28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:42
Salomatlik 👁 16,880

TUMAN TIBBIYoT BIRLAShMASIGA ZAMONAVIY TEZ TIBBIY YoRDAM MAShINALARI TOPShIRILDI

TUMAN TIBBIYoT BIRLAShMASIGA ZAMONAVIY TEZ TIBBIY YoRDAM MAShINALARI TOPShIRILDI

 

Davlatimiz rahbarining raisligida 2022-yil 5-may kuni oʻtkazilgan yigʻilishida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish masalalari ilgari surilgan edi. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, tibbiyot sohasi inson sogʻligʻi va hayotini saqlab qolishda “oltin soat” oraligʻida birinchi yordam koʻrsatuvchi muhim boʻgʻindir. Soʻnggi yillarda bu yoʻnalishlarning moddiy taʼminoti va kadrlar salohiyatini yaxshilash boʻyicha koʻp ishlar qilindi.

Amudaryo tumanida ham hudud aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida qator amaliy ishlar qilinmoqda. Shu ishlarning mantiqiy davomi sifatida 23-sentyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez yordam boʻlimiga 3ta maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi Sharapat Otemisov, hokimlik masʼul xodimlari, tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Faxriddin Abdullayev hamda soha vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, bugun kunda tibbiyot sohasidagi yutuqlar, shu bilan birga mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Joʻqorgʻi Kengesning qoʻmita raisi Sharapat Otemisov aholiga oʻz vaqtida shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish borasida zamonaviy tez yordam avtomobillarining ahamiyati haqida aytib oʻtdi.

Mamlakatimiz boʻyicha oʻtgan yillar mobaynida butun respublikamiz boʻylab 3 mingga yaqin yangi tez yordam mashinalari xarid qilingan. Zamonaviy reanimatsiya mashinalari soni 400tadan oshgan. Shuningdek, tez yordam stantsiyalari va brigadalari soni ham koʻpaytirilgan. Bitta chaqiriq uchun dori-darmonga ajratilayotgan mablagʻlar miqdori 16 baravarga, dori turlari esa 20tadan 45tagacha oshirilgan.

Shudan keyin tez tibbiy yordam avtomashinalari kalitlari tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati va haydovchilarga tantanali tarzda topshirildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Faxriddin Abdullayev ushbu tez tibbiy yordam mashinasida barcha zarur tibbiy asbob-anjomlar mavjudligini, shifokorlar harakat paytida ham bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatiga ega ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, Prezidentimizning “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” mavzusidagi oʻtkazilgan tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Xususan, keyingi yillarda Amudaryo tumanida ham tibbiyot sohasidagi ezgu ishlarning koʻlami kengaymoqda. Hududlardagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlanmoqda. Tibbiyot birlashmasida yangidan qiymati 14,4 mlrd. soʻmga teng boʻlgan 90-oʻrinli 4 qavatli tugʻruq kompleksi qurilayotgani reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish va koʻlamini kengaytirish imkonini berishi qayd qilindi.

Tez tibbiy yordam boʻlimi xodimlari shu kuniyoq yangi avtomashinalarda “103” raqami orqali tushgan chaqiruvlar boʻyicha bemorlarga xizmat qilishga kirishdilar. Bu kabi ezgu ishlar tuman aholisi salomatligini mustahkamlash, bemorlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, eng muhimi, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Amudaryo tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026