“MAHALLABAY” IŞLAŞ TIZIMI ASOSIDA AHOLI XONADONLARINING SANITARIYa-GIGIYeNIK ORASTALIGI TAʼMINLANMOQDA
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi bilan boğliq muammoli masalalarni hal etişning yangiça “Mahallabay” işlaş tizimi asosida aholi xonadonlarining sanitariya-gigiyenik orastaligini taʼminlaş bilan boğliq muammolarni hal etiş, fuqarolarning sanitariya madaniyatini oşiriş, yuqumli parazitar kasalliklarning oldini oliş, inson salomatligiga taʼsir etuvçi omillarni örganiş va bartaraf etiş, şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş borasida sanitariya-gigiyena talablari bilan boğliq tarğibot işlari olib borilmoqda.
“Mahallabay” işlaş tizimida tuman SEO va JS bölimi mutaxassislari tomonidan aholi xonadonlari va muassasa-taşkilotlarda, umumjamoa joylaridagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosi va ovqatlaniş örinlarida hamda MTTlar, öquv muassasalarida Özbekiston Respublikasining 2015-yildagi “Aholining sanitariya epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi Qonuni, 1996-yildagi “Fuqarolar soğligini saqlaş töğrisida”gi Qonuni ijrosi böyiça tegişli işlar olib borilmoqda. Mavsumiy kasalliklardan gripp va ötkir respirator kasalliklari, ötkir yuqumli içak kasalliklari, botulizm, ötkir va surunkali virusli gepatit kasalliklari, bolalar orasida köp uçraydigan gijja kasalliklari, öta xavfli bölgan yuqumli, yaʼni quturiş, gemorragik isitma, kuydirgi kasalliklari profilaktikasi töğrisida maʼlumotlar berilib, tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda.
Yuqumli kasalliklarning oldini olişga qaratilgan immunoprofilaktika samaradorligi töğrisida hamda içimlik suviga qöyiladigan gigiyenik talablar, xonadonlarda sanitariya-gigiyena talablariga mos ravişda hovli qurilmalarini joylaştiriş, oşxona jihozlarini toza saqlaş va har kungi hosil bölgan çiqindilarning öz vaqtida olib ketilişini taʼminlaş bilan boğliq muammolarning yeçimini hal etiş töğrisida ham tegişli tartibda tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.
Bu kabi amaliy işlar hududlarda sanitariya-gigiyenik holatni yaxşilaş, aholining sanitariya madaniyatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
T.Babaniyazov, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi sanitariya-şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶