28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:20
Sport 👁 270

AMUDARYo TUMANI “YoZGI BIATLON” BOʻYIChA QORAQALPOGʻISTON ChEMPIONATIGA MEZBONLIK QILDI

AMUDARYo TUMANI “YoZGI BIATLON” BOʻYIChA QORAQALPOGʻISTON ChEMPIONATIGA MEZBONLIK QILDI

Amudaryo tumanida qoraqalpogʻistonlik yoshlar oʻrtasida yozgi biatlon boʻyicha Qoraqalpogʻiston chempionati musobaqalari boʻlib oʻtdi.

15-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashining tegishli buyrugʻiga asosan oʻtkazilgan ushbu musobaqalarda respublika hududidagi tumanlardan 8 ta jamoa ishtirok etdi.

Tashkilotning Amudaryo tumani Kengashi oʻquv-sport texnika klubi oʻquv-mashq maydonchasida tashkil etilgan musobaqa ertalabdan tantanali ravishda boshlandi. Yoshlar oʻrtasida sportning texnik va amaliy turlarini yanada kengroq targʻib etish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbirda tuman hokimligi, mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi, Yoshlar ishlari Agentligi tuman boʻlimi, Sport maktabi hamda boshqa hamkor tashkilotlar masʼullari ham ishtirok etishdi.

Tadbirni “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Quvvat Razbekov ochib berdi va sportchilarga omad tiladi. Shuningdek, u yozgi biatlon sport turida yengil atletikaning kross va miltiqdan nishonni poylash elementlari mujassamligini, biatlonchining asosiy maqsadi, belgilangan masofani maksimal tezlikda yugurib oʻtib, nishonni aniq moʻljalga olish ekanligini taʼkidladi. Musobaqalar davomida sportchilar nishonni poylashda bexato harakat qilishi, kuchlarini masofaning barchasiga bir xil taqsimlay olishi kerakligini, shunisi bilan ushbu sport boshqa turlardan farq qilishini aytib oʻtdi.

Amudaryo tumani Oʻquv-sport texnika klubi boshligʻi Azizbek Ismoilov ham mazkur musobaqa respublikamiz yoshlari oʻrtasida sportning texnik va amaliy turlaridan biri sanalgan yozgi biatlonni yanada rivojlantirish, uni oʻgʻil-qizlar orasida ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni aniqlab olish maqsadida tashkil etilgani, gʻoliblar Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etish imkoniga ega boʻlishini eʼtirof etdi.

Musobaqalarda respublikamizning turli hududlaridan kelgan mahoratli sportchilar oʻz shijoatini, chaqqonligini namoyish etishga muvaffaq boʻlishdi. Musobaqa shartiga koʻra jamoalarning har bir aʼzosi 3000 metrga yugurish va oraliqda bir marta tik turgan holatda, keyingi aylanani yugurib oʻtib, yotgan holatda havo miltigʻidan nishonlarga oʻq otish kabilarni bajarishdi. Agarda berilgan 5 ta oʻqdan nishonlarga kam tegsa, shuncha marta yugurib, belgilangan jarima aylanasini qoʻshimcha ravishda yugurib oʻtdilar.

Musobaqalar shu tarzda kurashlarga boy va qizgʻin oʻtdi. Barcha jamoalar gʻolib chiqish uchun harakat qildilar. Musobaqa davomida yaxshi natijalar koʻrsatgan jamoalar gʻolib va sovrindorlar qatoridan oʻrin oldilar.

Murosasiz va qiziqarli oʻtgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, yozgi biatlon boʻyicha Qoraqalpogʻiston chempionatida 1-oʻrinni Beruniy tumani Oʻquv-sport texnika klubi jamoasi, 2-oʻrinni Amudaryo tumani Oʻquv-sport texnika klubi, 3-oʻrinni Toʻrtkoʻl tumani Oʻquv-sport texnika klubi jamoasi egallashdi. Yozgi biatlon boʻyicha qoraqalpogʻistonlik yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqalarda gʻolib boʻlgan yosh iqtidor egalari chempionatning Oʻzbekiston bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Musobaqa yakunida gʻolib jamoa va shaxsiy birinchilikka erishgan sportchilarga “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026