QILIÇBOYLIK YoŞLAR “OMMAVIY MADANIYaT” UNSURLARIGA BERILMAYDILAR
Mahalla – qadriyatlar beşigi. Xalqimizning urf-odat va anʼanalari mahalla hayoti bilan uzviylikda rivojlanib, sayqal topadi. Mahalladoşlarning biri-biriga mehr-oqibati, yaxşi-yomon kunlarida yelkadoş bölib, özaro til topişib yaşaşi, yoşlar taʼlim-tarbiyasida hamjihatligi eʼtirofga, eʼzozga munosib. Ayniqsa, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularni umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşda taʼlim muassasalari bilan mahallaning hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Amudaryo tumanida faoliyat olib boruvçi amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi tomonidan amalga oşirilayotgan “Soğlom muhit – soğlom hayot” loyihasi doirasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati ham yoşlar taʼlim-tarbiyasida mahalla – taʼlim muassasasi – oila hamkorligining ustuvorligiga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz ijodiy jamoamiz bilan Qiliçboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida aynan ana şunday hamkorlikning ijobiy samarasini kördik.
Yoşlarni milliy-maʼnaviy, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, ularning maʼnaviyatini yuksaltiriş, kelajagimiz egalarini “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning zararli taʼsirlaridan himoya qiliş maqsadida mahalla masʼullaridan iborat işçi guruhi hududdagi taʼlim-tarbiya muassasalarida tez-tez bölişib, öquvçi-yoşlarning yuriş-turişi, köça-köyda özlarini tutişlari, kiyiniş madaniyati yuzasidan muloqotlar ötkazişadi. OFY huzuridagi “Ota-onalar universtiteti” aʼzolari bilan bu boradagi yutuq va kamçiliklarni muntazam ravişda muhokama qilib borişadi. Kimning farzandi uzrsiz sabablarsiz dars qoldirayotir, qaysi maktab öquvçilari ilmda, sportda, sanʼatda, kitobxonlikda faol? Bu borada ota-onalar ham, ovul masʼullari, pedagogika jamoalari ham özlarini masʼul deb bilişadi.
Joriy yilning 10-yanvar sanasida ovul masʼullari, 15-sonli maktab öqituvçilari, ota-onalar, köça boşçilari hamda amunews.uz veb-sayti ijodkorlari iştirokida “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasida “Biz maʼnaviyatni eʼzozlaymiz” şiori ostida bölib ötgan tadbir iştirokçilari ham ovuldagi özaro hamjihatlik va hamkorlikning samarali natijalaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Hoji opa Sanamjon Najmaddinova, “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni sohibasi, OFY raisining nuroniylar masalalari böyiça örinbosari Amina Yusupovalar yoşlar tarbiyasida milliy-maʼnaviy qadriyatlarning tutgan örni haqida ibratli fikrlar bildirişdi.
- Tarbiya masalasida barçamiz yakdil bölişimiz kerak, - dedi hoji ona Sanamjon Najmaddinova. – Bu borada tun-u kun öylab, ogoh bölib yaşaşimiz şart. Çunki salgina befarqligimiz bois, öğlimiz yoki qizimiz yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişi mumkin.
- Hoji onamizning fikrida jon bor, - tasdiqladi Aminaxon opa Yusupova. – Farzandimizning döstlari kimlar, darsdan böş vaqtlarida nimalar bilan maşğul? Qölidagi mobil aloqa vositasi xotirasida nimalar bor? Bularni har birimiz alohida eʼtibor bilan tekşirib tursak, foydadan xoli bölmaydi. Muhimi, farzandlarimiz öqişdan çalğimasliklari, milliy özligimizga yot bölgan ğoyalar bilan ongi zaharlanmasligi uçun masʼuliyatni unutmasligimiz kerak.
Darvoqe, qiliçboyliklar uçun yoşlar tarbiyasi bilan boğliq muammolarni birgalikda bartaraf etiş, hududdagi maktablarning pedagogika jamoalari bilan ota-onalar, ovul masʼullarining hamkorlikda iş yuritişlarini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli ovulda kitobxon va bilimdon, sportsevar yoşlar safi yil sayin oşib bormoqda. Ovul fuqarolar yiğinining yoşlar yetakçisi Jasur Otamurodovning ovul xotin-qizlar faoli, hokim yordamçisi va hudud böyiça huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori hamda maktablarning amaliyotçi-psixologlari bilan özaro hamkorligi tufayli yoşlar örtasida yot ğoyalarga beriliş, odam savdosi, huquqbuzarlik kabi holatlar yöq.
- Biz ovul hududidagi maktablarning öqituvçilaridan minnatdormiz, - dedi hoji ona Sanamjon Najmaddinova, – ularning taʼlim-tarbiyasi tufayli farzandlarimiz ilmli, intiluvçan bölib voyaga yetişmoqda.
Şu kabi minnatdorçilik sözlarini bildirgan 15-sonli maktab öqituvçilari va köça boşçi onalardan Mehribon Jumaniyozova, Zamira Abdullayevalar, Qiliçboy OFY yoşlar yetakçisi Jasur Otamurodov, 15-sonli maktab öqituvçisi Iskandar Iskandarovlar ovul yoşlarining tartib-intizomi, oilalardagi barqaror maʼnaviy soğlom muhit özaro hamkorlikning samarali natijasi ekanligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Haqiqatan ham qayerdaki özaro hamjihatlik, mehr-oqibat hukmron bölsa, öşa yerda fayz-baraka, ösiş, rivojlaniş böladi. Bunga Qiliçboyliklar hayoti va faoliyati yaqqol misol. Çunki har bir qiliçboylikning oilasida öz tomorqasi, çorvasi-yu parrandasi, bundan ham muhimi, har bitta oilaning möʼjazgina kitob javoni bor. Şuning uçun ham qiliçboyliklar “Biz maʼnaviyatni eʼzozlaymiz” şiorini hamma joyga – maktablarga, madaniyat markazi-yu hududdagi tadbirkorlik şoxobçalari, OFY binosi peştoqlariga, maʼnaviyat xonalariga katta-katta harflar bilan yozib qöyişdan faxrlanadilar. Çunki bu gözal maskanda biri-biridan aqlli, bilimdon, kitobxon yoşlar kamolga yetişmoqda. “Soğlom muhit – soğlom hayot” loyihasi doirasidagi “Biz maʼnaviyatni eʼzozlaymiz” şiori ostida amalga oşirilayotgan tadbirlardan birida iştirok etib, bunga biz ham guvoh böldik.
Tadbirda iqtidorli şoira Zuhra Ahmedova yoşlar tarbiyasi mavzusidagi şeʼrlaridan öqib berdi. Şuningdek, tadbir yakunida ota-onalar 15-sonli maktab pedagogika jamoasiga, Qiliçboy OFY masʼullariga çin dildan minnatdorçilik bildirişdi. “Ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi missionerlik harakatlariga qarşi kuraşda hamişa yakdil ekanliklarini izhor etdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶