdagi oʻrnini badiiy va taʼsirli soʻzlar bilan ifodalab berishdi. Shuningdek, oʻquvchilar oʻzbek mumtoz qoʻshiqlariga, taniqli xonandalar tomonidan qoʻshiq qilib ijro etilgan gʻazal kuylariga raqsga tushdilar.

Badiiy asarlardan olingan parchalarni sahna koʻrinishlari orqali gavdalantirib berdilar. Tadbir yakunida yoshlarni mantiqiy fikrlashga undovchi, qiziqarli savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirni tashkil etishda maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Gulmirza Bobojonov, maktab direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zarifboy Eshniyozov, oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Sevara Eshchonova va boshqa pedagog hodimlarning xizmatlari katta boʻldi.

Shuni aytib oʻtish kerakki, maktablarda tashkil etilayotgan kitobxonlik tadbirlari oʻquvchilarning qalbida kitobga boʻlgan mehr-muhabbatning yanada yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ota-bobolarimiz kitobni bekorga bilim manbai, tafakkur oʻchogʻi, aql chirogʻi, koʻngil tabibi, ruhiyat ozigʻi deb aytishmagan. bekorga

Shunday ekan, aziz yoshlar, oʻtayotgan har bir kunimizni gʻanimat bilib bilim olish, dunyoqarashimizni boyitish payida boʻlaylik!

Shahlo Sabirova, Berdaq nomidagi QDUning jurnalistika fakulʼteti 2-kurs talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019