28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:59
Salomatlik 👁 253

“KEKSALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh OYLIGI” DOIRASIDA NURONIYLAR TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI

“KEKSALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh OYLIGI” DOIRASIDA NURONIYLAR TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI

Mamlakatimizning barcha hududlaridagi kabi Amudaryo tumanida ham “Keksalar salomatligini muhofaza qilish oyligi” tadbirlari namunali darajada tashkil etilmoqda.

15-avgust kuni tuman Tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida barcha hududlardagi keska otaxon va onaxonlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ushbu tibbiy koʻrikka oila shifokorlari bilan bir qatorda tor doira mutaxassislari – urolog, oftalmolog, kardiolog, endokrinolog, stomatolog shifokorlar ham faol qatnashishdi. Koʻrik davomida laboratoriya xizmati, EKG, UZI tekshiruvlar ham tashkil qilindi.

Maʼlumki, yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi tegishli Qarori, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Nuroniy” jamgʻarmasining shu yil 1-avgustdagi qoʻshma qarorlariga asosan 1-avgustdan 1-sentyabrgacha boʻlgan davr “Keksalar salomatligini muhofaza qilish oyligi” deb belgilangan.

Shunga muvofiq oylik doirasida tumanimizda ham keksalar salomatligini asrash, ularning toʻgʻri ovqatlanishini tashkil etish, nuroniylar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadidagi tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu borada tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda bir qator rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Rejaga koʻra, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida nuroniylarni yoshi, holatiga qarab, ularning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishiga, faol turmush tarzini yuritishga jalb qilish maqsadida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish tadbirlari, sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyilishi keksalarni faol turmush tarziga keng jalb etishga xizmat qilmoqda. Yakka-yolgʻiz va kasalmand keksalar holidan xabar olinib, muolaja choralari belgilanmoqda. Bu kabi yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik, yaratilayotgan qulayliklar tumanimizdagi nuroniylarni nihoyatda xursand qilmoqda.

Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada oylik doirasida tashkil etilgan mazkur tibbiy koʻrikda ham tor doiradagi shifokor-mutaxassislar otaxon va onaxonlarning salomatligini tekshiruvdan oʻtkazishdi. Ulardan qon va boshqa tahlil namunalari olindi. Shu kuni uy sharoitida davolanishga muhtoj keksalardan 3 nafarining salomatligi oʻz xonadonlarida tekshirib koʻrildi.

Koʻrikdan oʻtkazilgan 214 nafar keksalar va nuroniylardan 147 nafarida har xil surunkali va oʻtkir kasalliklar aniqlandi. Ulardan 2 nafariga tuman shifoxonasida statsionar, qolgan 145 nafariga shifokorlar tavsiyasiga asosan ambulator va uy sharoitida sogʻlomlashtirish muolajalari tavsiya qilindi. Shuningdek, 3 nafar nuroniyga tish protezi qoʻyib berish rejalashtirildi.

Undan tashqari, koʻrikka tashrif buyurgan keksalarga Tibbiyot birlashmasining salomatlik markazi masʼullari tomonidan toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha tavsiya va maslahatlar berildi. Keksalarda sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanish, keksalarda jismoniy faollik, kun tartibi, qon bosimini oʻlchash, semizlikning kasallik ekani haqidagi maʼlumotlar, eslatmalar qayd etilgan bukletlar ham tarqatildi.

Keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish maqsadida oylik doirasida tashkil etilgan tibbiy koʻrik uchun barcha nuroniylar oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi. Bu kabi ezgu va xayrli ishlar yurtimiz fayzi boʻlgan piru-badavlat keksalar salomatligini yanada yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Jumaboy Yavkashev, TTB tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026