Joʻqorgʻi Kenges Raisi qilichboylik faollar bilan uchrashdi
11-sentyabr kuni Qoraqalogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida mahalla faollari, koʻchaboshchilari va nuroniy oqsoqollari bilan uchrashdi.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda olis hududlarni obodonlashtirish ishlari Respublika boʻyicha keng miqyosda davom etmoqda.
Taxtakoʻpirdagi “Beltau”, Qoraoʻzakdagi “Qaraoʻzek”, Toʻrtkoʻldagi “Qumbasqan” ovullaridan tortib, Nukus shahridagi sharoiti ogʻir mahallalarda ham bunday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda shunday tadbirlarning davomi sifatida Amudaryo tumanidagi mahallalarni keng koʻlamda obodonlashtirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga har tomonlama yechim topish choralari Qilichboy mahallasidan boshlanishi aytib oʻtildi.
Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari evazidan amalga oshiriladigan dastur boʻyicha Qilichboy suv taqsimlash qurilmasini rekonstruktsiya qilish hamda Qilichboy, Ayoqchi, Xizr eli ovul va mahallalari hududida jami 40 km. uzunlikdagi koʻchalarga suv tarmogʻini tortish ishlarini jadallashtirish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Oʻz navbatida mahalla faollari va nuroniylar Prezidentimizning topshirigʻiga binoan ovulga qaratilayotgan alohida eʼtibor uchun, hudud ahlining farovon turmush kechirishiga munosib sharoit yaratilayotgani uchun minnatdorchilik izhor etdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶