83-sonli maktabda “Hayot gözal, yaşaş uçun 1001 sabab!” aktsiyasi doirasida rang-tasvir yönalişi işqibozlari iştirokida körik-tanlov ötkazildi
Hayot – çindanam gözal. Uning har lahzasidan bahra olib, qadrini bilib yaşaş esa yanada gaştli. Lekin inson hayotida baʼzan şunday lahzalar böladiki, kundalik taşvişlar, oiladagi arzimagan dilxiraliklar tufayli köngli çökib, tuşkun kayfiyatga tuşib qoladi va buning oqibatida öziga bevaqt kasallik orttirib oladi. Asabiylaşib, odamovi, baʼzan jizzaki bölib qolganidan qöli işga bormaydi, köpçilikka, aralaşişdan özini çetga oladigan, qandaydir loqayd kayfiyatda yuradi.
Xöş, insonni bu kabi noxuş holatdan olib çiqiş, uning ruhiy holatini yaxşilaşning imkoni bormi? “Albatta”, deb javob berişadi psixologlar.
Joriy yilning 25-27-aprel sanalarida Amudaryo tumanida “Hayot gözal, yaşaş uçun 1001 sabab” mavzusida aktsiya ötkazildi. Aktsiya doirasidagi tadbirlarga taʼlim-tarbiya muassasalari xodimlari, umumtaʼlim maktablarining öquvçilari va ularning ota-onalari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlari, IIB inspektor-psixologlari hamda tuman hududidagi oilaviy poliklinikalar mutaxassislari qamrab olindi.
Amudaryo tumanidagi 83-sonli umumtaʼlim maktabida Nafisa Aminboyeva rahbarligida bölib ötgan “Hayot goʼzal!” mavzusidagi rang-tasvir yönalişi işqibozlari iştirokidagi körik-tanlov özining qamrovi hamda rassomlik böyiça iqtidori bor öquvçi-yoşlarga kötarinki kayfiyat bağişlagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Körik-tanlovda rassomlik yönalişiga qiziquvçi iqtidorli yoşlar faol iştirok etişib, öz qobiliyatlarini amalda namoyon qiliş orqali kelgusi orzulari xususida tölqinlanib sözladilar, çizgan rasmlari, tabiat manzaralari, natyurmort janridagi ijodiy işlari bilan öz kelajaklariga loqayd emasliklarini, hayot gözalliklarini çuqur idrok etişga qodir şaxslar sifatida şakllanayotganlarini rang-tasvir jilolarida gavdalantira oldilar.
Tumandagi maktablarda törtta bosqiçda bölib ötgan mazkur aktsiyadan közlangan maqsad – öqituvçi va öquvçi örtasidagi şaxslararo munosabatlarda ijobiy muloqot tamoyillarini şakllantiriş, ota-ona va farzand örtasida yuzaga kelişi mumkin bölgan salbiy munosabatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga köra, şok holatga tuşib qolgan öquvçilar bilan jamoaviy işlaş orqali ularning ruhiyatida ijobiy özgarişlarga erişiş.
Bundan taşqari, taʼlim muassasasi xodimlari va öquvçilarida hayotiy könikmalar va erkin kreativ fikrlaşni rivojlantiriş, öquvçilar orasida zöravonlik, autodestruktiv va destruktiv xulq-atvor, jinoyatçilik singari salbiy illatlarga qarşi kuçli immunitetni şakllantiriş orqali ularda hayotni seviş, hayotdan zavqlanib, atrofidagilarga ham zavq-şavq ulaşib yaşaş tuyğusini uyğotişdan iborat.
Umumtaʼlim muassasalarida uç kun davom etgan “Hayot gözal, yaşaş uçun 1001 sabab!” mavzusidagi 4 bosqiçli aktsiya doirasida boşlanğiç sinf öqituvçilari va ota-onalar uçun “Siz farzandingizni bilasizmi?” mavzusida kreativ öyinlar, örta sinf öquvçilari va ularning ota-onalari uçun “Yaşil doira orqali gözal hayot sari!” mavzusida breyn-ringlar, yuqori sinf öquvçilari va ularning ota-onalariga möljallangan “Bizning oilamiz eng gözal oila ekanligiga 1001 sabab” mavzusida körik-tanlov, pedagog-xodimlar uçun “Öqituvçilik – eng şarafli kasb ekanligiga 1001 sabab” mavzusida körik-tanlov hamda “Hayot goʼzal!” deb nomlangan qiziqarli seminar-trening maşğulotlari taşkil etildi.
Şuningdek, xöjalik işlari böyiça masʼul xodimlar uçun “Qadriyatlar” va “Hayotiy könikmalar” trening maşğulotlari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari xodimlari hamda IIB inspektor-psixologlari, oilaviy poliklinikalar şifokorlari iştirokidagi tadbirlar ğoyatda mazmunli, qiziqarli taassurotlarga boy tarzda ötdi.
“Hayot gözal, yaşaş uçun 1001 sabab!” mavzusidagi aktsiya doirasida ötkazilgan barça tadbirlar iştirokçilarga olam-olam zavq-şavq bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶