“Kamalak yulduzlari” festivalining tuman bosqiçi ğoliblari aniqlandi
Isteʼdodli bolalarni aniqlaş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, isteʼdod va mahoratlarini namoyon qilişlari uçun imkoniyat yaratiş, yoş avlodning maʼnaviy olamini boyitiş, madaniy saviyasini yuksaltiriş, sanʼat va gözallikka intilişini kuçaytiriş maqsadida yurtimizda har yili anʼanaviy tarzda “Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali ötkazilib kelinmoqda.
Festivalning joriy yilgi Amudaryo tumani bosqiçi 28-noyabr kuni 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablarida bölib ötdi.
Tanlov şaklida ötkaziladigan “Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining asosiy maqsadi iqtidorli bolalarning ijodi, taşabbuslarini keng ommaga ayniqsa, yoşlar orasida tarğib etiş, havaskor va professional jamoalarning ijodiy faoliyatini rağbatlantirişdir.
Özbekiston Yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman bölimi qoşidagi “Kamalak” bolalar taşkiloti, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi hamda tuman Madaniyat bölimi hamkorligida umumtaʼlim maktablari öquvçilari orasidan yoş isteʼdod egalarini izlab topiş va ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida ötkazilgan mazkur festivalining Amudaryo tuman bosqiçida 85ta maktabdan jami 525 nafar öquvçi-yoşlar iştirok etdilar.
Festivalning tuman bosqiçida 6 yoşdan 15 yoşgaça bölgan ijodkor va iqtidorli bolalar iştirok etişdi.
Bolalar örtasida madaniyat, adabiyot va sanʼatni tarğib qilişga yönaltirilgan mazkur festival 6ta yönaliş va 6ta nominatsiya böyiça ötkazildi. “A” yönalişda öquvçilar fortepiano, torli çolğular, damli va zarbli çolğular, “B” yönalişda estrada çolğu ijroçiligi, xalq çolğulari, anʼanaviy çolğu ijroçiligi, “C” yönalişda anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi, folklor va xor jamoalari, “D” yönalişda xoreografiya, milliy raqs, ball raqsi hamda zamonaviy raqslar böyiça öz iqtidorlarini namoyiş qildilar. Iştirokçilar “E” yönalişida tasviriy sanʼat – grafika, rang tasvir, haykaltaroşlik, amaliy sanʼat, kulolçilik, zardözlik, quroqçilik, gilamdözlik, biser töqiş, dizaynerlik, yumşoq öyinçoqsozlik, naqqoşlik, kaştaçilik, yoğoç öymakorligi, “F” yönalişida esa nasr – hikoya, ertak, nazm yönalişi, yaʼni şeʼr, ğazal, dostonçilik yönalişlari böyiça özaro bellaşdilar.
Festivalda iştirokçi öğil-qizlar tomonidan namoyiş etilgan sanʼat namunalari hayʼat aʼzolari tomonidan haqqoniy baholab borildi.
“Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqiçida barça yönalişlar böyiça jami 18 nafar ğoliblar aniqlandi va ular festivalning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdilar.
Ğoliblar Özbekiston yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman bölimi tomonidan diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Iqtidorning kaşf etilişi yer bağridan otilib çiqqan buloqqa öxşaydi. U yuz oçdimi, köngillarga xuşnudlik ulaşadi. Insonda hayrat va havas tuyğusini uyğotadi. Yoş iqtidorlarni aniqlaşda “Kamalak yulduzlari” tanlovining ham ahamiyati nihoyatda katta.
Mamlakatimizda yoş avlodga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlik tufayli, qolaversa, ötkazilayotgan turli tanlov va festivallar ularning iqtidor va salohiyatini tölaqonli namoyon etişlari uçun keng imkoniyatlar eşigini oçib bermoqda, qalblarida ona Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga hurmat va sadoqat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Sevara Ismoilova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶