“HILPIRA, BAYROĞIM” MAVZUSIDA SINF SOATI ÖTKAZILDI
36-sonli maktabning 2-“A” sinfida “Hilpira, bayroğim” mavzusida sinf soati ötkazildi. Uşbu tadbirda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Vahobjon Davletov ham qatnaşdi.
Körgazmali vositalar va slaydlardan foydalanib ötilgan uşbu maşğulotlar davomida öquvçilarga mamlakatimiz taşkil etilganidan beri tasdiqlangan bayroqlarimiz haqida maʼlumot berildi. Şuningdek, turli bayram tantanalarida, xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayroğimiz Vatanimizning şaʼni, xalqimizning ğururini yorqin aks ettirişi, davlatimiz bayroği tinç va osoyişta, ozod hamda erkin hayotimiz, yoruğ kelajagimizga bölgan işonçimiz timsoli ekanligini faxru-iftixor bilan eʼtirof etildi.
Maşğulot davomida öquvçilar buyuk bobokalon, sohibqiron Amir Temur ğoliblik bayroğini yuksak kötargani, bu bayroq ostida buyuk el birlaşgani, u barpo etgan uluğ saltanatni dunyo tan olgani, bu davr Vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitilgani töğrisida ğurur bilan sözlab berişdi. Şuningdek, Vatan, tinçlik va boşqa mavzulardagi şeʼrlarini aytib berdilar.
Nasiba Bobojonova, 36-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶