Umumtaʼlim maktabni oltin hamda kumuş medallar bilan tugatgan öquvçilarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi
Bugungi kunda mamlakatimizning barça joylarida bölgani singari Amudaryo tumanidagi umumiy örta taʼlim maktablarida ham bitiruvçi sinf öquvçilari yakuniy imtihonlarni tamomlab, katta hayotga yöllanma olmoqdalar. 2 ming 704 nafar amudaryolik öquvçi-yoşlar mehribon ustozlari, qadrdon maktabi bilan xayrlaşib, oliy taʼlim dargohlariga hujjat topşirişmoqda.
19-iyun kuni tuman hokimligi binosida 2022-2023 öquv yilida umumiy örta taʼlim maktablarini oltin va kumuş medallar bilan tamomlagan hamda fanlar olimpiadasi va turli tanlovlarda muvaffaqiyatga erişgan öquvçilarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Unda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi örinbosarlari, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullari, maktab direktorlari hamda ota-onalar iştirok etişdi.
Maʼlumot uçun, joriy öquv yilida Amudaryo tumani böyiça 36 nafar öquvçi maktabni oltin va 11 nafar öquvçi kumuş medal bilan bitkazdilar. Undan taşqari, 50 nafar öquvçi ingliz tilini biliş darajasi böyiça Xalqaro B2, 5 nafar öquvçi esa Xalqaro S1 sertifikatini qölga kiritgan bölsa, 1 nafar bitiruvçi asosiy fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston Respublikasi sovrindori böldi.
Tadbir davomida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, bitiruvçilarni maktabni muvaffaqiyatli tugatgani bilan tabriklab, özlari sevgan va tanlagan kasb-hunarlarni va mutaxassisliklarni egallab, Vatanimiz koriga yaraydigan munosib farzand bölişlariga işonç bildirdi.
Şuningdek, tuman hokimi bilimdon öquvçilarning maktab direktorlariga, ularga taʼlim va tarbiya bergan fidoiy öqituvçilar hamda ota-onalarga minnatdorçilik bildirib, bundan keyin ham barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazişlarida kuç-ğayrat tiladi.
Tadbirda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudirasi Saida Sadikova bitiruvçi yoşlarni yetuklik şahodatnomalarini olib, katta hayotga qadam taşlaganliklari bilan qutlab, keyingi öqiş va işlarida omad tiladi.
40-sonli maktab direktori Sanobar Xöjamuratova esa bitiruvçi yoşlarni yillar davomida qunt bilan bilim olib, ota-onasi, ustozlarining işonçini oqlagani, oltin, kumuş medallar sohib va sohibalari bölgani bilan muborakbod etib, taqdirlanayotganlar tumandagi 2 ming 704 nafar bitiruvçilar orasida eng bilimli, zukko öquvçilar ekanini taʼkidladi.
31-sonli maktab direktori Nilufar Davletova esa barça bitiruvçilarning keyingi hayotlarida faqatgina muvaffaqiyatlar yor bölişini, yurtimizdagi eng nufuzli korxona va taşkilotlarda iş boşlab, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan kadrlar bölib yetişişiga tilakdoşlik bildirdi.
Şundan söng, “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” sohibasi Barno Samandarova tengdoşlariga özining erişgan muvaffaqiyatlari, yutuqlari haqida gapirib, maktabni tugatgandan keyin ham öqib bilim olişdan aslo çarçamasligini, boşqa öquvçilar ham Oliy taʼlim talabasi bölganidan söng, yuqori marralarni zabt etişlariga tilak bildirdi.
Tantanali taqdirlaş marosimida oltin medal sohib va sohibalari ham sözga çiqib, erişgan muvaffaqiyatlari haqida barça tengdoşlari bilan örtoqlaşdilar.
Tadbir yakunida öquvçilarga oltin hamda kumuş medallar, taşakkurnomalar, qimmatbaho sovğalar tantanali tarzda topşirildi.
Bitiruvçilar özlariga bildirilgan bu kabi yuksak eʼtibordan mamnun bölib, bildirilgan işonçni oqlaşga vaʼda berdilar.
Öylaymizki, yoşlarimiz Prezidentimiz işonç bildirganlaridek, mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar asosida yetuk mutaxassislar bölib, Vatan ravnaqi uçun munosib hissa qöşadilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶