AMUDARYoLIK PILLAKORLAR 254 TONNA YuQORI SIFATLI PILLA XOM AŞYoSI TAYYoRLAŞNI REJALAŞTIRMOQDALAR
Pillaçilikni xalqimiz yetti xazinaning biri sifatida eʼtirof etişadi. Çunki pilla xom aşyosini qayta işlaş sanoati korxonalari uni inson ehtiyojlari uçun eng zarur va foydali mahsulotlarga – mudofaa sanoati uçun muhim vositalarga, kiyim-keçak, çorva uçun vitaminlarga boy ozuqa, hatto qişloq xöjaligida qimmatli öğitga aylantiradilar. Qisqasi, pilla xom ayoşsini qayta işlaş orqali olinadigan mahsulotlarning son-sanoği yöq. Şu bois, mamlakatimizda pillaçilik sohasini jadal rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Ayni kunlarda öz sohasining bilimdonlari bölgan soha mutaxassislari va pillakorlar 2023-yilgi “kumuş tola” xirmonini bunyod etişni boşlab yubordilar.
Amudaryo tumanida ham agrar tizimning muhim tarmoği bölgan pillaçilikka alohida eʼtibor qaratiladi. Soha rivojida muhim ahamiyat kasb etadigan omillardan biri – sifatli va samarador ipak qurti uruğini tanlaş hamda belgilangan muddatlarda jonlantirişdir.
Soha mutaxassislari tomonidan 2023-yil bahorgi pillaçilik mavsumini muvaffaqiyatli ötkaziş maqsadida ipak qurtini jonlantirişga alohida eʼtibor qaratilib, “Jayxun silk” MÇJ pillani qayta işlaş korxonasi agronomlari tumanning 16 ta hududida taşkil etilgan inkubatoriyalarga birkitildi.
Xonadonlar şaroitida ipak qurti parvarişlab, yillar davomida sifatli pilla hosili yetiştirib kelayotgan 1845 nafar tajribali kasanaçi-pillakorlarning qurtxonalari ipak qurtini parvarişlaş mavsumiga oldindan tayyorlab qöyildi. Qurtxonalar sifatli oqlanib, zooveterinariya qoidalariga muvofiq obodonlaştirildi.
Joriy yilning 7-aprel sanasida “Andijan Guantong” xususiy korxonasidan 4000 quti, “Turtkul Silkworm Pro” masʼuliyati çeklangan jamiyati korxonasidan 1718 quti ipak qurti uruği olib kelinib, inkubatoriyalarga qöyildi va 18-19-aprel kunlari sifatli jonlantirilgan ipak qurti uruği kasanaçi va pudratçi pillakorlarga tarqatildi.
Joriy yilgi pillaçilik mavsumida “Jayxun silk” masʼuliyati çeklangan jamiyati pillani qayta işlaş korxonasi tomonidan 254 tonna yuqori sifatli pilla xom aşyosini tayyorlaş rejalaştirilgan bölib, 1845 nafar kasanaçi pillakorlar bilan kasanaçilik şartnomalari tuzilgan. Unga köra, har bir kasanaçining ipak qurtini parvarişlaş mavsumi davomida amalga oşirişi talab etiladigan vazifalari aniq belgilab berilib, hududlarga birkitilgan pillaçilik agronomlari tomonidan zarur tuşuntiriş işlari olib borildi.
Tumandagi mavjud tutzorlar vaqtida oziqlantirilib, tut bargi yetişmovçiligi bilan boğliq muammolar kelib çiqişining oldi olindi. Ipak qurtlariga dasta qöyiş jarayoni boşlangunga qadar ipak qurtlari zooveterinariya qoidalariga muvofiq oziqlantirib borildi. Natijada butun tuman böyiça barça kasanaçilar qaramoğidagi ipak qurtlari yoppasiga sifatli pilla öraşga kirişdi.
Ilğor va tajribali pillakorlar özlari yetiştirgan hosilni pillani qabul qiliş punktlariga topşirişni boşlab yubordilar. Joriy yilning 24-may holatiga amudaryolik “kumuş tola” ijodkorlari yaratgan xirmon 14451 kilogrammdan oşdi. Pillakorlarning şijoatidan ayonki, yana bir neça kundan söng Amudaryoning 254 tonnalik yuksak pilla xirmoni bunyod etilişiga heç şak-şubha yöq.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶