OILALARDA SOĞLOM MUHIT YaRATIŞGA ERIŞAYoTGAN NAZARXONLIK KÖÇABOŞÇI ONAXONLAR
Xalqimizga xos bölgan azaliy qadriyatlardan biri yuksak maʼnaviyatli farzandlar tarbiyalaş, oilada ona Vatanga sadoqatli, özlikni anglaş, bağrikenglik, özaro mehr-oqibat tamoyillari asosidagi gözal tarbiyaviy muhitni yaratiş azal-azaldan yuksak burç va masʼuliyat hisoblanadi. Şu bois, ösib kelayotgan yoş avlodni milliy-maʼnaviy anʼana va urf-odatlar asosida voyaga yetkaziş, ularning hayotdan öz örinlarini topib, kasb-korli, bilimdon insonlar bölişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifa sifatida hamişa dolzarbdir.
Bu borada www.amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi tomonidan amalga oşirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot tadbirlari oilalar mustahkamligini taʼminlaş, yoşlarni turmuşga tayyorlaş, ularning turli yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişlarining oldini olişda muhim omil bölib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlar, öz joniga qasd qiliş, giyohvandlik, yaqin qarindoşlar örtasida nikohlaniş va erta turmuş quriş kabi salbiy illatlarning, oilaviy nizolarning oldini olişda davlat organlari bilan ijtimoiy şeriklik asosidagi “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasidagi davra suhbatlari, oşkora muloqot tadbirlari özining keng qamrovliligi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri joriy yilning 16-noyabr sanasida Amudaryo tumanining Nazarxon ovulida ham bölib ötdi.
“Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasida oşkora va samimiy muloqot tarzida ötkazilgan tadbirda Nazarxon OFY faol ayol-qizlari, ibratli oilalar bekalari va köçaboşçi onaxonlar iştirok etişdi.
Tadbirni Nazarxon ovul fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati, hoji ona Guljahon Ibraimova oçdi va Nazarxon OFY hududida istiqomat qilayotgan oilalar va bu oilalarda voyaga yetayotgan yoş qizlar, yangi tuşgan kelinlar va qaynonalar bilan ötkazilayotgan yakkama-yakka suhbatlar, oilaviy ajraşişlarning oldini oliş, ayol-qizlarning iş bilan bandligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar haqida batafsil töxtalib ötdi.
Nazarxon ovulida 854ta xonadon tarkibidagi 1173ta oilada 4481 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 2195 nafari ayol-qizlar bölib, 18-50 yoş atrofidagi ayol-qizlar salkam 800 nafar atrofida. Ayol-qizlarning iş bilan bandligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli 197 nafar ayol-qizlar doimiy, 81 nafari esa mavsumiy iş bilan taʼminlangan. Bola tarbiyasi bilan band bölgan 423 nafar ayol-qizlar, 27 nafar nogironligi bölgan ayollar va 17 nafar boquvçisini yöqotgan ayol-qizlar holidan xabar oliş, ularning hayotiga doir muammolarini hal etişda kömaklaşiş ovul masʼullarining doimiy eʼtiborida. 4-bosqiç “Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan 81 nafar ayol-qizlarning oilaviy hayoti örganilib, ularni alohida toifalar asosida ijtimoiy himoyalaş çoralari körildi. Xususan, 1-toifadagi röyxatga kiritilgan 55 nafar ayol-qizlarning iş bilan bandligi taʼminlanib, II toifa röyxat böyiça 12 nafar ayol-qizlarning özini-özi band qiliş maqsadidagi murojaatlariga köra, imtiyozli kredit olişlariga kömaklaşildi.
Şuningdek, 14 nafar boquvçisini yöqotgan ayollar, 11 nafar nogironligi bölgan ayol-qizlar hamda uy-joylari taʼmirga muhtoj va nogironligi bölgan farzandlari bor ayol-qizlarga subsidiya ajratilişida, öz tadbirkorlik faoliyatini boşlaşlarida yaqindan kömak berildi. Joriy 2023-yilda “Ayollar daftari”ning turli toifasi böyiça röyxatga kiritilgan 46 nafar ayol-qizlarga imtiyozli kredit olişlarida OFY masʼullari tomonidan yordam körsatildi. 14 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol-qizlarning har biriga 1 mln. 300 ming söm miqdorida bir martalik yordam puli berildi.
Hudud aholisining farzandlari taʼlim-tarbiya olişlari uçun 3ta umumtaʼlim maktabi, zamonaviy talablar darajasidagi maktabgaça taʼlim taşkiloti, qişloq şifokorlik punkti faoliyat olib boradi.
“Soğlom muhit – soğlom hayot” tadbiri iştirokçilari ovul ayol-qizlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar haqida söz yuritiş bilan birga, notinç oilalar bilan işlaşiş, oila aʼzolari örtasida özaro hurmat muhitini şakllantiriş borasida namuna bölayotgan oilalar, ibratli bekalar haqida ham batafsil suhbatlaşib, özaro fikr almaşdilar. Köçaboşçi onaxonlardan Qozoq ovullik ibratli oila sohibasi Saule Nuraliyeva, Piuaş Yesenaliyeva, OFY qaynonalar komissiyasi aʼzosi Roza Adimova, Darbent köçasining köça biy onasi Ulboğan Allambergenovalar Nazarxon ovulida qizlarni erta turmuşga beriş, yaqin qarindoşlar örtasida nikoh tuziş, şuningdek, bölar-bölmas gap-sözlar tufayli oilalarning ajraşib ketiş holatlari sönggi yillarda umuman kuzatilmaganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Haqiqatan ham Nazarxon ovulida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş borasidagi OFY masʼullari bilan hudud aholisining hamjihatligi tufayli notinç oilalar bilan işlaşiş, oila aʼzolari örtasida özaro hurmat muhitini şakllantirişda erişilgan natijalar quvonarli. Ayniqsa, töy-marosimlar, oilaviy marosimlar, özaro bordi-keldilarda meʼyorga amal qilinib, töylar oldidan ötkaziladigan siynoq, kengaş, töydan keyingi öçoq kömdi kabi ortiqça yiğinlarga, kelin tuşiriş töylaridagi “gulyanka” deb atalgan yoqimsiz odatlarga barham berilgani nazarxonliklarning barçasiga birday maʼqul bölib, ayni paytda töylar bir kunda, ortiqça çiqimlarsiz ötkazilmoqda. Bu esa oilalar daromadini tejaş, yuqoridagi kabi yiğinlar uçun sarflanadigan neça millionlab söm mablağ oilaning öziga qolişini taʼminlaş, ortiqça sarf-xarajat tufayli kelib çiqişi mumkin bölgan dilxiraliklarning oldini oliş imkonini bermoqda.
Darvoqe, oilalardagi nizolar, dilxiraliklar köpinça oila byudjetidagi taqçilliklar sababli kelib çiqadi va bu boradagi tortişuvlar oiladan köçaga, el orasiga tarqaladi. Vaqt ötib, “bolalagan” gap-sözlardan çarçagan yoş kelin-kuyovlar örtasiga sovuqçilik tuşib, oila qörğoni darz ketadi. Şu jihatdan olib qaraydigan bölsak, nazarxonliklar tomonidan oilalar mustahkamligini taʼminlaşga qaratilgan hamjihatlikdagi tadbirlar ibratga munosib. Istardikki, tumanimizning boşqa hududlaridagi ovul va mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ham Guljahon hoji Ibraimova rahbarligidagi nazarxonlik köçaboşçi ayollardan ibrat olib, 5-6 kunlab (bu haqiqat!) töyoldi marosimlarni taşkillaştirayotgan va bu marosimlarni ötkaziş jarayonida asablari toliqib, çarçab qolayotgan onaxonlar bilan şu masalada bi-ir öylaşib körsalar yomon bölmasdi. Çunki tejamkorlik – oila byudjetini meʼyorda uşlab turuvçi eng muhim omildir. Şunday emasmi, azizlar?
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶