28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:23
Salomatlik 👁 233

EL SALOMATLIGI YOʻLIDA XIZMAT QILISh – ShARAFLI BURCh

EL SALOMATLIGI YOʻLIDA XIZMAT QILISh –  ShARAFLI BURCh

Inson aqlan va jisman sogʻlom boʻlsagina, toʻlaqonli hayot kechiradi, jamiyat uchun naf keltiradi. Zero, xalq salomatligi, millat genofondi mustahkamligi shu davlatning katta boyligi sanaladi. Shu bois yurtimizda aholi sogʻligini muhofaza qilish va mustahkamlash masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilib, keng koʻlamdagi islohotlar joriy etilmoqda. 

Aholi salomatligini mustahkamlash yoʻlida Amudaryo tumanidagi Tibbiyot birlashmasi tarkibida 415-oʻrinli Markaziy shifoxona, 36-oʻrinli xoʻjalik hisobidagi Reabilitatsiya boʻlimi, 14ta 1455 quvvatga ega boʻlgan Ambulatoriya-poliklinika muassasasi, 1ta koʻp tarmoqli Markaziy poliklinika, 9ta Oilaviy poliklinika va 4ta Oilaviy shifokorlik punktlari xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Tibbiyot birlashmasida 295 nafar shifokor, 1188 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari,  faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ularning  189 nafari malaka toifalariga ega.

Oliy toifali shifokorlar 143 nafar, 1-toifalilar 25 nafar, 2-toifalilar 21 nafardan iborat. Oʻrta tibbiyot xodimlaridan esa 684 nafari malaka toifalariga ega.

Tuman hududidagi ovul va qishloqlar aholisiga oilaviy poliklinikalar va shifokorlik punktlari orqali tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu tibbiyot muassasalariga 24293 ta xonadondagi 134733 nafar aholi biriktirilgan. Muassasalarda 91 nafar umumiy amaliyot shifokorlari, 328 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari, shundan 212 nafar patronaj hamshiralari malakali tibbiy xizmat koʻrsatadi. Mangʻit shahri hududidagi 12669ta xonadonda yashovchi 70111 nafar aholi esa koʻp tarmoqli Markaziy poliklinikada yoʻlga qoʻyilgan tibbiy xizmatdan foydalanadi. Poliklinikada 102 nafar shifokor, shundan  34 nafari umumiy amaliyot shifokori hamda 183 nafar oʻrta tibbiyot xodimi, shundan 68 nafari patronaj hamshiralari aholi salomatligini asrashda fidoyilik koʻrsatib kelmoqda.

Tuman Markaziy shifoxonasidagi statsionar tibbiy xizmat 415-oʻringa moʻljallangan. Bemorlarga kasallik turlariga qarab, terapiya, kardiologiya, nevrologiya, bolalar, jarrohlik, travmatologiya boʻlimlari, tugʻruq majmuasi, yuqumli kasalliklar boʻlimi, xoʻjalik hisobidagi pullik reabilitatsiya boʻlimida davo muolajalari qoʻllanilib, sogʻlomlashtiriladi. Shuningdek, Prezidentimizning 2017-yilgi “2018-2022-yillar davrida bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada skrining xonasi tashkil qilingan. “Tibbiyot brigadalari”da esa 91 nafar shifokor, 328 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari xizmat qilmoqda.

Joriy yilda ham chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari reja asosida olib borildi. Tibbiy koʻriklarda 166521 nafar aholi qatnashgan boʻlsa, 55781 nafar bemor aniqlangan. Aniqlangan bemorlarning 51055 nafari ambulator, 4481 nafari statsionar, 245 nafari sanatoriya-kurortlar sharoitida sogʻlomlashtirildi.

Undan tashqari, Prezidentimizning 2020-yilgi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  va 2021-yilgi “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlariga muvofiq, homiladorlar hamda 3-15 yoshdagi bolalarni yod hamda 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparatlari bilan bepul taʼminlanishi yoʻlga qoʻyilgan. Vazirlar Mahkamasining 2015-yilgi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  qaroriga asosan tuman hokimligi qarori bilan 127 nafar  oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan hamda yolgʻiz yashaydigan keksalar, nogironligi boʻlgan ayollar roʻyxatga olingan boʻlib, ularning ham salomatligi muntazam nazorat ostiga olingan. Shuningdek, 218 nafar fuqaro reabilitatsiya-texnik vositalari va kreslo aravachalar  bilan taʼminlangan. «Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida»gi yoʻriqnomaga asosan vazirlik tizimidagi sanatoriylarga 245 nafar nogiron va keksa ayollar bepul yoʻllanmalar, 359 bemorga Respublika Ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida davolanishlari uchun elektron yoʻllanmalar berilgan.

Tibbiyot birlashmasidagi kompyuter texnikalari hududlardagi tibbiyot maskanlari bilan axborot almashishni yaxshilash va tezkorligini taʼminlash maqsadida yuqori tezlikda ishlovchi shisha tolali kabellar orqali internet tarmogʻiga ulangan. Mavjud kompyuter texnikalarining 85tasi internet tarmogʻiga ulangan boʻlsa, 29tasi elektron pochta orqali axborot almashish imkoniyatiga ega.

Kelgusidagi rejalar haqidagi toʻxtaladigan boʻlsak, tuman aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatishni yanada yaxshilash maqsadida  Boʻzyop, Oʻrtaqalʼa, Qipchoq, Choykoʻl, Toshyop ovullari va Toryop mahallasi hududidagi oilaviy shifokorlik punktlarini bosqichma-bosqich qayta tashkil etish koʻzda tutilgan. Shuningdek, 5-, 71-sonli oilaviy poliklinikalari binolarini yangidan qurish, 2-, 4-sonli oilaviy poliklinikalar binosiga qoʻshimcha bino qurish boʻyicha Davlat investitsiya dasturlariga takliflar kiritish rejalashtirilgan. Markaziy shifoxona va koʻp tarmoqli Markaziy poliklinika binosida suv taʼminoti, suv-oqava tizimini tubdan rekonstruktsiya qilish hamda markazlashtirish, hududlardagi tibbiyot maskanlarini muqobil energiya bilan taʼminlash, quyosh suv isitish qurilmasini oʻrnatish boʻyicha muayyan choralar koʻrilmoqda.

Har qaysi xalq, davlat va jamiyatning taraqqiyot koʻrsatkichi inson, uning sogʻligʻi va turmush darajasiga berayotgan eʼtibori, shu yoʻldagi saʼy-harakatlari bilan oʻlchanadi. Shu bois, yurtimizda tibbiyot markazlari faoliyatini yanada yaxshilash va ular xizmatini eng chekka hududlardagi aholigacha yaqinlashtirish, tumandagi tibbiyot birlashmasi faoliyatini tubdan yaxshilash kabi vazifalar hamisha dolzarb boʻladi.

Bu boradagi islohotlarni amalga oshirishda jonbozlik koʻrsatib kelayotgan, aholi sogʻligini asrash va mustahkamlashda fidoyi boʻlgan salomatlik posbonlari, barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklayman. El salomatligi yoʻlidagi mashaqqatli faoliyatida kuch va shijoat tilayman!

F.ABDULLAYeV, tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026