“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL ÖYININING TUMAN BOSQIÇI QIZIQARLI TAASSUROTLARGA BOY BÖLDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual öyinlarni rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida 5 ta muhim taşabbus olimpiadasi doirasida Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktab öquvçi-yoşlari örtasida “Zakovat” intellektual öyinining tuman bosqiçi ötkazildi.
Öyin hamkor taşkilotlar masʼullari, xususan, “Zakovat” nadavlat notijorat taşkiloti hududiy koordinatori Dilşodbek Jumaniyazov, Yoşlar işlari agentligi tuman bşlimi rahbari Sardorbek Ismailov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼul xodimi Zafar Abdullayev, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölinmasi xodimi Zarifa Soatboyevalar hamkorligida taşkillaştirildi. Unda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 85 ta umumtaʼlim maktablarining 85 ta bilimdonlar jamoalari qatnaşib, öquvçi-yoşlar maktabda olgan bilimlarini sinovdan ötkazişdi.
Intellektual öyin Nizomiga köra, barça jamoalar aʼzolari umumtaʼlim maktablari uçun belgilangan fanlar dasturi böyiça olgan bilimlari, şuningdek, epçilliklari va hozirjavobliklarini amalda namoyiş etdilar. Bundan taşqari, savollarga javob berişda öquvçilarning yuqori darajada aniqlik, mantiqiy fikrlaş doirasining kengligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Keskin, muntozarali, şu barobarida qiziqarli taassurotlarga boy tarzda ötgan “Zakovat” intellektual öyinida har bir savoldan keyin bilimdon va mantiqiy fikrlaş doirasi keng öquvçilar özlarining alohida iqtidorli ekanliklarini namoyon etişib, ğoliblik sari dadil intildilar.
Öyin davomida eng kuçli deb tan olingan 65-sonli, 22- va 29-sonli maktablarning bilimdon öquvçilari ğoliblik uçun özaro kuç sinaşdilar. Ayniqsa, 65-sonli va 22-sonli maktablarning zakovatli öquvçi-yoşlari örtasidagi bahslar yanada qiziqarli taassurotlarga boy böldi. Özlari taʼlim-tarbiya olayotgan maktab va maktabdoşlari, qolaversa, ustozlari şaʼni, obrösi uçun qizğin bahslaşgan 65-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçi-yoşlari faxrli 1-örinni egallaşdi. 22-sonli va 29-sonli maktablarning jamoalari esa zakovat bahslarida biri-biridan qolişmasliklarini namoyon etişib, har ikkala jamoa ham durang natijani qayd etişdi va 2-örin sohiblari bölişdi.
Musobaqa ğoliblari bölgan 65-, 22- va 29-sonli maktablarning bilimdonlar jamoalari “Zakovat” intellektual öyinining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdilar.
Ğolib jamoalar hamkor taşkilotlar tomonidan diplom va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Şunisi eʼtiborliki, “Beş muhim taşabbus” olimpiadasi doirasida ötkazilayotgan mazkur bilimdonlik böyiça bellaşuvlar ösib kelayotgan yoş avlodning yuksak maxnaviyatli, jismonan va axloqan yetuk, şu bilan birga zamon bilan hamnafas, maktab dasturidagi fanlarni mukammal özlaştirişlarini taʼminlaşga yönaltirilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶