28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 335

AMUDARYoDA BIR GURUH QIShLOQ XOʻJALIGI SOHASI XODIMLARI TAQDIRLANDI

AMUDARYoDA BIR GURUH QIShLOQ XOʻJALIGI SOHASI XODIMLARI TAQDIRLANDI

Amudaryo tumanida joriy yilgi qishloq hoʻjaligi sohasida bir qancha yutuqlarga erishildi. Yil davomida gʻalla, paxta, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish, bogʻdorchilik, chorva, baliqchilik va parrandachilik yoʻnalishlarini rivojlantirish borasida samarali ishlar olib borilib, yuqori natijalarga erishildi.

28-dekabr kuni “Beshgujum” toʻyxonasida ochiq va toʻkin dasturxon atrofida soha xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligidan bir guruh masʼullar, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda tumandagi qishloq xoʻjaligi sohasi mutasaddilari, xodimlari ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligidan tashrif buyurgan bir guruh masʼullar hamda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov qishloq xoʻjaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning yil davomidagi mehnatini eʼtirof etib oʻtishdi. Mamlakatimizning qishloq xoʻjaligi sohasiga qoʻshayotgan hissasi va mehnati uchun tumandagi barcha fermer hoʻjaliklari rahbarlari, soha mutasaddilariga minnatdorchilik bildirishdi. Shuningdek, barchasini kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan qutlab, kelgusi yilda yangi yutuq va zafarlar tilashdi.

Undan tashqari, tadbir davomida qishloq xoʻjaligi yilida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan 37 nafar ilgʻor fermer va dehqonlar, tomorqachilarga Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan berilgan “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi” nomli koʻkrak nishonlari topshirildi. Joriy yil davomida fidoyilik koʻrsatgan 87 nafar qishloq xoʻjaligi xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari, esdalik sovgʻalari berildi.

Taʼkidlanganidek, tumanimiz hududida jami 102 ming 119 gektar yer maydoni boʻlib, shundan, 32 ming 506 gektari sugʻoriladigan ekin yerlar, 38 ming gektari boʻz yerlar, 450 gektari bogʻlar, 39 gektari uzumzorlar, 887 gektari tutzorlarni tashkil qiladi. Jami sugʻoriladigan qishloq xoʻjalik yerlari 32 ming 920 gektarni tashkil qiladi. Hozirgi kunda tumanimiz hududida jami 45 ming 740 gektar maydonda 608 nafar fermer va qishloq xoʻjalik korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yilgi dehqonchilik yilida tumandagi 361 ta fermer xoʻjaliklarining jami 7000 gektar yer maydoniga gʻalla urugʻlari ekilgan edi. Ushbu maydonlardan rejadagidan ham moʻl hosil yetishtirildi. Ekin maydonlarining 13 ming 900 gektariga koʻklamda chigit ekilgan edi. Yil boshidan beri dehqonlarning ulkan marralarni koʻzlab qilgan fidoyi mehnatlari, gʻoʻza parvarishi davrida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli ado etilgani paxta maydonlarida moʻl hosil toʻplanishini taʼminladi va 47 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.

Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishda gʻallachilikning oʻrni alohidadir. Shular inobatga olingan holda 2024-yilgi hosil uchun 5 ming 630 gektar maydonga gʻalla ekildi va toʻliq nihol undirib olishga erishildi. Shuningdek, xalqimizning ertaki sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida hosildan boʻshagan maydonlarning 1777 gektariga sovuqqa chidamli piyoz va sarimsoqpiyoz kabi ekinlar toʻqsonbosti usulida ekildi.

Qishloq xoʻjaligi xodimlarini taqdirlash munosabati bilan Yangi yil bayrami arafasida oʻtkazilgan mazkur tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan kuy-qoʻshiqlar namoyish etilib, barchaga koʻtarinki ruh baxsh etildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026