28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:29
Qishloq xoʻjaligi 👁 255

EKINLARNI BIOLOGIK USULDA HIMOYa QILISh AFZALLIKLARIGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

EKINLARNI BIOLOGIK USULDA HIMOYa QILISh AFZALLIKLARIGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Birlashgan millatlar tashkiloti maʼlumotlariga koʻra hozirgi kunda jahon aholisining 815 million nafardan ortigʻi ochlik azobini tortayapti. Toʻyib ovqatlanish imkoniga ega boʻlmagan qatlam ham mavjud.

Shunday sharoitda mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, ekin maydonlardan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar tufayli xalqimiz dasturxoni toʻkin, turmushi obod. Bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sohada bozor munosabatlarini keng joriy etish, qayta ishlash va eksport infratuzilmasini rivojlantirish, shu asosda fermer va dehqonlarning daromadini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrilayotir.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishda ekinlarni karantindagi va boshqa iqtisodiy xavfi yuqori boʻlgan zararkunandalardan himoya qilish ham muhim oʻrin tutadi. Zararkunandalar koʻpayishining oldini olishda ekin maydonlarida kuzgi tadbirlarni sifatli oʻtkazish, dala chetlaridagi ariq-zovurlarni sifatli tozalashning ahamiyati katta. Qolaversa, maydonlardagi, issiqxonalardagi yetishtirilayotgan ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishda biologik usul muhim oʻrin tutadi.

Amudaryo tumanining Toshyop ovulida faoliyat yuritayotgan “Mangʻit invest plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxonada ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishda biologik usulning ahamiyati, feromon tutqichlardan foydalanish usullariga bagʻishlangan seminar ham aynan shu maqsadda oʻtkazildi.

Tadbirga Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tumani boʻlimi xodimlari, tuman qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari, qishloq xoʻjaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tuman boʻlimi xodimlari NodirbekOʻrozov, Anvar Rahimov, Murot Ibragimov, Ulugʻbek Xudoyberganovlar ekinlarni biologik himoya qilishning afzalliklari xususida, shuningdek, bu borada Respublika Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Agro ko’makchi” mobil ilovasidan foydalanish borasida maʼlumotlar berdilar.

“Agro ko’makchi” maxsus ilovasi orqali fermerlar, tomorqa yer egalari zararli organizmlar, begona oʻtlar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlib, ularga qarshi kurashish boʻyicha tavsiyalar olishi mumkin. Shuningdek, ilovada sinov va roʻyxatdan oʻtgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va mineral oʻgʻitlar, eksport uchun ochilgan bozorlar, hududlarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar, oʻsimliklar klinikalari, qadoqlovchi korxonalar xususida foydali maʼlumotlar jamlangan.

Mamlakatimiz aholisining taxminan 40 foizi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadi. Bunday katta qatlamni zaruriy maʼlumotlar bilan taʼminlash, oʻsimliklarni zararli organizmlardan toʻgʻri himoya qilish yuqori hosildorlik garovidir. Buning uchun “Agro ko’makchi” mobil ilovasidan foydalanishning oʻzi yetarlidir.

Seminarda bu haqda batafsil soʻz yuritildi. Mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026