28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:34
Fan va taʼlim 👁 225

EHTIYoJMAND OILALAR FARZANDLARIGA MAKTAB FORMALARI TOPShIRILDI

EHTIYoJMAND OILALAR FARZANDLARIGA MAKTAB FORMALARI TOPShIRILDI

Maʼlumki, 2021-yil 30-iyul kuni Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur qaror bilan ijtimoiy himoyaga va har tomonlama koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarining bilim olishlari uchun sharoitlar yaratish, ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy etildi.

Qarorda aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan tizimli ishlarni izchil davom ettirish hamda moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini maktab formasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlash xarajatlarini byudjet mablagʻlari hisobidan qoplash koʻzda tutilgan.

Barchamizga maʼlumki, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maktab formasining joriy qilinishidan oʻquvchilarning kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish koʻnikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ularni maʼnaviy va jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsad qilingan.

Albatta, yangi oʻquv yili oldidan ota-onalardan maktab yoshidagi farzandlari uchun yangi ust-bosh xarid qilishadi. Bunga barcha oilalarda ham imkon boʻlmasligi mumkin. Shularni inobatga olgan holda Prezidentimizning yuqoridagi qarori asosida ijtimoiy himoyaga va har tomonlama koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari oʻquv qurollari va maktab formalari bilan taʼminlanmoqda.

25-avgust kuni Amudaryo tumani Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 55-sonli maktab binosida ham tumandagi ehtiyojmand oilalarning 200 nafar farzandlariga maktab formasi hamda oʻquv qurollari topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Rashid Salayev, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi mudiri Ibragim Rajabov, masʼul xodimlar, shuningdek, oʻquvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Rashid Salayev soʻzga chiqib, mazkur xayrli ish tumanimizdagi ehtiyojmand oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash, kam taʼminlangan oilalar farzandlarining sifatli va tizimli umumiy oʻrta taʼlim olishiga amaliy yordam berish, moddiy jihatdan qiynalgan oilalar farzandlarini maktab formasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlanishiga yordam berish maqsadida amalga oshirilayotganini taʼkidlab, tumanimizda ushbu masala yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida aytib oʻtdi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, bugungi kunda Amudaryo tumani Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 85 ta umumtaʼlim maktablari faoliyat yuritayotgan boʻlib, ularda 38 ming 476 nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olib kelmoqdalar. Oʻquvchilarning yangi oʻquv yilida sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun umumtaʼlim maktablarida keng koʻlamli tayyorgarlik ishlari olib borildi. Taʼlim maskanlari binolaridagi mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha ishlar amalga oshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar soʻnggi yillarda yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtibor hamda yoshlarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar xususida toʻxtalib, oʻquvchi yoshlarni ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, ustozlari berayotgan bilimlarni chuqur egallashga, yurtimizga munosib farzand boʻlishga chorladilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026