28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:51
Salomatlik 👁 343

MANGʻIT DEHQON BOZORIDAGI DOʻKONLAR, BAYRAM YaRMARKASIDAGI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATI NAZORAT QILINDI

MANGʻIT DEHQON BOZORIDAGI DOʻKONLAR, BAYRAM YaRMARKASIDAGI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATI NAZORAT QILINDI

Mamlakatimizda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida hukumatimiz tomonidan belgilangan joylarda doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat koʻrsatadigan hamda savdo rastalari, savdo oʻrinlari va turgʻun savdo shoxobchalaridan foydalangan holda keng turdagi qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlarining va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarining chakana savdosi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Bozorda savdo qiluvchi xususiy tadbirkorlik subʼektlari, yakka tadbirkorlar zimmasiga sogʻlomligi xususida tibiiy maʼlumotga ega boʻlish shuningdek, oʻz savdo hududini ozoda, sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq tutish, yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarni savdoga chiqarmaslik, xaridorlar bilan xushmuomalalik bilan savdo qilish majburiyati yuklangan.

Bu qoidalarga rioya etilishi esa tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Boisi orastalik boʻlmagan hududda oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotilishi yoxud yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarning sotilishi aholi orasida turli ovqatdan zaharlanish holatlarini keltirib chiqishi mumkin.

Joriy yilning 27-dekabrida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining bir guruh xodimlari tuman Dehqon bozori hududidagi Yangi yil bayrami munobabati bilan tashkil etilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi va bozor hududidagi savdo oʻrinlarida sotilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qildilar.

Qayd etish lozimki, Yangi yil bayrami munosabati bilan aholini xavfsiz va arzon oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash uchun tashkil etilgan yarmarka ish boshlaganidan to faoliyati yakunlanguncha ushbu savdo oʻrinlarida, bozor hududida sifatsiz mahsulotlar savdoga chiqarilishining oldini olish uchun tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlaridan uch nafarining har kuni doimiy ravishda nazorat olib borishi belgilangan.

Mazkur nazorat tadbirida boʻlim oliy toifali shifokori Munavvar Kashkarova, shifokor yordamchilari Bahodir Xolmurodov, Komil Bozorboyevlar Mangʻit dehqon bozori hududi veterinariya-sanitariya laboratoriyasi laboranti Olimjon Naʼmatullayev hamrohligida qatnashdilar.

Tadbir davomida bozor hududidagi doʻkonlarda va bayram yarmarkasidagi savdo oʻrinlarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddatiga amal qilinishi koʻzdan kechirildi. Ushbu jarayonda sifatsiz, muddati oʻtgan mahsulot sotilishi natijasida uni isteʼmol qilganlar botulizm kasalligiga chalinishi va turli darajada ovqatdan zaharlanishi mumkinligi keng tushuntirildi. Shuningdek, savdo qilayotgan xaridorlarga ham mahsulotni yaroqlilik muddatini oʻqib, sifatli ekanligiga ishonch hosil qilgach, xarid qilish lozimligi targʻib etildi.

Hammamiz intiqib kutgan Yangi yil bayrami yaqinlashmoqda. Xalqimiz quvonchli damlarini, bayramlarni yaqinlari, doʻst-birodarlari bilan birga nishonlashga odatlangan. Tashrif buyuruvchilarga dasturxon yozib, borimizni toʻkamiz, totli neʼmatlar qoʻyamiz. Albatta, bunday vaqtlarda ovqatdan zaharlanish kabi koʻngilsiz hodisalar sodir boʻlmasligi uchun masʼul tashkilotlar xodimlari xizmatda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026