Içki işlar organlari xodimlari kuni keng nişonlandi
Keyingi yillarda barça sohalar singari içki işlar tizimida ham keng kölamli va puxta öylangan islohotlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaş, içki işlar organlarini el-yurt manfaatiga xizmat qiladigan çinakam xalqçil tizimga aylantiriş yölida katta işlar olib borilmoqda.
Har yili mamlakatimizda 25-oktyabr Içki işlar organlari xodimlari kuni sifatida keng nişonlanib kelinadi. Bu yil Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taşkil etilganiga 32-yil töldi.
Sana munosabati bilan 26-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi “Bek” töyxonasida bayram tadbiri bölib ötdi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, tuman Içki işlar bölimi şaxsiy tarkibi, nafaqadagi faxriylar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov sönggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan içki işlar organlariga juda katta eʼtibor qaratilib, sohani çinakam xalqçil tuzilmaga aylantiriş, aholi uçun barça şahar va qişloqlarda, hatto eng çekka joylarda ham xavfsiz yaşaş va mehnat şaroitini yaratiş maqsadida keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotgani haqida töxtalib ötdi hamda jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlaşdek şarafli va masʼuliyatli işga bor kuç va salohiyatini bağişlab kelayotgan soha xodimlarini, tinglovçi-kursantlarni hamda faxriylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda tuman Içki işlar bölimi boşliği Jamaladdin Yusupov barça hamkasblarini bayram bilan samimiy tabriklab, tizimda erişilgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalar haqida töxtalib ötdi. Şuningdek, Amudaryo tumani Içki işlar bölimining şaxsiy tarkibi ikkita eng ustuvor masalaga – jamiyatimizda tinçlik va osoyiştalikni saqlaş hamda aholi soğliğini muhofaza qilişga doimiy ravişda alohida eʼtibor qaratib kelayotganligini taʼkidladi.
Tadbirda öz xizmat vazifasini namunali bajarib, xalqimizning tinçligi va osoyiştaligini saqlaş yölida bor kuç-ğayratini safarbar etib kelayotgan safdor Sanjar Sobirov, Sardor Allamberganov, Anvar Şomurotovlarga leytenant unvoni berildi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqori Kengesi Prezidiumining 2023-yil 24-oktyabr kungi Qaroriga muvofiq, tuman IIB jinoyat qidiruv bölinmasi katta tezkor vakili kapitan Uluğbek Pölatov “Umit uşqini” kökrak nişoni bilan, tuman IIB xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori leytenant Inobat Urazmatova Qoraqalpoğiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasining taşakkurnomasi bilan taqdirlandi. Bundan taşqari, bir guruh faol va taşabbuskor soha xodimlari esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Tadbir tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi. Tumanimizning taniqli sanʼatkorlari tomonidan ona Vatan, tinçlik, döstlik va muhabbatni tarannum etuvçi gözal-kuy qöşiqlar yangradi.
Içki işlar tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodim Vatanimizning asl öğlonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, maʼnaviy va maʼrifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarşi matonat bilan kuraşişga tayyor xalqimizning çin maʼnodagi himoyaçilaridir. Fursatdan foydalanib, tinçligimiz posbonlarini yana bir bora kasb bayramlari bilan tabriklab, kelgusi işlarida zafarlar tilaymiz!
Tuman hokimligi Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶