28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:35
Fan va taʼlim 👁 382

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI TOʻGARAKLARIDA YoZGI TAʼTIL MAROQLI OʻTMOQDA

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI TOʻGARAKLARIDA YoZGI TAʼTIL MAROQLI OʻTMOQDA

Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tazimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tashkil qilinib, “Barkamol avlod” bolalar markazlari negizida oʻz faoliyatini 2020-yil yanvar oyidan boshlab davom ettirib kelmoqda.

Maktabda jami 7 ta yoʻnalishda – “Madaniyat va sanʼat”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati”, “Turizm va ekologiya”, “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” hamda “Xorijiy tillar” yoʻnalishlarida 68 ta toʻgarak mavjud boʻlib, toʻgaraklarga jami 1668 nafar oʻquvchi qamrab olingan.

Maktab tomonidan tumanimizning eng chekka hududlaridagi 36 ta maktabda ham tarmoq toʻgaraklari tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda tarmoq toʻgaraklariga 1344 nafar oʻquvchilar qamrab olingan. Maktabning oʻzida tashkil etilgan “Toʻqish va kashtachilik”, “Bichish-tikish”, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni oʻrgatuvchi “Yosh dasturchi” toʻgaragi, oʻquvchi-yoshlarning aqliy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Mental arifmetika” va “Matematika” toʻgaraklari, 6 yoshli farzandlarimiz uchun “Maktabga tayyorlov” toʻgaragi hamda “Milliy raqs”, “Estrada-vokal” va “Biologiya” toʻgaraklarida 320 dan ortiq oʻquvchi-yoshlar kasb-hunar sirlarini oʻrganib kelmoqdalar.

Yosh avlod uchun oʻzlarining mehnatlarini va bilimlarini ayamasdan oʻrgatib kelayotgan 58 nafar pedagog xodimlar oʻquvchi-yoshlarning sevimli ustozlariga aylanishgan.

Yoz mavsumi boshlanishi bilanoq maktabga oʻquvchilar oqimi oshadi. Shu sababli maktabning oʻquvchilar roʻyxatidan tashqari zahira oʻquvchilar roʻyxati ham tashkil etilgan. Agarda oʻquvchi toʻgarakka kelmay qolgan taqdirda kelmagan oʻquvchi toʻgarak aʼzolari roʻyxatidan chiqarilib, zahira roʻyxatdagi oʻquvchilar toʻgarak aʼzolari safiga kiritiladi va toʻgarak aʼzosi sifatida mashgʻulotlarga qatnasha boshlaydi.

Maktabning “Yozgi taʼtil ish rejasi”ga asosan 5-10-iyun kunlari maktabda har yilgi anʼanaga muvofiq “Barkamol avlod bolalar haftaligi” tashkil etildi. Haftalik davomida maktabda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari oʻtkazildi. Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Istiroxat bogʻida tashkil etilgan “Baxtiyor bolalik” deb nomlangan kontsert dasturida maktab toʻgaraklariga oʻquv yili davomida toʻliq qatnashgan 852 nafar oʻquvchilarga guvohnomalar topshirildi. Shuningdek, ushbu tadbirda taniqli shoira Zulfiya Moʻminova, Oʻzbekiston xalq artisti Odina Nayzullayeva va yana siyosatshunos olima Oygul Xajanovalar tashrif buyurishib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladilar.

Haftalikning 2-kunida maktabda “Ranglar jilosi” mavzusida rasmlar tanlovi hamda shahmat-shashka musobaqalari oʻtkazildi. Tanlovda eng chiroyli rasm egalari va musobaqada gʻolib boʻlgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

 “Barkamol avlod” bolalar haftaligi”ning 3-kunida maktabda “Barkamol avlod – kelajak poydevori” nomli kontsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda maktabning “Shoʻx bolalar” jamoasi hamda tuman maktablarida tashkil etilgan toʻgaraklardan oʻquvchilar qatnashdilar. Tadbir davomida 2022-2023 oʻquv yili davomida mashgʻulotlarga toʻliq qatnashib kelgan oʻquvchilarga guvohnomalar topshirilib, tadbir ishtirokchilariga muzqaymoqlar tarqatildi.

Haftalikning 4-kunida maktabda “Quvnoq startlar” musobaqasi ham oʻtkazildi. Musobaqada “Mental arifmetika” va “Yosh dasturchi” toʻgaraklari aʼzolaridan tashkil topgan “Epchillar” va “Chaqqonlar” guruhlari bellashdilar. Musobaqa yakunida ikkala jamoa ballari teng boʻlib, doʻstlik gʻalaba qozondi.

Yozgi taʼtil boshlangani munosabati bilan maktab pedagog xodimlari bilan birgalikda navbatdagi pedagogik kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda bir qancha masalalar koʻrib chiqildi. Yoz mavsumi davomida toʻgaraklarda oʻquvchilar qamrovi oshishi va oʻquvchilarni toʻgaraklarga taqsimlash, bolalarning dam olish vaqtlarida turli koʻngilochar oʻyinlar tashkil etish masalalari hamda tumanda tashkil etilgan “Qaldirgʻoch” bolalar oromgohida har hafta mashgʻulotlar tashkil etish rejalari belgilab olindi. Shuningdek, maktab xodimlari yozgi taʼtil kunlari uchun belgilangan ish rejasidagi masalalar bilan ham tanishtirilib, belgilangan tartibda rejaning bajarilishi boʻyicha masʼullarga tegishli boʻlgan mavzular tanishtirildi.

Doʻrman ovuli hududidagi 84-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Qaldirgʻoch” bolalar statsionar oromgohida 5 ta smenada 500 nafar bolalarni sogʻlomlashtirish belgilangan. “Barkamol avlod” bolalar maktabi uslubchilari tuman xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda oromgohda faoliyat yuritadigan pedagog-xodimlarni 36 soatlik malaka oshirish kursida oʻqitib, kursni tamomlaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berildi. Ayni kunlarda “Qaldirgʻoch” bolalar oromgohida “Barkamol avlod” bolalar maktabi uslubchilari tomonidan reja asosida har kuni toʻgarak mashgʻulotlari tashkil etilmoqda.

Maqsadimiz, yozgi taʼtil paytida oʻquvchi-yoshlarni ham maʼnan, ham jismonan chiniqtirish va ularning iqtidorlarini yanada rivojlantirishdir.

X.RAJABOVA, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026