28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:13
Qishloq xoʻjaligi 👁 271

AMUDARYoDA GʻALLA EKISh IShLARI BOShLANDI

AMUDARYoDA GʻALLA EKISh IShLARI BOShLANDI

Oʻlkamizda yoz fasli oxirlab bormoqda. Bunday paytda dehqonlarimiz gʻoʻza parvarishining oxirgi agrotexnik tadbirlarini nihoyasiga yetkazish, paxta yigʻim-terimiga tayyorgarlik koʻrish bilan bir qatorda kelgusi yil hosili uchun bugʻdoy ekish ishlarini ham amalga oshirishadi.

Ekishning sifatli ado etilishi urugʻlarning bexato unub chiqishini va kelgusi yilda moʻl hosil berishini taʼminlaydi. Shuning uchun ham bu ishga masʼuliyat bilan qaraladi.

 16-avgust kuni kelgusi yil hosili uchun kuzgi gʻalla ekishga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida tumanning Oʻrta qala ovuli hududida faoliyat yurituvchi «Yusufxoʻja» fermer xoʻjaligi dalasida gʻalla ekish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Botir Togʻayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi vakili Axmet Ibragimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Daryabay Qaypov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Fozil Nurmuhamedov hamda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Murod Erjanov va sohaga masʼullari, fermerlar ishtirok etishdi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov soʻzga chiqib, bu yilgi gʻallani sifatli va oʻz vaqtida ekish, mavsumni uyushqoqlik bilan oʻtkazish, shu bilan bir qatorda ekish mavsumidagi barcha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli soha vakillariga topshiriqlar berdi.

Gʻalladan yuqori va sifatli hosil olishning asosiy garovi – bu yerni ekishga sifatli tayyorlash, hududning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib nav tanlash, sifatli urugʻlik ekish muddati va meʼyorlariga rioya qilish, gʻalla nihollarini toʻliq undirib olish hamda oʻz muddatida parvarishlashdan iborat ekanligi seminar davomida alohida taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, yuz berayotgan iqlim oʻzgarishlarini inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligi maydonlariga erta ishlov berish, ekin ekiladigan maydonlarni tayyorlash va bugʻdoy urugʻlarini kechiktirmasdan ekish zarurligi soha vakillariga alohida taʼkidlandi.

Tumanda 2024-yil hosili uchun 5380 gektar yer maydoniga gʻalla ekish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 4980 gektari ochiq maydonga va 450 gektari gʻoʻza qator orasiga ekiladi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, amudaryolik gʻallakorlar bu yilgi ekish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrdilar. Jumladan, yerlarning shoʻri oʻz vaqtida yuvilib, lazerli uskunalar bilan tekislandi hamda dalalar oʻz vaqtida haydaldi. Endilikda gʻallakorlarimiz ekish ishlarini uyushqoqlik bilan tez kunlarda yakunlab, erta kuzda dalalardan tekis nihol olishga harakat qilishadi.

Shuningdek, seminar davomida fermer xoʻjaliklari rahbarlariga qishloq xoʻjaligi sohasida ilgʻor innovatsiyalarni qoʻllagan holda zamonaviy usulda mahsulot yetishtirishning afzalliklari, sarf-xarajatlarni qisqartirish, yerdan unumli hosil olish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026