BILIMLI VA HUNARLI YoŞLAR – YuRT TAYaNÇI
Kasb-hunar taʼlimi tizimi iqtisodiyot rivojining muhim komponenti hisoblanadi. Uşbu taʼlimda yuqori malakali işçi, kasb egalari, iqtisodiyotning örta böğini mutaxassislari tayyorlanadi. Amudaryo tumanida ham yoşlarning kasb-hunar sirlarini mukammal örganişlarini taʼminlaş maqsadida 1- va 2-sonli kasb-hunar maktablari taşkil etilgan bölib, bugungi kunda ularda yoşlar kasb-hunar sirlarini puxta örganişmoqda.
Qipçoq ovulidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida 2022-2023-öquv yili davomida jami 304 nafar öquvçiga 28 nafar öqituvçi va 10 nafar işlab çiqariş taʼlimi ustalari taʼlim-tarbiya berib, kasb va hunar sirlarini örgatişdi. Yil davomida öquvçilar bu dargohda kasb-hunar sirlarini örganiş bilan birga oliy öquv muassasalariga çuqur tayyorgarlik körib, talabalar safiga qöşilişga muyassar bölişdi. Şuningdek, 4 nafar öquvçi ingliz tili fanidan xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bölişdi. Mazkur öquv yilida kasb-hunar maktabini 160 nafar öquvçi bitirgan bölsa, şundan 36 nafari oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi.
Sölim tabiatli, kökalamzor hududda joylaşgan uşbu taʼlim muassasasida 240-örinli öquv ustaxonasi, 120-örinli oşxona va 100-örinlik öquvçilar turar joyi mavjud. Öquv muassasasida taʼlim olayotgan yoşlarning kasb va hunar sirlarini puxta örganişlarini taʼminlaş maqsadida tumandagi korxona, taşkilot va muassalar bilan öquv va işlab çiqariş amaliyotlarini ötaşlari uçun 12 ta hamkorlik şartnomalari tuzilgan. Hozirgi kunda mazkur şartnomalarga köra belgilangan korxona-taşkilotlarda öquv jadvaliga asosan işlab çiqariş va diplom oldi amaliyotlarini ötkaziş yölga qöyilgan.
Kasb-hunar maktabida 2023-2024 öquv yili oldidan ham qizğin tayyorgarlik körilib, öquvçi-yoşlarning sifatli taʼlim olişlari uçun barça şart-şaroitlarni yaratişga alohida eʼtibor qaratildi. Bu yilgi öquv yilida 1-bosqiçga 8 ta yönaliş böyiça 205 nafar öquvçi qabul qilinib, hozirgi kunda taʼlim-tarbiya işlari boşlab yuborildi. Öquvçi-yoşlarga 28 nafar öqituvçi va 9 nafar işlab çiqariş ustalari taʼlim-tarbiya berişmoqda.
Hozirgi kunda kasb-hunar maktabida öquvçilar avtomobil dvigatellarini taşxislaş va taʼmirlaş, avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat körsatiş, axborot vositalari maşinalari va kompyuter tarmoqlari operatori, tikuvçi, öt öçiruvçi, traktorçi-maşinist, raqamli axborotlarni qayta işlaş ustasi, elektrik kabi yönalişlar böyiça kasb-hunarga örgatilmoqda. Ularga bilimdon öqituvçilar tomonidan umumtaʼlim fanlardan töliq bilimlar beriş bilan birga, tajribali işlab çiqariş ustalari kasb va hunar sirlarini mukammal örgatişga harakat qilişmoqda. Şuningdek, maktabda tikuvçi va payvandlovçi yönalişlari öquvçilari örtasida turli tadbirlar, tanlovlar ötkazilib, yoşlarning tanlagan kasbiga bölgan qiziqişlari yanada oşirilmoqda.
Uşbu dargohda öquvçilarni kitobxonlikka jalb etişga ham alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Muassasadagi kutubxonada 24 mingdan ortiq turli xil mazmundagi adabiyotlar mavjud bölib, turli xildagi yangi adabiyotlar, elektron darsliklar keltirilgan. Öquvçilar kutubxonaga taşrif buyurib, bu yerdagi kitoblarni mutolaa qilişadi va bilimlarini oşirib, dunyoqaraşlarini kengaytirib borişmoqda.
Ayni davrda iqtisodiyotning barça tarmoqlari barobarida tadbirkorlik, kiçik biznes, oilaviy biznes, tomorqa biznesi, quriliş, xizmat körsatiş, çorvaçilik, parrandaçilik, asalariçilik, baliqçilik kabi tez surʼatlarda ravnaq topayotgan sohalar uçun işçi kasblar böyiça malakali kadrlar zarur. Şu sababli kasb-hunar maktabida öquvçi-yoşlarning har tomonlama yetuk, zamonaviy bilimlarga ega, jamiyatda öz örniga ega insonlar bölib yetişişi uçun barça imkoniyatlar yaratilgan.
Kasb va hunar insonga umri davomida hamroh böladi. Tökis, baxtli hayot keçiriş uçun kasb ham, hunar ham örganiş kerak. Öz kasbining ustasi, hunarli kişilarning rizqi butun, turmuşi farovon böladi.
Şu örinda yoşlarga kasb-hunar sirlarini puxta örgatayotgan, mamlakat iqtisodiyoti rivoji va xalq farovonligiga hissa qöşuvçi yetuk mutaxassislarni tayyorlaş yölida özlarining bor bilimi va tajribasini safarbar qilayotgan öqituvçilar va öquvçilar, işlab çiqariş taʼlimi ustalarini kasb bayrami – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz! Hamişa kasbingizdan kamol topib, maşaqqatli mehnatlaringizning rohatini körib yaşang, aziz ustozlar!
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶