28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:32
Fan va taʼlim 👁 242

10-sonli maktabda “Nihol” toʻgaragi aʼzolari ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi

10-sonli maktabda “Nihol” toʻgaragi aʼzolari ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida asosiy dars mashgʻulotlaridan soʻng oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida toʻgaraklar tashkil etilgan. Darsdan tashqari oʻquv mashgʻulotlari oʻquvchilarning bilimini mustahkamlashga, toʻgarak tashkil etilgan fanni yanada chuqur oʻzlashtirishga yordam beradi.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 10-sonli umumtaʼlim maktabida “Nihol” toʻgaragi aʼzolari ishtirokida “Tafakkur javohiri” nomli tadbir tashkil etildi. Toʻgarak rahbari Rayhon Palvonova tashabbusi bilan oʻtkazilgan mazkur tadbirda 5-, 7- sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi.

Tadbir toʻgarak aʼzolari ijrosidagi “Barkamol avlod” qoʻshigʻi bilan boshlandi. Shundan soʻng, 5-“A” sinf oʻquvchilari tomoshabinlarga kitob haqida yod olgan sheʼrlarini oʻqib eshittirdilar. Ayniqsa, toʻgarak aʼzolari tomonidan sahnalashtirilgan “Bolaga kitob bering!” sahna koʻrinishi yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Shundan soʻng, 5-“B” sinf oʻquvchilari badiiy asarlar haqida yozilgan goʻzal sheʼrlarini aytib oʻquvchilarni kitobxon boʻlishga, boʻsh vaqtini bekorga oʻtkazmaslikka chorladilar. Toʻgarak aʼzolari tomonidan ijro etilgan “Fargʻonacha raqs” barchaga oʻzgacha xush kayfiyat va koʻtarinki ruh baxsh etdi.

Tadbirda kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida ijro etilgan har bir sahna koʻrinish oʻquvchilarga olam-olam tassurot bagʻishladi.  

Tadbir yakunida oʻquvchilar ona vatanni, tinchlikni, doʻstlikni tarannum etuvchi “Yashna, Oʻzbekiston!” qoʻshigʻini ijro etishib, raqsga tushdilar.

Shu oʻrinda aytish kerakki, oʻquvchilar toʻgarakda faqatgina adabiyot namoyondolarining ijod mahsullaridan bahra olmasdan, milliy urf-odatlarimiz, qadimiy kuy-qoʻshiqlarimiz, xalq oʻyinlari, lapar va aytishuvlardan ham namunalar yod olishadi.

Toʻgarak rahbari Rayhon Palvonova toʻgarakning har bir aʼzosi bilan alohida shugʻullanib, darsdan boʻsh paytlarida turli tadbir va bellashuvlar tashkil etib, ularning boʻsh vaqti mazmunli tashkil etilishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda.

Sinfdan tashqari mashgʻulotlarning asosiy maqsadi – dastur va darsliklardan tashqari oʻquvchilarni qoʻshimcha bilim, koʻnikma va malakalarini oshishiga hamda ularning fan sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga va kasb tanlashlariga yordam berishga qaratilgan.

Ayniqsa, adabiyot fani toʻgaraklari oʻquvchilarning nutqnini rivojlantirishga, mustaqil fikrlashga oʻrgatib, tengdoshlari bilan doʻstona munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, toʻgaraklar taʼlimdagi samaradorlikni oshirishga fanlarni chuqur oʻzlashtirshga, pedagogning mahorati oʻsishiga ham yordam beradi.

10-sonli maktabada “Nihol” toʻgaragi aʼzolari ishtirokida tashkil etilgan ushbu toʻgarak ham ayni shu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatdi boʻldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026