39-sonli maktab öquvçilari “Jayxun ilhomlar” NNT qoşidagi kutubxonaga aʼzo bölişdi
«Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan “Beş taşabbus – beş imkoniyat!” loyihasining iş rejasi böyiça örinlarda turli madaniy tadbirlar ötkazilib kelinmoqda.
Törtinçi taşabbus doirasida manzilli qöllab-quvvatlaş daftariga kiritilgan yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida tumanning Qangli hududidagi 39-sonli maktabda “Kitoblar karvoni” taşkil etildi. Maktab öquvçilari va ovul yoşlari “Jayxun ilhomlar” NNT qoşidagi kutubxona faoliyati hamda ziyo maskanidagi yangi kitoblar bilan tanişdilar.
“Jayxun ilhomlari” NNT raisi Örozali Reyimov hozirgi kunda yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning isteʼdodlarini yuzaga çiqariş, yoşlarni turli zararli illatlardan işonçli himoya qiliş borasida olib borilayotgan işlar haqida gapirib ötdi.
39-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi Rayhon Matjonova yoşlar tarbiyasida kitoblarning örni beqiyos ekanligini alohida taʼkidlab ötdi.
Bu madaniy tadbir ovul yoşlari va maktab öquvçilari örtasida ulkan taassurot qoldirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶