MAKTABDA “TAʼZIM SIZGA, USTOZIM” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI
Mamlakatimizning barcha hududlaridagi kabi Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarida ham 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tadbirlar keng miqyosda oʻtkazildi.
Ushbu bayram munosabati bilan tumandagi ayrim fanlarni chuqur oʻrgatishga ixtisoslashtirilgan 38-sonli maktabda har yilgidek katta tadbir oʻtkazildi. Bayramga bagʻishlab maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilari ishtirokidagi “Taʼzim sizga, ustozim” mavzusidagi mazkur tadbirga maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari, faxriy oʻqituvchilar ham tashrif buyurishdi. Ushbu tadbirda soʻzga chiqqanlar ustozlarni bayram bilan tabriklab, yurtimizda taʼlim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, islohotlar haqida gapirib oʻtdilar.
Tadbirda oʻquvchilar ustozlar madhiga bagʻishlangan sheʼrlar, Vatan haqidagi qoʻshiqlar, dilrabo raqslar ijro etib, sahna koʻrinishlarini namoyish qilishdi. Oʻquvchilar ijrosidagi xorazm lazgisi, andijon polkasi va boshqa shoʻxchan raqslar, sheʼr va qoʻshiqlar tomoshabinlarga xushnudlik baxsh etdi. Tadbirda bilimli va faol oʻquvchilarni ragʻbatlantirish maqsadida faxriy yorliqlar ham topshirildi.
Maktabning boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari Muhabbat Allabergenova, Mohimjon Qurbonboyeva, Mehribon Saʼdullayeva, Niso Tajimurodova, Omonjon Qodirova, Sharofat Saidova, Qunduz Ashirova, Komila Qutlimurodovalar tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiri qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda oʻtdi.
R.Safarova, 38-sonli maktab direktorining MMIBOʻ v.v.b.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶