“Manğit arna” kanalini betonlaş işlari olib borilmoqda
2023-yil 11-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi içki xöjalik kanallarini betonlaş işlari yuzasidan amaliy seminar bölib ötdi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Baxtiyar Juzbayev, tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman prokurori Aziz Rözmetov, tuman qişloq va suv xöjaligi bölimlari masʼul xodimlari, klaster, fermer xöjaligi va quriliş taşkilotlari rahbarlari iştirok etdilar.
Joriy yilda tuman böyiça jami uzunligi 21,8 kilometr bölgan içki xöjalik kanallarini betonlaş rejalaştirilgan. Şundan tumandagi “Manğit arna” xöjaliklararo kanalidan suv oluvçi “Göja yop” içki xöjalik kanali betonlaş işlari masʼuliyati çeklangan jamiyati şaklidagi “Amudaryotex” qöşma korxonasini hisobidan amalga oşirilmoqda.
Seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov suvdan samarali foydalaniş va uning behuda sarflanişining oldini oliş muhim ahamiyat kasb etişi töğrisida batafsil söz yuritdi. Soha mutaxassislari tomonidan “Göja yop” içki kanalini betonlaş işlari natijasida suvning yerga sörilib ketişining oldi olinib, yangi texnologiyalarni joriy qiliş hisobidan yil davomida jami 8,4 mln. kubometr suv iqtisod qilişinişi taʼkidlab ötildi.
“Göja yop” içki xöjalik kanalining umumiy uzunligi 3,5 kilometr bölib, suv ötkaziş qobiliyati daqiqasiga 1 kubometrni taşkil qiladi hamda 3ta fermer xöjaligi, 70ta aholi xanodonlari uşbu xöjalik kanalidan foydalanib keladi. Şuningdek, mazkur içki xöjalik kanalidan 167 gektar yer maydoni suğoriladi. Şundan 74 gektar paxta, 36 gektar ğalla, 15 gektari tomorqa maydonlariga töğri keladi.
Seminar davomida sözga çiqqan masʼullar suvni tejovçi texnologiyalar joriy qilingan maydonlarda mazkur texnologiyalardan maqsadli va samarali foydalanilişi yuzasidan fermer xöjaliklari rahbarlari va boşqa seminar iştirokçilarga zarur tuşunçalar berdi.
Suv resurslari mintaqamiz va mamlakatimiz uçun eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Bugungi kunda köplab yer maydonlari eski usulda suğorilmoqda. Buning natijasida millionlab kubometr suv isrof bölmoqda va suv resurslari kamaymoqda. Ana şu suv yöqotişlarini kamaytiriş uçun kanallarni betonlaş hamda boşqa turdagi yangi materiallardan foydalaniş, innovatsiyalarni qöllaş usullari amaliyotga joriy qilinmoqda.
Yaqinda Davlatimiz rahbari raisligida bölib ötgan videoselektor yiğilişida ham kelgusi 2024-yilga möljallangan davlat byudjetining eng muhim jihatlari muhokama qilingan edi. Muhokamada sanoat tarmoqlarida ham, hududlarda ham dolzarb vazifaga aylangan suv taʼminoti muammosiga alohida eʼtibor qaratilib, oxirgi ikki yilda suv xöjaligini saqlab qoliş uçun 22 trillion sömga yetgan katta miqdorda mablağ ajratilgani qayd etildi va bu mablağlarni maqsadli sarflab, suvdan samarali va tejamkorlik bilan foydalaniş zarurligi taʼkidlandi.
Seminarda soha vakillari fermer xöjaliklari rahbarlariga davlatimiz tomonidan tejamkor suğoriş texnologiyalarini joriy etgan tadbirkorlik subʼektlariga subsidiyalar ajratiş tartibi yölga qöyilganini aytib, bu töğrisida batafsil tuşuntirişlar berib ötdi.
Seminar iştirokçilari “Göja yop” içki xöjalik kanalini betonlaş işlari bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, iş jarayonida uçrayotgan xato va kamçiliklar yuzasidan tegişli soha masʼullariga topşiriqlar berildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶