ŞOIRNING TUĞYoNLARI
Amudaryo tumanimizning bor husn-u tarovatini, hayotini özida aks ettirgan "Yaşna, yaşna Amudaryom” qöşiği matni jurnalist, şoir Saʼdulla Xöjaniyozov tomonidan yozilgan bölib, unga atoqli hofiz, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan artist Nazir Rahimov kuy bastalagan. Şeʼr öz davrida tuman xalqining eng sevimli qöşiği darajasiga kötarilgani hamon keksa avlod vakillari tomonidan eʼtirof qilinib keladi. Bu - ijodkorning yutuği.
Kuyunçak va fidoyi jurnalist Saʼdulla Xöjaniyozovning sodda va falsafiy çuqur maʼnolarni özida jamlagan törtliklari esa yaqinda kitob holida Toşkentdagi "Yangi asr avlodi” naşriyotida "Tört tomirda jöş urgan tuğyon” nomi bilan ming nusxada çop etildi. Kitob köplab kitobsevarlarga manzur böldi. Kitobga Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qöçqorov söz boşi yozib, muallif hayoti va ijodiga munosabatini bildirgan.
Bir gal Saʼdulla aka Xöjaniyozov 1960-yillarda tutgan yon daftarini körsatib, undagi şeʼrlarini öqib berganda "Orzuim, şeʼrlarimni kitob qilib çiqarsam,” degan misralarga eʼtibor qilgandim. Ijod qila boşlaganiga salkam oltmiş yil bölgan bu ijodkorning ilk kitobida şunga monand quyidagi satrlarni öqiysiz:
Yozgan şeʼrlarimni kitob qilurman,
Yaxşilarga daʼvat, xitob qilurman,
Işongum, bir kuni işim yurişib,
Ijod çöqqisiga şitob qilurman.
Yillar ötsa ham orzuning ölmasligi, jonni bezovta qilib, hayot va ijodga, yaşaşga undayverişini bu satrlarda köramiz. Ijodkor hayotida qança yaxşi-yomonni, past-u balandni körsa, xulosalarini şeʼriy şakllarda ifodalab boravergan. Şu barobarida öz-özini tarbiyalab, heç kimdan xafa bölmay, umr yöllarida xato va kamçiliklarni yengib ötişga harakat qiladi. Va atrofdagilarni ham xuşyorlikka, gözal insoniy fazilatlarga daʼvat etadi.
Odamlar hayotda köp narsalarni gapirişi mumkin. Lekin şoir bölolmaydi. Nafosat boğlari iforini hamma ham hidlay olmaydi. Tuyğu va tuğyon kengliklarida sayr etiş sanoqli odamlargagina nasib etadi. Lekin söz sehri barçani birday maftun etişi aniq. Saʼdulla akaning törtliklarini öqir ekanmiz: "Şoir söz termasdan yaşay olmaydi”, "Şoirlik qismatdir: goh azob beradi”, "Şoir bölib jabr-u jafoni kördim”, "Şoir boylik emas, şeʼr ğamin yeydi” kabi misralarida oltmiş yillik ijodiy yölning xulosalari bor va bu yöl unga oson keçmaganini anglatadi.
Dunyoning tört tomoni bor. Fasllar törtta. Odamzodga uyğun köp narsalar tört raqamini özida mujassam etadi. Şu maʼnoda kitobning "Tört tomirda jöş urgan tuğyon” deb nomlanişi ham bejiz emas. Bir törtligida "Hayot mangu poyga, u şundoq qolur” degan misrani öqidim. Tumanimizda şu kungaça ijodkorlarning ellikka yaqin şeʼriy kitoblari çop etilgan. Ularning içida "hayot poyga”siga ham, kitob poygasiga ham heçdan köra keçroq bölsa-da çiqqan Saʼdulla akaning kitobi vaqt silsilasida qiymatini yöqotmaydigan satrlari ila oldingi öringa çiqib oladi, desak töğri böladi.
Ölmasbek
XÖJAYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶