28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:52
Fan va taʼlim 👁 402

USTOZ VA MURABBIYLAR UChUN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

USTOZ VA MURABBIYLAR UChUN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Kelajagimiz egalari boʻlmish yosh avlodni bilimli, savodli, maʼnaviy barkamol va jismonan sogʻlom qilib voyaga yetkazishda oʻqituvchi-murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan oʻgʻil-qizlarning vatanparvar, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar boʻlib yetishishiga zamin boʻlib xizmat qiladi.

Yurtimizda 1-oktyabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni deb belgilanib, umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi ustozlarga yuksak eʼtibor va hurmatning yaqqol namunasidir. Amudaryo tumanida ham har yili ushbu sana keng tantana qilinadi, taʼlim fidoyilari, tajribali muallimlar, faxriy ustozlar uchun tadbirlar tashkillashtiriladi.

Anʼanaga muvofiq 30-sentyabr kuni Mangʻit shahrida joylashgan fayzli “Sher” toʻyxonasida “Sizga taʼzim, aziz ustozlar!” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda muhtaram va xalqimiz eʼzozidagi insonlar – ustoz-murabbiylar uchun tuman hokimligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan bayram dasturxoni tashkil qilindi.

Tantanali tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, yoshlarga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan pedagog oʻqituvchilar, ustoz va murabbiylar hamda faxriy oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

Oʻqituvchilik masʼuliyatli va mashaqqatli kasb boʻlib, muntazam ravishda davomli mehnatni, sabr-toqat bilan ishlashni talab etadi. Insoniyat kamoloti uchun butun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, eʼzozlab kelishgan.

Tadbir avvalida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, ularning sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi va joriy yilda taʼlim sohasida erishilgan yutuqlarga ham toʻxtalib oʻtdi. Yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan bir guruh oʻqituvchi-murabbiylar koʻkrak nishonlari, tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, taʼlim sohasida koʻp yillar samarali mehnat qilgan, jamoat ishlarida faol boʻlgan oʻqituvchilarga va shogirdlari nufuzli musobaqalarda gʻolib boʻlgan murabbiylar ham ragʻbatlantirildi.

Aytish joizki, tumanimizda 85ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi mavjud. Joriy yilda maktablarda 38 ming 813 nafar oʻquvchilar mahoratli pedagoglardan taʼlim-tarbiya olmoqda. 2022-2023 oʻquv yilida 2750 nafar oʻquvchilar maktablarni bitkazgan boʻlsa, ularning 1289 nafari oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.

Bayram tadbiri davomida soʻzga chiqqanlar ustoz soʻzi zamirida olam-olam maʼno mujassam ekanligi, mashhur insonlarning yuqori choʻqqilarga erishishlari ham ustozlarning beqiyos zahmati mahsuli ekanini taʼkidlab, yigʻilganlarni kasb bayrami bilan qizgʻin qutladilar.

Chindan-da barcha davrlarda ham oʻqituvchi zimmasiga hayot talablariga toʻla javob beradigan va oʻz zamoniga munosib avlodlarni tarbiyalashdek masʼuliyatli vazifa yuklatilgan. Quyosh oʻz nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, oʻqituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan oʻquvchi-yoshlarning qalbini ilm ziyosi bilan toʻldirishga ahd qilgan buyuk kasb egasidir. Hayotning goʻzalligi, farovonligi, odobligi, qolaversa, davlat va jamiyat ravnaqi muallim mehnati bilandir.

Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan namoyish etilgan katta musiqiy dastur tadbirga yanada fayz kiritdi va barchaga bayram kayfiyatini ulashdi. Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri shoʻx kuy-qoʻshiqlar va dilrabo raqslar bilan davom etdi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026