12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:46
Adabiyot 👁 393

AZIZA – ISTEʼDODLI IJODKOR, UMIDLI JURNALIST

AZIZA – ISTEʼDODLI IJODKOR, UMIDLI JURNALIST

Isteʼdod insonga beriladigan ilohiy inʼomdir. Bunday inʼom tuhfa etilgan ijodkor öz tiliga, uslubiga, qalamiga ega böladi. Uning har bir ijod mahsuli bilan tanişgan odam öz dardini, hayotini va heç kimga aytmagan sirini köradi. Haqiqiy isteʼdod egasi hammani qiziqtiradigan mavzuni topa biladi, heç kim körmagan narsalarni ilğay oladi va barçasini tafakkuridan ötkazib, köngil bisotidagi bor boyligini qoğozga tökib soladi. Zamonlar ötsa-da, bunday ijod mahsuli, hattoki, kiçik bir şeʼr bölsa ham aslo eskirmaydi.

Yoş ijodkor, jurnalist, Amudaryo telekanali suxandoni Aziza Madrahimova bugungi kunda ana şunday isteʼdod egasi sifatida nafaqat tumanimizda, balki butun Qoraqalpoğistonda tanilişga ulgurdi. Hali öquvçilik paytidan şeʼrlar va maqolalar yozib, ilğor fikrliligi bilan tengdoşlaridan ajralib turadigan qizaloq ulğayib, öz şeʼriy töplamini naşrdan çiqardi. “Bahordan daraklar” deb nomlangan uşbu ilk kitob, undagi ijod mahsullari Azizani isteʼdodli va öz aytar söziga ega ijodkor sifatida elga tanitdi.

Aziza Madrahimova 1997-yilda Amudaryo tumanida tuğilgan. U kiçikligidan onasi Sanamjon ayadan ertak, şeʼrlar eşitib ulğaydi va özi bilmagan holda adabiyot dunyosiga kirib keldi. Mahallasidagi 55-sonli maktabda öqib yurgan davrida kutubxonadan turli kitoblarni olib öqiş uning eng sevimli maşğuloti edi. Ijodga 6-sinf paytida kirib kelgan Aziza adabiyot fanini özgaça mehr va iştiyoq bilan öqir, ğazallar yodlaşni va şeʼrlar mutolaa qilişni yoqtirardi. Ilhomi kelgan paytlarda kiçik maqolalar, şeʼrlar yozar, uni körgan Sanamjon aya şu qizining kelgusida ijodkor bölişiga işongisi kelardi. Uning maqolalari tuman gazetasida çop etilganida esa quvonçi kökka yetardi. Aziza maktabni tugatib, Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida kompyuter texnigi mutaxassisligi böyiça taʼlim olgan davrlarida ham namunali, tirişqoq va jamoat tadbirlarida faol böldi. Turli ijodiy tanlovlarda muvaffaqiyatli iştirok etdi. Ayniqsa, tuman gazetasi tahririyati uning uçun eng sevimli maskan va u yerdagi ustoz jurnalistlar Oygul Rajabova, Robiya Yöldoşevalar esa ijod böyiça yöl-yöriq körsatuvçi, samimiy va yaqin insonlariga aylanişdi.

Mustaqil hayot ostonasiga yetib kelganida Azizani bir olam orzular öz oğuşiga oldi. Ota-onasi, opa-akalari bağrida iliq mehr taftida keçgan bolaligi ortda qolayotganini his qilib, öz yölini tanlaş fursati yetib kelganini angladi va biroz hayajonlanib, jurnalist bölişga qaror qilganini eng avval onajonisiga aytdi. Kollejni 2015-yilda tugatgaç, Qoraqalpoq davlat universitetining jurnalistika fakultetiga hujjat topşirdi. Biroq şu yili omadi kelmadi, ammo u bundan afsuslanmadi va öz ustida köproq işlaşga, bilimini yana ham oşirişga qaror qildi. Şu yili ilk “Bahordan darak” şeʼriy töplamini naşrdan çiqarişga muvaffaq böldi. Bundan taşqari, uning şeʼrlari “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan çop etilgan bir qator şeʼriy töplamlardan ham joy oldi.

Aziza böş vaqtlarida Özbekiston Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan grant loyihasi doirasida taşkil etilgan tögarakda tikiş-biçiş va töqiş hunarini ham örgandi. Jamiyat tomonidan qölga kiritilgan yana bir grant loyihasi doirasida oçilgan kutubxonaga kutubxonaçi vazifasiga taklif qilişganida u bajonidil qabul qildi va u yerda ham işladi. Işlaş bilan birga unga kutubxonada yanada köproq kitob öqişiga, bilimini oşirişiga ham imkoniyat yaratildi. Şu yili mehnatlari samara berib, özi orzu qilgan Qoraqalpoq davlat universitetining jurnalistika fakultetiga öqişga kirişga muvaffaq böldi.

Talabalik davrlarida oliy taʼlim maskanida ötilgan ijodiy va amaliy darslar, tajribali ustozlarning mahorat darslari Azizaning köproq maqolalar yozişiga, publitsistika, oçerk, reportaj kabi turli janrlarda ijodini davom ettirişiga turtki böldi. U tuman matbuotidan uzoqlaşmagan holda markaziy naşrlarda ham öz maqolalarini çop ettirdi. Borgan sari qalami ötkirlaşib, fikrlari teranlaşdi. Izlanişdan töxtamay, telejurnalistika, radiojurnalistika va sohadagi yangi yönalişlardan bölgan internet jurnalistikasi sirlarini nazariy örganiş bilan birga amaliyotda ham örganib, salohiyatini oşirişga harakat qildi.

Bilimlilar va iqtidorlilar har joyda kerak böladi. Oliy taʼlimni tugatganidan söng, Azizani Amudaryo telekanali tahririyatiga kelganida darhol işga qabul qilişdi. Hali talabalik paytidanoq ijodiy, adabiy körsatuvlar, telelavhalar tayyorlab, ustozlar va muxlislar nazariga tuşgan isteʼdodli ijodkor suxandon vazifasida iş boşladi.

Ayni paytda telejurnalistika sohasida tajriba örganib, öz mahoratini oşirib borayotgan yoş jurnalist nutqining sof özbek adabiy tilida, ravonligi bilan muxlislar eʼtiborini qozonmoqda. Iş faoliyati davomida u televideniye yönalişi böyiça ustozi jurnalist Ğulomjon Yeşniyozovdan ham tajriba, yöl-yöriq örganmoqda. Ustozdan örgangan tajribalari va öz bilimlari asosida “Dilimdagi gaplar”, “Salomatlik darslari”, “Inson huquqlari” kabi körsatuvlar va axboriy dasturlariga ham boşlovçilik qilib, mahoratini körsatmoqda. Undan taşqari, tanqidiy-tahliliy ruhdagi maqolalar tayyorlab, intervyu, hikoya, esse kabi janrlarda ham ijod qilmoqda va ularni tuman gazetasi sahifalarida yoritmoqda.

Aziza badiiy ijod yönalişida qalam tebratişni köproq yaxşi köradi. U iloji boriça turmuşdagi kiçik bölsa ham katta saboq olsa arziydigan hodisalarni, hayotiy mavzularni qalamga olib, muştariylarni mulohaza qilişga çorlaydi. Şeʼrlarida ham kamtarinlik, qanoatlilik, mehnatsevarlik, ona yurtga çeksiz mehr-muhabbati, şu Vatan farzandi ekanligidan faxru-iftixor tuyğulari aks etib turadi.

Yoş jurnalist yaqinda Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida Özbekiston Milliy media birlaşmasi tomonidan “Ugam” yozgi media-oromgohda ötkazilgan “Media camp – 2023” seminar-treningida faol iştirok etib keldi. Tadbirga taşrif buyurgan Frantsiya, Turkiya va Özbekistonlik mahoratli jurnalistlar, media-trenerlardan tajriba örganib, katta taassurotlar bilan qaytdi.

Aziza oilada törtinçisi, kenja farzand. Uning otasi Saʼdulla Madrahimov hunarmand-usta bölgan va hozirda nafaqada. Onasi Sanamjon Rahimova esa zavodda işçi bölib mehnat qilib, nafaqaga çiqqan. Akalari ham hunarmand, quriliş sohasida işlaşadi. Bugungi kunda ularning oilasi, farzandlari va öz hayot yöli bor. Saʼdulla aka va Sanamjon opalar farzandlar tarbiyasiga alohida eʼtibor berib, hunarli, odob-axloqli, solih insonlar qilib voyaga yetkazişgani uçun el rahmatiga sazovor bölişgan. Aziza ham yaqinda oilali böldi, umr yöldoşi Nodirbek Şomurodov Andijon Maşinasozlik instituti talabasi. Uning erkin ijod qilib, işlaşiga bu oilada ham imkoniyat yaratib berişgan.

Ijodkorning yonida uni tuşunadigan, töğri yöl körsatadigan, yangi-yangi yaratuvçanliklarga undaydigan insonlar bölsa ilhom beradi. Iqtidorini, isteʼdodini yanada rivojlantirib, özini mukammallaştiradi, ijodi bilan adabiyot va maʼnaviyatni boyitadi. Yoş jurnalist Aziza Madrahimova ham kelajakda iqtidorli jurnalist bölib yetişib, barçaga manzur böladigan, dolzarb mavzulardagi maqola, publitsistikalari, körsatuvlari va badiiy ijodi bilan xalqqa yanada yaqinroq tanilişiga, jamiyat taraqqiyotiga va özbek jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qöşişiga işongimiz keladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026