28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:54
Qishloq xoʻjaligi 👁 321

TEXNIKALAR KELGUSI MAVSUMGA PUXTA TAʼMIRLANMOQDA

TEXNIKALAR KELGUSI MAVSUMGA PUXTA TAʼMIRLANMOQDA

Dehqon uchun yilning barcha faslida ham dolzarb yumushlar bor. Asosiy qishloq xoʻjalik ekini – paxta yigʻim-terimi tugashi bilan yerlarni shudgorlash, dalalar chetlarini yovvoyi oʻtlardan tozalash, suv yoʻllarini tayyorlash kabi ishlar bilan bir qatorda texnikalarni taʼmirlashga ham kirishiladi.

Xalqimiz “Texnika ­– dehqonning qoʻl-qanoti” deb bejizga aytmagan. Qishloq xoʻjaligi texnikalarini qishda koʻklamga ekishga puxta tayyorlash yangi mavsum ishlarining oʻz vaqtida va samarali ado etilishiga zamin boʻladi.

Shu boisdan ayni kunlarda Amudaryo tumanida ham kelgusi yilgi mavsum davomida ishlatiladigan texnikalar sifatli taʼmirlanib, mavsumga shay qilinmoqda. Mavjud qishloq xoʻjaligi texnikalari 18ta ustaxonalarga yigʻilib, taʼmirlanayotir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Amudaryo tuman boʻlimi masʼul xodimlari tumandagi qishloq xoʻjalik texnikalarining belgilangan ustaxonalarga yigʻilishi, taʼmirlash ishlarining borishi bilan tanishib chiqmoqdalar.

Oʻrganishlar davomida Bobur nomli ovulda faoliyat yuritayotgan “Haytakov Ulugʻbek” fermer xoʻjaligida lazerli tekislagich yordamida ekindan boʻshagan yerlarning tekislanishi koʻzdan kechirildi. Mazkur xoʻjalikning 37 gektar paxta ekilgan maydoni lazerli tekislagich yordamida tekislanib, bahorgi sugʻorishga tayyorlanmoqda. Bu mazkur maydonlarda kelgusi yilda ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻl hosil olish imkonini beradi. Boisi, lazerli tekislagich yordamida yer sifatli tekislanib, yerning qonib suv ichishiga, ekilgan urugʻning bir tekis unib chiqishiga imkon yaratiladi.

Masʼullar tumanning Oq oltin ovulida kelgusi yil koʻklamida ekish ishlarida qatnashadigan texnikalarning taʼmirlanishini ham koʻzdan kechirdilar.

Mazkur muqobil mashina traktor parki ustaxonasiga 9 dona chigit ekish seyalkasi, 15 dona kultivator, 130 dona tishli tirma, 14 dona temir mola yigʻilib, kelgusi mavsum ishlarida sifatli ishlashi uchun taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Qish fasli – ish fasli. Ushbu faslda texnikalar ustaxonalarga yigʻilib, sifatli taʼmirlansa, koʻklamda ish surʼati yuqori boʻladi.

Shuni hisobga olgan holda barcha texnikalarni ustaxonalarga yigʻish va sifatli taʼmirdan chiqarish uchun harakat boshlab yuborilgan.

Aytish joizki, kelgusi yil koʻklamgi ekish mavsumida va gʻoʻza tarbiyasida ishlatiladigan 150ta seyalka, 350ta kultivator, 1700 dona tishli boronalar, 295 dona temir mola 18ta nuqtada taʼmirlanishi belgilangan.

Taʼmirlash ishlarining borishi va barcha texnikalarning belgilangan ustaxonalarga yigʻnalishi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining tuman boʻlimi tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi. Boisi, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishdan tortib, hosilini yigʻishtirib olishgacha boʻlgan jarayonlarni texnikalar yordamisiz tasavvur etish qiyin.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026