28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Adabiyot 👁 469

“QALDIRGʻOCh” BOLALAR OROMGOHI TARBIYaLANUVChILARI UChUN KUTUBXONAGA SAYoHAT UYuShTIRILDI

“QALDIRGʻOCh” BOLALAR OROMGOHI TARBIYaLANUVChILARI UChUN KUTUBXONAGA SAYoHAT UYuShTIRILDI

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning biri – yoshlar kitobxonligini rivojlantirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish, maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan taʼlim muassasalari oʻquvchilari va uyushmagan yoshlar oʻrtasida doimiy ravishda turli koʻrik-tanlovlar, davra suhbatlari, taniqli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Doʻrman ovulidagi xushmanzara maskan – “Qaldirgʻoch” bolalar oromgohida ham boʻlib oʻtdi. Yozgi taʼtil paytida Amudaryo tumanining turli hududlaridagi maktablarning oʻquvchilari miriqib dam olayotgan mazkur bolalar oromgohida ularning sport, musiqa va kitobxonlik bilan shugʻullanishlari, informatika xonasida  kompyuter texnologiyalari bilan ishlashni puxta oʻrganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalar oromgohi rahbari Zafar Abdullayevdan tortib, oromgohga birkitilgan Milliy gvardiya xodimi Jamol Aybosinov, inspektor-psixolog, mayor Omon Xojanazarov, Ichki ishlar boʻlimidan masʼul Amangaldi Orinbayev, tibbiyot xodimlari, tarbiyachi-enagalarning oʻz ishlarini koʻngildagidek olib borishayotganlari bois, oromgohda dam olayotgan bolalarning barchasi oʻtayotgan har bir lahzadan mamnun.

Shunisi eʼtiborliki, oromgohda har bir bolaning qiziqishlari, albatta inobatga olinadi va ularning iqtidorlarini rivojlantirishga qaratilgan mashgʻulotlar olib boriladi. Bunda tarbiyachilar – 53-sonli maktab oʻqituvchilari Ikrom Qurbonboyev, Malohatxon Matsafoyevalar musiqa yoʻnalishi boʻyicha, Surayyo Qurboniyozova va informatika fanidan qiziqarli mashgʻulotlar olib borishadi. Shaxmat va badiiy havaskorlik toʻgaragi mashgʻulotlaridan bolalar olam-olam zavq olishadi.

Joriy yilning 26-iyun sanasida Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida oromgoh tarbiyalanuvchilari uchun kutubxonaga sayohat tadbiri uyushtirildi. Sport, badiiy havaskorlik va kompyuter texnologiyalari toʻgaraklari mashgʻulotlaridan soʻng bolalar kutubxonaga sayohat qilishib, olam-olam zavq oldilar. Ularning har biri oʻzlari sevgan yozuvchi va shoirlarning asarlarini tanlab olishib, shu yerning oʻzidayoq mutolaani boshlab yuborishdi.

Kutubxonaga sayohat tadbirida “Yuksak maʼnaviyatli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi koordinatori Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, shoira Robiya Yoʻldosheva oʻquvchi-yoshlarga kitobning, kitobxonlikning inson hayotida tutgan oʻrni, insonning shaxs sifatida shakllanishidagi ahamiyati xususida soʻz yuritib, kitobxon bolalarning qiziqishlari, oʻzbek va jahon adabiyoti namoyondalarining asarlari va ular yaratgan qahramonlar haqida ular bilan dildan suhbatlashdi va Amudaryo tumanidan yetishib chiqqan yosh, umidli shoira, 35-sonli maktab bitiruvchisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi, qator xalqaro tashkilotlar tomonidan volontyorlik, reportyorlik va jamoatchilik faoliyatlari uchun turli darajadagi koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan Barnoxon Samandarovani bolalarga oʻrnak qilib koʻrsatdi. Oʻz navbatida Barnoxon Samandarova oʻquvchilarga kitob mutolaasi tufayli hayotida quvonchli yutuqlarga erishayotgani, umumtaʼlim maktabini oltin medal bilan tugatib, 2022-2023 oʻquv yilida muddatidan oldin talaba boʻlganini aytib, kitobxon oʻquvchilarning savollariga javob berdi.

Tadbir davomida oʻquvchilar oromgoh kutubxonasiga aʼzo boʻlganliklarini aytishib, oʻzlari oʻqigan kitoblaridan olgan taassurotlari haqida soʻzlab berdilar. Xususan, 28-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Behzod Ortiqov Ahmad Yassaviy gʻazallaridan, 39-sonli maktab oʻquvchisi Zahroxon Jumaboyeva Alisher Navoiy gʻazallaridan oʻqib berdilar.

Shuningdek, oromgoh tarbiyalanuvchilari kutubxonaga uyushtirilgan sayohatdan mamnun ekanliklarini bildirishib, hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti namoyondalari asarlari yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va barcha savollariga “Yuksak maʼnaviyatli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi doirasidagi mazkur tadbir tashkilotchilari tomonidan qiziqarli javoblar oldilar.

Mahmudjon Shomurodov, Ravshan Bahromov, Amudaryo televideniyesi muxbarlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026