28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:01
Jamiyat 👁 288

KOʻNGILLAR KOʻNGILLARDAN SUV IChGAN UChRAShUV

KOʻNGILLAR KOʻNGILLARDAN SUV IChGAN UChRAShUV

Barcha davrlarda ham yoshlar taʼlim-tarbiyasi, ularning hayotda oʻz oʻrinlarini topishi, jamiyatning faol aʼzosiga aylanishi uchun kurash eng ustuvor vazifalardan biri boʻlib kelgan. Bu borada aynan yoshlar bilan shugʻullanuvchi tashkilot – sobiq ittifoq davrida “Komsomol” qoʻmitasi, 1991-1996-yillarda mazkur tashkilot oʻrnida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyat yuritgan edi.

1996-yilning aprel oyida esa mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov Farmoni bilan “Kamolot” jamgʻarmasi tuzildi, ushbu jamgʻarma 2001-yilda Yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirildi.

2017-yilda “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakatiga nisbatan yoshlarning ishonchi soʻnib borayotgani taʼkidlanib, tashkilot nomini va faoliyatini tubdan oʻzgartirish vaqti kelgani, shu munosabat bilan “Kamolot” YoIH tugatilib, uning oʻrnida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuzilgani maʼlum qilindi.

Keyinchalik ushbu tashkilot Yoshlar ishlari agentligiga aylantirildi va uning zimmasiga yurtimiz yoshlarini bilimli, xalqaro maydonda raqobatbardosh, mehnatkash va vijdonli qilib tarbiyalash, kattalarga hurmat, zaiflarga gʻamxoʻr, yangicha qarashlarning magʻzini anglab, unga nisbatan oʻz pozitsiyasini toʻgʻri belgilay oladigan, oʻzbek madaniyatining eng yaxshi anʼanalarini hurmat qiladigan, eʼzozlaydigan yoshlar safini jipslashtirish, kengaytirish yuklandi.

Shuningdek, barkamol avlodni tarbiyalash butun davlatning, jamiyatning ishi, yoshlar tarbiyasi oiladan boshlab, fuqarolik jamiyatining barcha tashkilotlariga ustuvor vazifa qilib belgilandi.

Amudaryo tumanida qator yillar ushbu tashkilotlarda faoliyat yuritib, yoshlar hayotining nurli va mazmunli boʻlishiga, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlashga hissa qoʻshgan bir guruh faxriy insonlar istiqomat qilishadi.

Yaqinda ular Mangʻit shahridagi “Istiqlol” toʻyxonasida toʻplanishib, dildan suhbat qurdilar. Ularning orasida tumanimizdagina emas respublikamizda, Xorazm vohasida ham taniqli soʻz ustasi, suxandon, mumtoz adabiyotimizning bilimdoni, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Tursunboy Abdullayev, turli rahbarlik lavozimlarida ishlab, nafaqaga chiqqan Yangiboy Rajabov, Ozod Tojimurodov, Gulasal Oʻrozimbetova, Gulchehra Otaboyeva, Sayyora Matkarimova, Farhod Matkarimov va boshqalar bor.

Doʻstlar davrasini Yangiboy Rajabov ochdi va barchani diydorlashuv onlari bilan qizgʻin qutladi, uzoq umr, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik tiladi. Shundan soʻng bir safda ishlab, hayotdan bevaqt koʻz yumgan ustozlar, doʻstlar xotirasiga Baxtiyor Jumabekov Qurʼon tilovat qildi.

Doʻstlar diydori... Uni alloma dunyoning barcha shodliklaridan ustun qoʻygani bejiz emas. Mazkur davrada ham nigohlar sogʻinchdan soʻyladi. Eng ezgu tilaklar izhor etilib, koʻngillar koʻngillardan suv ichdi, xotiralar tillarga koʻchib, hayotlarining eng qaynoq damlari – mehnat jarayonlari koʻz oldlarida qayta jonlandi.

Umr oʻtkinchi. Otilgan oʻk kabi oʻtgan umrni ham orqaga qaytarib boʻlmaydi. Biroq shu oʻtgan davrlarda el-yurt manfaati uchun xizmat qilsang, bosgan izlaringdan yorugʻ xotiralar qolsa, bu – baxt, albatta.

Mazkur diydorlashuv tadbiri ishtirokchilari – mehnat faxriylarining barchasi ana shunday baxtga musharraf boʻlgan insonlardir. Shu boisdan ham ular doimo bir-birini yoʻqlab turadilar, sogʻinadilar, bamaslahat bir davraga toʻplanib turadilar.

Diydorlashuvdan esa unutilmas taassurotlar oladilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026