56-sonli maktab öquvçilari 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga sayohat qilişdi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 112-sonli qarorida 2022-2023 öquv yilidan boşlab taʼlim muassasalarida öquvçilarning musiqiy bilim va könikmalarini oşiriş, ularning qalbida milliy madaniyatga bölgan muhabbatni şakllantiriş, yoş isteʼdodlarni aniqlaş va qöllab-quvvataşga qaratilgan qator vazifalar belgilangan edi.
Uşbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oşiriş borasida tumanimizdagi 56-sonli maktabda ham bir qança işlar amalga oşirilayapti. Jumladan mazkur taʼlim muassasasida musiqiy taʼlim sifati va samaradorligini yangi bosqiçga kötarişga, öquvçilarning musiqiy janrlarga va çolğu asboblariga bölgan qiziqişlarini yanada oşirişga katta eʼtibor berilayapti.
Yaqinda maktab öquvçilaridan bir guruhining 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga sayohati amalga oşirildi.
Öquvçilar bu yerda xalq çolğuçiligi, anʼanaviy xonandalik va ijro, fortepiano, nazariya va solfedjio, baxşiçilik, xoreografiya va teatr bölimlari faoliyatlari bilan yaqindan tanişdilar.
Maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi Allambergan Jumaniyozov va musiqa fani öqituvçisi Jasur Jumaniyazovlar tomonidan amalga oşirilgan bu sayohat öquvçilarda katta taassurot qoldirdi.
Kamronbek BOZORBOYeV, maktabning “Yoş jurnalistlar” tögaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶