Amudaryoliklar Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol iştirok etişdi
9-iyul kuni mamlakatimiz tarixidagi muhim siyosiy jarayon − muddatidan ilgari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bölib ötdi. Prezidentlikka nomzod sifatida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi va Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Şavkat Mirziyoyev, Özbekiston Ekologik partiyasidan Abduşukur Hamzayev, Xalq demokratik partiyasidan Uluğbek Inoyatov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Maxmudovalar körsatilgan edi. Yurtdoşlarimiz saylov kuniga qadar nomzodlarning Özbekistonni har tomonlama rivojlantiriş maqsadida işlab çiqilgan saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanişib, şu kuni özlari munosib deb bilgan nomzodga ozoz berdilar.
Ovoz beriş jarayoni Amudaryo tumanidagi barça saylov uçastkalarida ham uyuşqoqlik bilan bölib ötdi. Döstlik mahallasi hududida joylaşgan 91-sonli saylov uçastkasida ham ertalabdan odam gavjum böldi. Mahalla faollari, köça boşçilari va nuroniylarning saylov kunigaça joylarda olib borgan tarğibot işlari natijasida aholi saylov uçastkalariga kelib, ovoz beriş jarayonida faol iştirok etdilar.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev ham mazkur saylov uçastkasiga taşrif buyurib, öz konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda özi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.
Ovoz beriş jarayoni Olmazor mahallasi hududida joylaşgan 95-sonli saylov uçastkasida ham yuqori kayfiyatda uyuşqoqlik bilan bölib ötdi. Saylov kuniga qadar mazkur saylov uçastkasi ham boşqa saylov uçastkalari singari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur adabiyot hamda qöllanmalar bilan töliq taʼminlanib, ovoz beriş kabinalari va qutilari saylovçilar uçun taxt qilib qöyildi. Yurtdoşlarimiz özining, farzandlarining, yaqinlarining kelajagiga befarq bölmagan holda eng munosib nomzodni tanlab, ovoz berişdi.
Beruniy mahallasi hududida joylaşgan 94-sonli saylov uçastkasida ham ovoz beriş jarayoni ertalabki 8:00 dan boşlandi. Hamyurtlarimizning köpçiligi öz oila aʼzolari bilan birgalikda saylov uçastkasiga kelib ovoz berdilar. Öz fuqarolik huquqidan foydalangan har bir yurtdoşimiz Vatanimiz taqdiriga befarq emasliklarini, özi tanlagan nomzodga ovoz beriş orqali körsatişdi.
Prezident saylovida Xitoy ovul fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi saylovçilar 120-sonli saylov uçastkasiga borib ovoz berdilar. Ovoz beriş jarayonlarida saylovçilar uçun barça şaroitlar yaratildi. Siyosiy partiyalar vakillari bölgan kuzatuvçilar ham zarur şaroitlar bilan taʼminlandi. Oqsoqollar, köça boşçilari, köça sardorlari va ularning oila aʼzolari ayniqsa öz faolligini körsatişdi. Har bir köça boşçisi öz köçasida istiqomat qiluvçi qöşnilari bilan birgalikda kelib, özlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdilar.
Şu kuni Qiliçboy ovulida yaşovçi yoşlar – Bunyod Xudoybergenov va Iroda Alimovalar oila qurişdi. Yoş kelin-kuyovlar özlari röyxatga olingan 106-sonli saylov uçastkasiga borib, Prezident saylovida iştirok etişdi va özlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdilar.
Mahalla faollari yoş oilaning kelajakda eng baxtli oilalardan biri bölişlarini, qurayotgan oilasi mustahkam bölişlarini tilab duo qildilar va özlarining oq fotihalarini berdilar.
Imkoniyati çeklangan, şifoxonada davolanayotgan, xizmat vazifasini bajarayotgan va boşqa sabablarga köra saylovga bora olmagan fuqarolarning ham konstitutsiyaviy huquqi taʼminlandi. Ularning şu paytda bölib turgan muassasalariga sayyor qutilar olib borilib, ovoz beriş jarayoni taşkil etildi.
Respublikamizdagi barça joylarda bölgani kabi Amudaryo tumanidagi 89-sonli saylov uçastkasida ham soat 20:00da ovoz beriş jarayoni yakunlandi.
Şundan keyin uçastka saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan köçma va statsionar ovoz beriş qutilari oçildi. Komissiya aʼzolari saylov byulletenlarini sanab, yakuniy natijalarni okrug saylov komissiyasiga yetkazdilar.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶