14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:40
Salomatlik 👁 209

QANGLI OVULIDA ChEGARASIZ ShIFOKORLAR TAShKILOTI XODIMLARI IShTIROKIDA ChEKIShNING ZARARI XUSUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

QANGLI OVULIDA ChEGARASIZ ShIFOKORLAR TAShKILOTI XODIMLARI IShTIROKIDA ChEKIShNING ZARARI XUSUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Tamaki chekish – jamiki zararli odatlar ichida eng koʻp tarqalgan odatdir. Insonning zamonaviy hayot tarzida kashandalik koʻpgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi ish qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlik va oʻlimning yosharib borayotganligiga sabab boʻluvchi xavfli omillarning asosiylaridan biri boʻlib bormoqda. Bugunjahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining bayonnomalariga asosan, jahonda bir yil davomida 5 mln.dan ortiq kishi tamaki chekish bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar tufayli hayotdan koʻz yumadi. Chekuvchining umri chekmaydiganlarga qaraganda, kuniga 1 dona sigaret chekkanida ham oʻrtaga 5-8-yilga qisqarishini olimlar isbotlashgan. Sutkasiga 2 pachka sigaret chekuvchi kashandalarda umrining qisqarishi 10-yildan ziyodni tashkil etadi. Ayniqsa, nafas olish, yurak-qon tomir tizimlari va saraton kasalligining kelib chiqishiga sabab boʻladi.

Bu kabi insoniyat sogʻligiga xavf tugʻdiruvchi kasalliklarning kelib chiqishining oldini olish maqsadida Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan 1988-yildan eʼtiboran 31-may – “Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni” sifatida dunyo miqyosida keng nishonlanib kelinadi.

Har yili Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi huzuridagi Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish boʻlimi tomonidan jamoat va davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan aholi keng qatlamlari orasida targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkaziladi. Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 31-may kuni Qangli ovulida ham boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Aholi sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish boʻlimi mutaxassislari Matyoqub Ernazarov, Tamara Saidova, ftiziatriya boʻlimi mudiri Gulora Abdullayeva, TTB OIV/OITS laboratoriyasi shifokori X.Ermatovalar chekishning zararli oqibatlari, bu zararli odatdan voz kechishning samarali usullari haqida zarur tushuncha va tavsiyalar berdilar.

Tadbir davomida ayni paytda tumanimizda boʻlib turgan Chegarasiz shifokorlar tashkiloti shifokori Pokiston Respublikasidan kelgan Janob Doktor Husayn hamda mazkur tashkilot xodimi P.Permanovlar Qangli ovuli aholisi bilan chekishni tashlashning inson sogʻligi uchun foydalari, sogʻlom turmush tarzi umummilliy dasturi, sil, OIV/OITS kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida ochiq va samimiy suhbat oʻtkazib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan keng tushuncha va tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, janob Doktor Husayn chekishga qarshi kurashishning global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat sogʻlik uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgani, millionlab gektar yerda tamaki plantantsiyalarini yaratish uchun oʻrmonlar kesilib, dunyo ekotizimiga zarar yetayotganini taʼkidladi va barchani bu zararli odatga qarshi jipslashib kurashishga chaqirdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019