PAXTA TERIMI MAVSUMIDA YoNGʻIN XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA AMAL QILISh JUDA MUHIM
MChJ shaklidagi "Amudaryotex” xorijiy korxonasiga qarashli paxta tozalash zavodi va unga qarashli 5ta paxta qabul qilish maskanlarida “Paxta – 2023” yigʻim-terimi mavsumi oldidan favqulodda va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi holati oʻrganib chiqildi.
Natijada Nazarxon, Qipchoq, Paxtakor, Xitoy, Qilichboy paxta qabul qilish maskanlari hozirgi kunda toʻliq yongʻin xavfsizligi qoidalari va talablariga javob bermasligi maʼlum boʻldi. Aytish kerakki, qabul punktlari rahbarlari ishchi-xizmatchilarga davlat mulki boʻlgan paxta xom ashyosini asrashda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan qoʻyilgan talablarga amal qilishni, yongʻin xavfsizligi talab va qoidalarini kengroq tushuntirib borishi kerak. Paxta qabul qilish maskanlarda mavjud boʻlgan barcha kichik mexanizmlarni ishlatishda faqat tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan va yoʻriqnomadan oʻtgan ishchi-xodimlarni ishga olish, kichik mexanizmlarni ishlatishdan avval, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarining mavjudligiga eʼtibor qaratish lozim.
«Paxta – 2023» yigʻim-terim mavsumida va doimiy ish jarayonida har bir ishchi-xodim oʻz ish joylarida xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq amal qilishi maqsadga muvofiq. Bu mavsum davomida qimmatbaho xomashyo – paxtani yongʻindan asrashga imkon yaratadi.
S.BERDEKEYeV, tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶