28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Fan va taʼlim 👁 268

MAMLAKATIMIZ KELAJAGINI ZAKOVATLI YoShLAR BUNYoD ETADILAR

MAMLAKATIMIZ KELAJAGINI ZAKOVATLI YoShLAR BUNYoD ETADILAR

56-sonli umumtaʼlim  maktabi yaqin-yaqinlargacha tumandagi eng qoloq, shu bilan birga moddiy-texnika bazasi, infratuzilmasi jihatidan anchagina past darajadagi maktablardan biri edi. Men ushbu maktabda 2007-yilda ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida oʻz faoliyatimni boshlaganimda sinfxonalarining qishda sovuq, yozda issiq boʻlishidan tashqari, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlanmaganidan koʻngildagiday dars oʻtish imkoni ham yoʻq edi. Lekin maktab oʻqituvchilar jamoasi oʻrtasidagi ahillik, maʼnaviy sogʻlom muhit tufayli biz yaxshi sharoit yaratilishini kutib oʻtirmay, aksincha, ana shunday sharoitda ham koʻngildagiday ishlash, samarali natijalarga erishish mumkinligini amalda namoyon etdik. Shu bois, nafaqat menda, balki butun maktab pedagogika jamoasi oʻrtasida hamkasblarimizdan faxrlanish tuygʻusi shakllandi. Nazarimda ana shu tuygʻu maktabimiz jamoasini yangi marralar sari ruhlantirdi.

Maktab direktori sifatidagi faoliyatimni boshlagan 2016-yilda, eng avvalo, bilimdon, oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan oʻqituvchilar salohiyatidan oqilona foydalanish orqaligina yaxshi natijalarga erishish mumkinligini his qilgan holda alohida qobiliyatli oʻquvchilardan iborat bilimdonlar toʻgaraklari faoliyatini jonlantirish, fan oʻqituvchilarining malakasini bosqichma-bosqich oshirib borishga harakat qildim.

Koʻpchilik: “maktab direktoriga oson, oʻqituvchilarga ishni buyuradi, talablar qoʻyadi, ijrosini nazorat qiladi”, deb oʻylashadi. Aksincha, umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiyaning eng zalvorli yuki direktor zimmasiga tushadi. Fan oʻqituvchilarini bilim va salohiyatiga yarasha tanlash, joy-joyiga qoʻyish, agar yaxshi natijalarga erishayotgan boʻlsa, hech boʻlmaganda maktab maʼmuriyati tomonidan maʼnaviy ragʻbatlantirib turish, uning samarali ishlashi uchun zarur sharoit yaratib berish maktab rahbaridan bilim va tajriba, tashabbuskorlik, shu bilan birga ijtimoiy adolatli boʻlishni talab etadi.

Ana shu tamoyil asosiga qurilgan taʼlim va tarbiya, albatta, oʻz samarasini beradi. Nazarimda, biz ahil jamoamiz bilan birgalikda bunga erishdik.

Ayni paytda maktabimizda 570 nafar oʻquvchi-yoshlar taʼlim-tarbiya olishmoqda. 58 nafar pedagoglarning 54 nafari oliy maʼlumotli, 4 nafari garchi oʻrta maxsus maʼlumotli boʻlsalar-da, oʻz sohasining yetuk mutaxassislaridir. Ulardan 5 nafari oliy, 14 nafari birinchi, 13 nafari ikkinchi toifaga ega, 22 nafari esa yuqori malakali mutaxassis fan oʻqituvchilari.

Shunisi quvonchliki, oʻqituvchilardan N.Saidova, G.Joʻldiboyeva, L.Kenjayevalar S1, H.Qodirboyev V2 sertifikatlarga ega yuqori malakali fan oʻqituvchilari boʻlsa, informatika fani oʻqituvchilari M.Boltaboyeva, G.Bekchanovalar LEVEL 1,2 xorijiy sertifikatlari, ona tili fani oʻqituvchisi M.Rajabova milliy sertifikat sohibalari boʻlishdi. Ana shunday malakali oʻqituvchilarimiz mehnati tufayli soʻnggi yillarda maktabimizda taʼlim-tarbiya sohasida yuqori natijalarga erishildi.

Xususan, ingliz tili boʻyicha 10-sinf oʻquvchisi K.Jumaniyozov, 11-sinf oʻquvchisi S.Oʻrozimbetova, Ya.Rajabova V2 sertifikatlariga ega boʻldilar.

2021-2022 oʻquv yilida Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida maktabimizning 7-, 8-, 9-sinf oʻquvchilari ishtirok etib, tumanda 2-oʻrinni egalladilar va 75 mln. soʻm mukofot pulini qoʻlga kiritdilar.

2022-2023 oʻquv yilida ham Prezidentimiz sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida maktabimizning 7-, 8-, 9-sinf oʻquvchilari jamoasi 3-oʻrinni egalladilar va 50 mln. soʻm pul mukofotini olishga muvaffaq boʻldilar.

Asosiy fanlar olimpiadasida esa 2022-2023 oʻquv yilida maktabimiz oʻquvchilari ona tili va adabiyot, matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, rus tili fanlaridan Qoraqalpogʻiston bosqichida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egalladilar.

Bundan tashqari, NDPI rektori kubogi, QDU rektori kubogi musobaqalarida maktabimizning fizika fani oʻqituvchisi Xushnud Chorshamov oʻz oʻquvchilari bilan birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.

Oʻtgan oʻquv yilida sport sohasi boʻyicha oʻqituvchi A.Mavlenovning shogirdi L.Madaminova “Besh tashabbus olimpiadasi”ning stol tennisi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 1-oʻrinni egalladi. Sportning yengil atletika turi boʻyicha musobaqalarda esa maktab terma jamoasi tumanda 1-oʻrin sohibi boʻldi.

2021-2022 oʻquv yilida maktabimizni 58 nafar bitiruvchi tamomlab, 31 nafar bitiruvchi, yaʼni 53 foiz yoshlar OTMlar talabasi boʻlishdi. 2022-2023 oʻquv yilida 72 nafar bitiruvchidan 53 nafari oliy taʼlim muassasalari talabalari boʻldilar. Ulardan 33 nafari davlat granti, 20 nafari kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinib, 73 foiz koʻrsatkichga erishildi. Maktabda mavjud boʻlgan variativ sinflarning 25 nafar bitiruvchisining barchasi OTM talabasi boʻldilar. 

Albatta, bunday natijalarga erishishda pedagoglarimizdan matematika fani oʻqituvchisi A.Saparbayev, fizika fani oʻqituvchisi X.Chorshamov, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi N.Tilovbayeva, ingliz tili fani oʻqituvchisi N.Saidova, kimyo fani oʻqituvchisi N.Sobirova, rus tili fani oʻqituvchisi G.Joʻldiboyevalarning mehnati katta.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarimizdan Z.Sobirova, G.Yusupova, S.Xolmurodova, D.Safarbayeva, G.Saidovalarning oʻquvchilarga boshlangʻich sinfda bergan puxta taʼlim-tarbiyasi natijalari tufayli yuqoridagi yutuqlarga erishdik.

Investitsiya dasturi doirasida maktabimizga qoʻshimcha 180-oʻrinli bino qurib berildi. Yaratilgan bu imkoniyat maktabimiz jamoasini yanada yaxshiroq ishlashga undashi tabiiy.

2023-2024 oʻquv yilini yanada yangi orzu va rejalar bilan boshladik. Mazkur oʻquv yilida oʻquvchilar uchun fanlarni tanlab oʻqish imkoniyati berilgani bois, maktabda 10-B sinf ona tili-ingliz tili, 11-A sinf ona tili-biologiya yoʻnalishlari boʻyicha variativ sinflarga aylantirildi. Bundan tashqari, oʻquvchilarning matematika, fizika, kimyo fanlarini chuqur oʻzlashtirish imkoniyatini yaratish ham rejalashtirilmoqda. Maqsadimiz – maktabimizni mamlakatimiz miqyosidagi ilgʻor taʼlim muassasalari darajasiga koʻtarishdir. Shiorimiz esa: “Oʻqi, izlan, oʻrgat, oʻrgan va zakovatli boʻl!” Chunki mamlakatimiz kelajagini faqat va faqat zakovatli insonlar bunyod etadilar.

Men barcha hamkasblarimni, taʼlim-tarbiya sohasi fidoyilarini Oʻqituvchi-murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin dildan tabriklayman! 

Orzigul XUDOYBERGANOVA, 56-sonli maktab direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026