IJODKOR ONAXONNING YoŞLAR BILAN UÇRAŞUVI BÖLIB ÖTDI
Yurtimizda keyingi yillarda inson qadr-qimmati yuksak tutilayotgani ularga maʼnaviy kuç baxş etayotir. Ayniqsa, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohasida umr böyi mehnat qilib, ulkan hayotiy tajriba töplagan faxriylar bilan yoşlarning uçraşuvlari ötkazilayotgani, ularning bosib ötgan hayot yöli ibrat qilib körsatilayotgani yoşlarda ulkan taassurotlar qoldirayapti, elning munosib farzandlari bölib ulğayişga rağbatlantirayapti.
Yaqinda tuman Madaniyat va turizm bölimi taşabbusi bilan bölim tomoşalar zalida elimizning taniqli farzandi, ijodkor, sanʼatkor, maʼnaviyat tarğibotçisi Jumagul Yunusovaning tumanimiz yoşlari bilan uçraşuvi bölib ötdi.
“Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” Gulmirza Nurmatov, jurnalist, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, “Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” Xonimjon Rajabova, Qoraqalpoğiston xalq öqituvçisi, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xöjamurodovalar, şuningdek, Jumagul Yunusova bilan hammaslak madaniyat va maʼnaviyat sohasi faxriylari, sanʼatkorlar, yoşlar iştirok etdilar.
Tadbirda kasb-hunar bilim yurtida öqituvçi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat bölimi rahbari, mahalla xotin-qizlari yetakçisi kabi masʼul lavozimlarda işlaş bilan bir qatorda “Çovdir masxaraboz” qöğirçoq teatrini taşkil etgan va faoliyatini yuritgan Jumagul Yunusovaning tarjimai holi öqib ettirildi. Sanʼatkor onaxon bilan bir safda mehnat qilgan faxriylar, taʼlim sohasi fidoyilari sözga çiqib, Jumagul Yunusovaning serqirra faoliyatiga yuksak baho berdilar. Ilk kitobini muştariylar hukmiga havola etgan, ikkinçi – “Soğinç” nomli şeʼriy töplami naşrga tayyoranayotgan, ayni kunda taqdir taqozosiga köra Toşkent viloyatida istiqomat qilayotgan Jumagul Yunusova sözga çiqib, öziga körsatilayotgan hurmat-eʼtibor uçun barçaga, tadbir taşkilotçilariga çuqur minnatdorçilik bildirdi va ayni kundagi ijodiy işlari haqida gapirib berdi.
Tadbir tumanimiz sanʼatkorlari ijrosidagi dilrabo kuy-qöşiqlar bilan davom etdi. Sanʼatkor, ijodkor, maʼnaviyat fidoyisi, keksayganida ham jamiyat hayotida faol, ijoddan çarçamaydigan Jumagul Yunusovaning yoşlar bilan uçraşuvi barçada yorqin taassurotlar qoldirdi.
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶