“YeRGULOBOD” FERMER XÖJALIGIDA KUZGI IŞLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
Kuz faslining oxirgi oylarida dehqonlar hosilni yiğib-terib oliş bilan birga dalalarda kelasi yilgi dehqonçilik işlariga ham tayyorgarlik körişadi va möl hosilga zamin hozirlaşadi. Amudaryo tumanining Örtaqalʼa ovuli hududidagi “Yergulobod” fermer xöjaligida ham ayni kunlarda ob havoning oçiqligidan unumli foydalanilib, kuzgi işlar qizğin davom ettirilmoqda.
Gulmurod Boboniyozov raislik qilayotgan mazkur fermer xöjaligi tasarrufida 88 gektar yer maydoni mavjud bölib, joriy yilda 52 gektarida “Sulton” navli paxta, 25 gektarida esa “Antonina” navli buğdoy yetiştirildi. Xöjalikda 21 nafar işçi mehnat qilib, tumanimizning qişloq xöjaligi rivojiga öz hissalarini qöşib kelişmoqda. Bu yil paxtadan möl hosil töplaşga erişilib, hosildorlik 34 tsentnerga yetkazildi va reja oşirib bajarilib, xirmonga 188 tonna “oq oltin” topşirildi.
Iş unumini oşirişda xöjalikdagi 1ta “Orion” rusumli surum, 2ta “MTZ – 80X” rusumli traktorlari, 1ta kombayn, 1ta ekskavator va LC – 100 lazerli yer tekislovçi texnikalardan foydalanilmoqda. Xöjalikda kelgusi yil hosili uçun qişloq xöjaligi ekinlaridan böşagan yer maydonlarni sifatli şudgorlaşga kirişilib, şu paytga qadar 30 gektar yer maydonida surim işlari yakunlandi. Suriladigan yer maydonlarga fosforli mineral öğitlarni ajratiş, surimdan oldin beriş hamda uşbu işlarni töliq konturlarda amalga oşirişni taʼminlaş, dala çetlari, simyoğoç atroflarini şudgorlaşga alohida eʼtibor berilmoqda.
Xöjalikning tajribali dehqonlari kuzgi şudgor muddatini töğri belgilaş katta ahamiyatga ega bölgani sababli, bu işlarni eng yuqori samara beradigan oktyabr-noyabr oylarda amalga oşirişga harakat qilişmoqda. Çunki, bu muddatlarda haydalgan yer dehqonçilik uçun muhim bölgan tuproqdagi nam zahirasini yaxşi saqlaşga, yoğin-soçindan unumli foydalanişga imkon beradi.
Fermer xöjalik hududida 25 gektar yer maydoniga ekilgan kuzgi buğdoy parvarişi ham eʼtibordan çetda qolayotgani yöq. Unib çiqqan buğdoy maysalarini oziqlantiriş maqsadida gektariga 300 kg.dan mineral öğit berildi, 2-marta qondirib suğorildi. Buning natijasida nihollar rivoji yaxşilandi va kelasi yilgi möl hosildan darak berib, sovuq tuşişidan oldin baçkilaşga ulgurdi.
Xöjalikda 4 gektar yerda boğ ham barpo etilgan bölib, olma, nok, olxöri, uzum kabi 800 tupga yaqin mevali daraxtlar ayni paytda hosilga kira boşladi. Uşbu boğdagi mevali daraxtlar ham xöjalik işçilari tomonidan parvarişlanib kelinmoqda. Ayni paytda ham işçilar uyqu davriga kira boşlagan mevali daraxtlarning şoxlarini butab, şakl berişmoqda, tanasidan ösib çiqqan baçkilarini olib taşlaşmoqda. Noyabr oyida daraxtlarga yaxob suvi beriş juda foydali bölgani uçun boğ qator oralariga suv qaratişmoqda.
“Yergulobod” fermer xöjaligida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida boğ yaratiş, obodonlaştiriş işlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda oqava suv kelişini yaxşilaş maqsadida hududdagi ariqlar yovvoyi öt-ölanlardan tozalanmoqda. Ariqlar çetlariga tut köçatlari ötqazilmoqda. Şu paytga qadar 600 tupga yaqin tut köçatlari ekildi. Şuningdek, yana qöşimça 1 gektar yer maydoni ajratilib, yangidan mevali daraxtlar köçatlari köçirilmoqda. Dala çetlariga şu paytga qadar ötqazilgan uzum köçatlari esa 150 tupdan oşdi. Boğ qator oralaridan 0,50 sotix yerga ekilgan töqsonbosti ekinlaridan piyoz va sarimsoq piyoz ham unib çiqa boşladi.
Xöjalik raisi Gulmurod Boboniyozov xöjalik işçilari, tajribali dehqonlar bilan hamjihatlikda kelgusi dehqonçilik yilida paxta hosildorligini 50 tsentnerga, ğallani esa 80 tsentnerga yetkazişni rejalaştirişgan. Şuningdek, boğdan ham möl hosil yetiştirib, öz xonadonlari va el dasturxonini töldirişni niyat qilişgan.
Dalalarda sifatli ötkazilgan kuzgi işlar kelgusi yil hosiliga puxta zamin hozirlaydi. Buni tajribada körgan “Yergulobod” fermer xöjaligi işçilari oçiq ob-havoli kunlarni ğanimat bilib, bor kuç-ğayratini kuzgi işlarni yakunlaşga qaratişmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶