28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:14
Siyosat 👁 10,760

Referendumda amudaryoliklar uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi

Referendumda amudaryoliklar uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi

Fotogalereya

Mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea – Konstitutsiyamizni isloh qilish maqsadida tashkil qilingan umumxalq referendumi Amudaryo tumanida ham yuqori surʼatda, uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda ham ushbu muhim siyosiy jarayonga puxta hozirlik koʻrildi. Referendum oʻtkazuvchi uchastkalar zarur jihozlar, axborot texnologiya vositalari bilan jihozlanib, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, tumanda 64 ta referendum uchastkalari tuzilgan boʻlib, ularning 57tasi umumtaʼlim maktablari, 2tasi madaniyat uylari, 3tasi texnikum va kasb-hunar maktablari, 1tasi tuman sport maktabi hamda yana 1tasi Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida joylashtirildi.

30-aprel kuni tumandagi 64 ta referendum uchastkalarida ham ertalabki soat 8:00dan boshlab aholi gavjum boʻldi. Jumladan, 2-sonli kasb-hunar maktabi binosida joylashgan 91-referendum uchastkasida ham shu hududda istiqomat qiluvchi aholi faol ishtirok etishdi.

Yurtdoshlarimiz oila aʼzolari bilan koʻtarinki kayfiyatda kelib, ovoz berish jarayonlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi. Mazkur referendum uchastkasida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ham oʻzining konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda ovoz berdi.

Mangʻit shahrining Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli maktab binosida joylashgan 95-referendum uchastkasida ham fuqarolar oʻz xohish-irodasini umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri bildirish orqali yashirin ovoz berish yoʻli bilan konstitutsiyaviy islohotlarga munosabatlarini bildirdilar.

Shu oʻrinda aytish kerakki, qonunchilikka muvofiq referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar roʻyxatiga mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan 18 yoshga toʻlgan, muomalaga layoqatli fuqarolar kiritildi. Ovoz berish jarayonlari ochiqlik va oshkoralik printsplari asosida amalga oshirildi. Uchastkada ommaviy axborot vositalari vakillari, kuzatuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Mazkur hududda istiqomat qiluvchi yoshi ulugʻ onaxonlar farzandlari, nabiralarining ertangi farovon kuni uchun ovoz bergan boʻlsalar, bu yil 18 yoshga toʻlib ilk marotaba muhim siyosiy jarayonda ishtirok etayotgan yoshlar oʻz kelajaklari uchun ovoz berishdi.

Tosh yop ovulidagi 5-sonli maktab binosida joylashgan 100-referendum uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari qizgʻin kechdi. Ovul hududida istiqomat qiluvchi aholi konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasi bilan toʻliq tanishib chiqib, undan keyingina ovoz berish uchun kelganligini bildirishdi.

Ovoz berish uchun kelgan fuqarolar dastlab uchastka komissiyasi aʼzolariga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatib, ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga imzo chekishdi. Shundan soʻng, yashirin ovoz berish kabinasida maxsus belgini qoʻyish orqali oʻzlarining xohish va irodasini ifoda etdilar.

Ushbu jarayonda uchastka hududida istiqomat qiluvchi fermerlar ham faol ishtirok etishdi. Sababi, fermerlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyilishi ularning bu jarayonda uyushqoqolik bilan ishtirok etishiga muhim asos boʻldi.

Yangiobod mahallasidagi Amudaryo tumani isxisoslashtirilgan maktabi binosida joylashgan 93-referendum uchastkasida 1242 nafar fuqaro ovoz beruvchilar roʻyxatga kiritilgan edi. Referendum kuni ushbu uchastkada ham ovoz berish jarayonlari uyushqoqlik bilan boʻlib oʻtdi.

Ovoz berish uchun kelgan fuqarolarning yarmidan ortigʻi kunning birinchi yarmidayoq oʻz konstitutsyaviy burchini ado etishdi. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasiga binoan mazkur referendum uchastkasida ham tumandagi boshqa referendum uchastkalari singari ovoz beruvchilar uchun barcha qulayliklar yaratildi. Tibbiyot xonalari, dam olish xonalari tashkil etilib, ularla malakali mutaxassislar zarur hollarda ovoz beruvchilarga xizmat koʻrsatishdi.

Tumandagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan maktab binosida joylashgan 89-referendum uchastkasida ham hudud aholisi ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etdi. Mazkur referendum uchastkasida ham boshqa uchastkalar qatori aholi uchun barcha qulayliklar yaratildi. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus kabinalar ajratildi.

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan para stol tennisi boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning gʻolibi Nursulton Saribayev ham mazkur uchastkada oʻz kelajagi uchun ovoz berdi.

Referendum kuni uchastkalarga kela olmagan, uyidan chiqolmaydigan, shifoxonalarda davolanayotgan fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida komissiya aʼzolari koʻchma qutilarda ularning xonadonlariga borib, ovoz berish jarayonini tashkil etdilar.

89-sonli referendum uchastkasi komissiya aʼzolari tuman Tibbiyot birlashmasining tugʻriq boʻlimiga borib, yaqinda farzand koʻrganligi sababli referendum uchastkalariga bora olmayotgan ayollarning ovoz berishda ishtirok etishiga sharoit yaratdilar.  Tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova ham ularga hamrohlik qilib, onalik baxtiga muyassar boʻlgan ayollarni tabrikladi. Mehmonlar yangi tugʻilgan farzandlar barkamol, el koriga yaraydigan munosib insonlar boʻlib voyaga yetishlariga tilakdoshlik bildirdi.

Bir soʻz bilan aytganda, Amudaryo tumanida ham “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha tashkil qilingan referendum qonun talablari asosida, ovoz beruvchilarning faol ishtiroki bilan muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026