12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:55
Jamiyat 👁 500

AYoLLIK BAXTIDAN ZIYNATLANGAN UMR

AYoLLIK BAXTIDAN ZIYNATLANGAN UMR

Har galgi dars yakunida öquvçilariga ezgu tilaklar bildirişga odatlangan til va adabiyot fani öqituvçisi Gulçehra Matmurodovaning maʼruzalari öquvçilar köz oldida  kelajakning yorqin sahifalarini oçib qöygan kabi maroqli keçardi. Öqituvçining  inson qadr-qimmati, şaxs sifatidagi şakllaniş jarayonlari haqidagi maʼruzasidan söng, sinfga bir muddat jimlik çökdi. Öquvçilar xuddi sehrlangan  kabi ustozining sözlariga mahliyo bölib ötirişardi.

– Qani, mening fikrimni kim davom ettiradi?

Sinf töla bolalar orasidagi jimlik uzoqqa çözilmadi.

– Men, – közlari tiyrak, yuzida öziga nisbatan işonç aks etib turgan yoqimtoy bolalardan biri qölini kötardi.

– Yana Yöldaşevmi, boşqalarda fikr yöqmi? – sinfga köz yugurtirdi öqituvçi.

Asta-sekin bolalar dadillaşib, qöllarini  kötara boşlaşdi.

– Yaxşi, birinçi Yöldaşevdan eşitamiz, xöş, insonning xulq-atvori öziga nima beradi?

Öquvçi doska oldiga çiqdi va:

– Alişer Navoiydan bayt keltirsam maylimi? – dedi dadillik bilan.

– Albatta, agar Navoiy  aytmoqçi bölgan fikr maʼnosini uqqan bölsang, senga hoziroq “5” baho qöyaman.

Har kişikim, topsa davron içra johu eʼtibor,

Kim aning zotida bedodu sitam bölğay qiliğ.

Yaxşiliğ gar qilmasa, bori yomonliğ qilmasa,

Kim yomonliğ qilmasa, qilğonga bordur yaxşiliğ.

– Alişer Navoiy bu qitʼasida insonning elda eʼtibor topmoği uning xulqidandir, demoqda.Agar yaxşilik qilmasa, öz xulqi, qiliği öziga jabr-sitam keltiradi, yomonlikdan yiroq  bölib, yaxşilik  yölini tutsa, insonlarga qilgan yaxşi amallari miqdoriça yaxşilik köradi, demoqda.

– Barakalla! – Öqituvçi quvonç bilan öquvçisini olqişladi. – Olib kel kundaligingni, men senga “5” baho qöyaman!

Öquvçi kulimsirab, tortinçoqlik bilan öqituvçisidan uzr söradi.

– Boya darsda baho olgan edim, kundaligimda...

– Baribir, olib kelaver, men öz vaʼdamni bajaraman, – dedi  öqituvçi mamnun.

U kundalikni oçib, şu kungi darslarning barçasidan öquvçisining “aʼlo” baho olganini kördi.

G.Matmurodova öquvçisining kundalik reyting daftariga noodatiy tarzda, “5” baho yoniga yana bir “5” raqamini  yozib qöydi va öquvçining “5”lari 7 ta böldi.

Bu öquvçi keyinçalik taniqli davlat va jamoat arbobi bölib yetişgan Rajapboy Yöldaşev edi...

Endigina institutni tugatib, sölim Dörman qişloğidagi 20-maktabda ilk pedagogik faoliyatini boşlagan G.Matmurodova salkam 40-yil davomida qiliçboylik yoşlarga ona tili va adabiyot fanidan dars berdi, hamkasbi Adilboy Rajabov bilan turmuş qurdi. Tarix fani öqituvçisi bölgan Adilboy Rajabov, garçi boşqa maktabda işlasa-da, Gulçehraxonning öquvçilarini tanir, “Yöldoş oğaning öğli Rajapboy – ösadigan bola”, deb qöyardi baʼzan oilaviy suhbatlarda.

Rajapboy Yöldaşev haqiqatan ham “ösdi”. Oddiy quruvçi-muhandislikdan yirik davlat va jamoat arbobi darajasiga yetdi.

Amudaryo tuman ijroiya qömitasi raisining örinbosari lavozimida işlayotgan kezlari edi. Azim Qiliçboyning Yuqori qişloq mavzesiga yöli tuşdi. Yöl böylab şoşilib ketib  borayotgan ayol köziga taniş körindi.

– Ustoz-ku! Gulçehraxon muallim! – U maşinasini taqqa töxtatdi. Qattiq tormoz berilganidan ayol çöçib, maşina tarafga qaradi. Maşinadan oddiy va sipo kiyingan Rajapboy Yöldaşev tuşib kelardi.

Gulçeraxon ustoz quvonç bilan “öquvçi”siga quçoğini oçdi. Hol-ahvol söraşganlaridan söng, “öquvçi” ustozining işlari, turmuş şaroiti bilan qiziqdi.

Rajapboy Yöldaşev ustozining 10 nafar farzandi borligini bilardi.

– Önta bolaning onasi böldim, – dedi közlari yaşnab ustozi, – sizlar ham mening bolalarimsiz. Hayotga özi şunaqa, intilaverasan, izlaganingni topganing sari yanada köproq narsaga erişiş uçun ortga boqmay ketaverasan.

G.Matmurodova olis yillar qatida qolgan adabiyot darsini esladi:

– “Kim yomonliğ qilmasa, qilğonga bordir yaxşiliğ”. Esingdami, öşanda senga qöşaloq “5” baho qöygan edim. Işonçni oqlading, rahmat senga.

Rajapboy Yöldaşev qarşisida turgan onasiday hokisor, samimiy va mehribon, heç qaçon özgarmaydigan, baʼzilarga öxşab şamolning esişiga qarab iş tutmaydigan ustozi G.Matmurodovaga mehr bilan boqdi. Ön nafar öğil-qizni tarbiyalayotgan va hamon taʼlim-tarbiya sohasidan könglini, maktabdan oyoğini uzmagan ustozini şu kuni uyiga eltib qöydi. Ustoziga heç narsa demadi-yu, ertasiga işxonasiga keliboq, xodimasiga ustozining hujjatlarini taxlab berişni buyurdi.

Öşanda 1984-yil edi. G.Matmurodovaga sobiq Ittifoq davrida köp bolali onalar uçun taʼsis etilgan “Qahramon ona” unvoni va “Moskviç” rusumli avtomobilni mukofotga berişdi...

Gulçehra momo umr yöldoşi, Adilboy oğa Rajabov bilan 5 öğil, 5 qizni el-yurtga munosib farzandlar qilib voyaga yetkazişdi, kasb-korli qilişdi. Öğillarining biri içki işlar xodimi sifatida el-yurt osoyiştaligini saqlaşga xizmat qilib, nafaqaga çiqqan bölsa, boşqalari tadbirkor dehqon, sohibkor boğbon, qizlari ham biri-biridan oqila, serfarzand oila bekalari.

Kelinlarini körsangiz, odob-u ikromidan könglingiz yaşnaydi. Bugun bu katta xonadondan azim Qiliçboyning tört tarafiga ildiz qöygan, misli navnihol kabi unib-ösayotgan farzandlar, nevara-yu çevaralarning öz uy-köşklari – obod oila qörğonlari fayzga töla. 80 yoşni qoralagan Gulçehraxon momoning nevara-yu çevaralari bir yiğilib kelişsa, Alloh rahmat qilsin, Adilboy oğa bilan momomiz bunyod etgan keng va sarişta, fariştali hovliga siğmay ketişadi. 10 nafar farzandining oilalari çamanida ungan 30 nevara, 30 çevaraga kuyovlar-u kelinlarni, nevara kelin-u nevara kuyovlarni ham qöşib bola-çaqalarim, deb barmoq bukayotgan momo sanoqda adaşib ketadi. Yetmiş, sakson raqamlaridan söng:

– 100 dan oşgan körinadi. Mayli Allohim köp körmasin, – deya duo qiladilar.

Faxriy öqituvçi, “Qahramon ona” Gulçehra momo Matmurodova hamon tetik, bardam, xotiralari binoyiday. Bugun Faxriddin öğlinikida bölsa, ertasiga Xayriddinnikida, boşqa kuni yo öğillari Şarofaddin va Şuhratnikiga yöl oladi. Mahallaning töy-haşamlarida yoşlarga maslahatgöy, nafaqat öğillari, balki beş nafar qizlarining ham oilalari tinçligi, farovonligi uçun jonfido. Şukurki, farzandlarining barçasi mehnatkaş, uyim-joyim, degan aqlli-farosatli.

Gulçehra momo. Oddiy qişloq ayoli. Oddiy öqituvçi bölib, el-yurtga ilm ziyosi – maʼnaviyat va maʼrifat ulaşib yaşagan ustoz. Ana şu qilgan ezgu amali bugun özi aytmoqçi, eldan, şogirdlaridan, farzandlari va nevara-çevaralaridan yaxşilik bölib qaytayotgan, hamon yaxşilik qilib yaşaşni kundalik şioriga aylantirib, gözal fazilatlari bilan xulqini ziynatlagan hokisor ona. Uning bu hayotdan topgani ham şu – mehnat va aql-idrok bilan bunyod etgan oila saltanati va ayollik baxti. Zero, ana şu baxti uning umriga ziynat baxş etgan.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026