Yoşlar kamoliga xizmat qilayotgan taşkilot
Yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qiliş, maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oşiriş, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş işlariga hissa qöşiş maqsadida “Amudaryo televideniyesi” tahririyati tomonidan amalga oşirilayotgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – yurt kelajagi” nomli grant loyihasi doirasida tumandagi davlat va nodavlat notijorat taşkilotlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar, davra suhbatlari ötkazilmoqda.
Loyiha hamkorlaridan biri “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti aʼzolarining bu boradagi saʼy-harakatlari ayniqsa eʼtiborga sazovor. Qariyb sakkiz yildan beri faoliyat yuritib, tumandagi iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaşga, ularning iqtidorini yuksaltirişga va özligini namoyon etişiga xizmat qilib kelayotgan taşkilot aʼzolari soni kundan kunga köpayayotgani uning nufuzi oşayotganidan darak beradi.
Bugungi kunda taşkilot qoşida faoliyat yuritayotgan kutubxona ösmirlar, yoşlarning sevimli maskaniga aylangan desak, xato bölmaydi. Bu bejiz emas. Taşkilot raisi, iqtidorli jurnalist, matbuot faxriysi Örozali Reyimov tumanimiz maktablarida, ovul, mahallalarida bölib, iqtidorli yoşlarni izlab topişga, ular bilan suhbatlaşişga heç erinmaydi, talantli yoşlarni taşkilotga birlaştirib, turli adabiy tadbirlar uyuştiradi.
Ayni kunda tumanda 200 nafarga yaqin turli yoşdagi ijodkorlarning röyxati Örozali Reyimovning iş stolida turibdi. Yoş ijodkorlar şeʼr, hikoyalari jamlangan “Ummondan terilgan marjonlar” töplami 2022-yilda yoruğlikka çiqdi.
Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularni milliy va umumminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, kelajagimiz egalarini “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning zararli taʼsirlaridan himoya qiliş borasida ham taşkilot tomonidan aytişga arzigulik işlar amalga oşirilayapti. Bu borada maktablar öquvçilari orasida turli mavzularda ötkazilayotgan inşolar, rasmlar tanlovlari, yoş ijroçilarning kontsertlari va yoşlarni kitobxonlikka jalb qiliş borasida “Kitobxon yoşlar” tanlovlarini aytib ötiş joiz.
Şu yilning 19-iyulida tumandagi 41-sonli maktabdagi "Barkamol avlod" bolalar maktabining yoş rejissyor, jurnalist va notiq tögaragi aʼzolari iştirokida ötkazilgan “Kitoblar karvoni” tadbirida taşkilot qoşidagi kutubxonaning maktab öquvçilari uçun möljallangan kitoblaridan namunalar namoyiş etildi va öquvçilar kutubxonaga aʼzo bölişga, ularni olib öqişga daʼvat etildi.
Şuningdek tadbirda"Barkamol avlod" bolalar maktabining 41-sonli maktabdagi yoş rejissyor, jurnalist va notiq tögarigi rahbari Ziyoda Sadaddinova, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti aʼzosi Oygul Rajabovalar ham öquvçilarni kitoblar mutolaasiga çorlab, undan olinadigan bilimning inson hayotidagi ahamiyatiga keng töxtaldilar. Ular kitob öqiş odamni hayotda öz örnini topişiga, yuksak axloq-odobni öz xarakterida şakllantirişga va hurmat-eʼtibor qozonişiga zamin bölişini taʼkidladilar.
Taşkilot tomonidan kitob mutolaasini tarğib etuvçi buningdek tadbirlar tez-tez ötkazib turiladi. 5-marta turli tanlovlar taşkil etilib, ğoliblar moddiy-maʼnaviy rağbatlantirildi.
Taşkilotda ayni kunlarda mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi şarafiga bugungidek dorilomon kunlar qadrini yoşlar ongiga singdirişga ularni şu aziz Vatanimizning munosib farzandlari bölib yetişişga daʼvat qiluvçi tadbirlar ötkazişga saʼy-harakatlar boşlanib ketdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶